Modelni adekvatligini tekshirish va korrektirovka qilish Adekvatlikka tekshirish


Download 49.07 Kb.
Sana10.02.2020
Hajmi49.07 Kb.

 Modelni adekvatligini tekshirish va korrektirovka qilish

Adekvatlikka tekshirish. Modelni tizim bilan adekvatligini tekshirish deganda uni tadqiq qilinayotgan tizim bilan o'lchamlarini mosligi hamda chiqish qiymatlarini tengligini tahlil qilish tushuniladi. Lekin shu narsani yoddan chiqarmaslik lozimki, model tizimni o'ziga bir qiymatli akslantirib olmaydi, aks holda modelni yaratishning ma'nosi qolmaydi. Adekvatlik tashqi shartlarni va tizimni ishlash rejimlarini ideallashtrish natijasida buziladi, bularga quyidagilarni misol qilish mumkin: u yoki bu parametrlarni chiqarib tashlashlik; ba'zi bir tasodifiy omillarni e'tiborga olmaslik. Tashqi ta'sirlar hamda tizim tuzilmasidagi ma'lum bir nyuanslar haqida aniq ma'lumotlar yo'qligi va shu bilan birga, amalga oshirilayotgan approksimatsiyalar, interpolyatsiyalar, taxminlar va gipotezalar ham model bilan tizim orasidagi moslikni pasayishiga olib keladi. Yuqorida keltirib o'tilgan va boshqa omillar tizim modeli bilan real tizim orasida vujudga keladigan nomutanosiblikga sabab bo'lishi mumkin.

Model bilan tizimning adekvatligini aniqlovchi sodda munosabat sifatida quyidagi kattalikni (og'ish) qarash mumkin:

∆y=|y0−ym| yoki ∆y=

yoki bu yerda yoriginal ob’yektning xarakterlovchi kattalik, ym esa tizimning mazkur kattaligiga mos modelning xarakterlovchi qiymat.

Yuqoridagi munosabatdan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilgan model bilan tizimni adekvat deb hisoblaymiz, agar u (og'ish kattaligi) qiymati biror bir chegaraviy qiymatdan ortib ketmasa.

Ammo mazkur mezondan amaliy masalalarda foydalanish quyidagi sabablarga ko'ra ba'zi bir holatlarda umuman imkoni yo'q.



Birinchidan, loyihalashtirilayotgan yoki modernizatsiya qilinayotgan tizimlar uchun y0 qiymati haqida ma'lumot bo'lmaydi, modellashtirilayotganda odatda shunday tizimlar qaraladi. Albatta, bunday holatlarda model qiymati bilan tizimning analogi qiymatlari tekshirilishi mumkin, lekin u holda har ikkala kattalikka ham ishonchsizlik paydo bo'lishi mumkin. Ikkinchidan, tizim bitta bitta xarakteristika bilan emas, balki xarakteristikalar majmuasi bilan baholanib, ularning tashkil etuvchi xarakteristikalarning og'ishlari turli hil bo'lishi mumkin. Uchinchidan, xarakteristikalar tasodifiy miqdor yoki funksiya, ko'pincha, nostatsionar funksiya bo'lishi mumkin. Stoxastik tizimlar uchun yuqori adekvatlik darjasiga ega bo'lgan modellarda olingan statistik xarakteristikalar, real tizimda o'lchashlar yordamida olingan mos qiymatlarga nisbatan aniqroq bo'lib qolishi ham mumkin. Bu narsani quyidagicha izohlash mumkin. Agar tizim modeli mavjud bo'lsa, u holda natijaviy qiymatni juda ko'plab joriy qilingan (realizatsiya) natijalarga asoslanib chiqariladi, real tizimda esa bunday sondagi tajribalar o'tkazish imkoniyati chegaralangan. To'rtinchidan, boshida aniq ruxsat etilgan chegaraviy qiymatni berish imkoniyati har doim ham mavjud bo'lavermaydi.

Bulardan qat'iy nazar, modelni tizim bilan mosligini tekshirish baribir zarur bo'ladi, sababi, modelni xato natijasiga ko'ra notg'o'ri qaror qabul qilinib qolishi mumkin. Amaliyotda moslik (adekvatlik), ya'ni model yordamida olingan natijalarni yaroqliligi ekspertlar tahlili orqali aniqlanadi. Quyidagi ko'rinishdagi tekshiruvlarni alohida ta'kidlab o'tish mumkin (quyidagi chizmaga qarang):



  • model elementlarini tekshirish (bir bir shubha tug'diradigan holatlarda elementlarni detalizatsiya qilish yoki qo'shimcha tahlil o'tkazish);

  • modelni tashqi ta'sirlarga tekshirish (qabul qilingan taxmin, approksimatsiya va gipotezalarni matematik usullar orqali baholash zarur);

  • tizim ishlashining konseptual modelini tekshirish (masalaning qo'yilishidagi xatoliklar aniqlanadi);

  • formallashgan va matematik modelni tekshirish;

  • chiqish xarakteristikalarini o'lchash va hisoblash yo'llarini tekshirish (echimning xatoligi aniqlanadi);

  • dasturiy modelni tekshirish (dasturiy va matematik modellarda amal (operatsiya) va algoritmlarni ishlashi mosligi tahlil qilinadi, o'zgaruvchilarni chegaraviy va namunaviy qiymatlarida tekshiruv-nazorat hisoblashlar o'tkaziladi, dasturlashni vositaviy xatoliklari aniqlanadi) va boshq.

Kelgusida ma'lum bir modellarni adekvatlikka tekshirishning ba'zi usullarini keltirib o'tamiz.

Modelni korrektirovka qilish (to'g'rilash). Agar modelni adekvatligini tekshirish mobaynida tizim bilan model orasida ruxsat etilmagan omutanosibliklar aniqlanib qolguday bo'lsa, u holda modelni to'g'rilash zarurati paydo bo'ladi. Model korrektirovka qilinayotganda quyidagi ko'rinishdagi o'zgarishlar bo'lishi mumkin:

  • global; lokal; parametrik.

Agar konseptual yoki matematik modelda uslubiy xatolik mavjud bo'lsa, u holda modelga global o'zgartirishlar kiritish zarurati paydo bo'ladi. Bunday xatoliklarni yo'qotish natijasida yangi model hosil bo'ladi. Lokal ko'rinishdagi o'zgarishlarda esa ba'zi bir parametr yoki algoritmlarni aniqlashtiriladi. Ular quyidagicha amalga oshiriladi, masalan, tizim komponentalari va tashqi ta'sirlarni yaxshiroq tasniflab beruvchi boshqa modellar bilan almashtirish orqali. Lokal o'zgarishlar matematik modelni qisman o'zgartirsada, lekin ba'zi holatlarda dasturiy modelni yangilash zarurati paydo bo'ladi. Iloji boricha bunday ko'rinishdagi o'zgarishlarni qilmaslik uchun, modellashtirishni maqsadiga erishishda lozim bo'ladigan darajadan ko'ra ko'proq darajada detallashtirish (bo'laklash) (tizimni) tavsiya etiladi.

Parametrik o'zgarishlarga esa kalibrli deb atalmish, ba'zi bir maxsus parametrlarni o'zgartirishlar kiradi.

Modelni korrektirovka qilish strategiyasi quyidagicha bo'lishi lozim: birinchi navbatda global o'zgarishlar, ikkinchi navbatda lokal o'zgarishlar va nixoyat oxirgisi parametrik o'zgarishlar.

Modelni adekvatligini tekshirish va uni korrektirovka qilish bosqichi modelni yaroqlili sohasi aniqlash va fiksatsiya qilish bilan yakunlanadi. Yaroqlili sohasi deganda shunday shartlar to'plami nazarda tutiladiki, agar mazkur shartlar o'rinli bo'lsa, u holda modellashtirishning natijasi ruxsat etilgan oraliqda, ya'ni natijalar tadqiqotchini qanoatlantiradi.




Download 49.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling