Moddalarning magnit xususiystlari. Elektromagnit maydon uchun Makssvel tenglamalari


Download 184.06 Kb.
bet1/4
Sana25.05.2020
Hajmi184.06 Kb.
#109719
  1   2   3   4
Bog'liq
Magnit maydon xususiyatlari.Elaktromagnit maydon uchun Makssvel tenglamalari


Moddalarning magnit xususiystlari.Elektromagnit maydon uchun Makssvel tenglamalari.

Reja


1. Maksvellning siljish toki tushunchasi

2. Maksvell tenglamalari juftliklari

3. Moddiy tenglamalar

4.Moddalarning magnit maydoni

5.Magnit maydon kuchlanganligi

Biz yuqorida vakuumda joylashgan tokli o’tkazgichning magnit maydoni qonunlari bilan tanishdik. Agar tokli o’tkazgich magnit xossasiga ega bo’lgan modda ichiga joylashtirilgan bo’lsa, moddaning magnitlanishi tufayli maydon o’zgaradi. Bu o’zgarishni quyidagi sodda tajribada namoyish qilish mumkin. (10.1 – rasm)

Natijaviy maydon induksiyasi uchun:

B=B0+B1 (10.1)

B0-tokli o’tkazgich maydonining induksiya vektori.B1-moddaning magnitlanishi tufayli vujudga kelgan magnit maydon induksiya vektori.

Tashqi maydon o’zgarmaganda to’la maydon induksiyasi moddaning magnitlanishiga bo’gliq.



Moddalarning magnitlanishini tushuntirish uchun Amper molekulyar toklar nazariyasiga asoslandi. Moddaning atom molekulalarida zaryadlarni aylanishi bilan bog’liq molekulyar toklar vujudga keladi. (10.2-rasm) Bu molekulyar toklar magnit momenti:

(10.2)

10.2-rasm

Tashqi maydon bo’lmaganda molekulalar magnit momentlari vektori tartibsiz yo’nalgan bo’lib, ularning algebraik yig’indisi nolga teng bo’ladi: ya’ni magnit maydoni vujudga kelmaydi.

Tashqi maydonda molekulalar magnit momentlari biror ustivor yo’nalishda tartiblanib, induksiyasi noldan farqli bo’lgan B1 magnitlanish hosil qiladi.

Magnit induksiyasi vektorining serkulyatsiyasiga ko’ra:

(10.3)

Har qanday berk kontur bo’yicha magnit induksiya vektorining serkulyatsiyasi, shu kontur o’rab olgan o’tkazuvchanlik va molekulyar toklarning algebraik yig’indisiga teng. Bu xulosa magnit maydon induksiya vektori uchun to’la toklar qonuni deb yuritiladi va quyidagicha ifodalanadi:


Download 184.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling