Modul oiv/oits haqida asosiy bilimlar. Davolash, parvarish va qo‘llab- quvvatlash. Davolash


Download 149.67 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.09.2022
Hajmi149.67 Kb.
#803871
Bog'liq
mdz8vQifXlfGIChGhQXTqLyfCB47BL0y9cWZZH2d
Markaziy osiyo hududining tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyo, Flavanoidlar. Tasnifi. Xossalari. logiyalari, информатика, информатика, информатика, информатика, kitobim oftobim, Self-study 2, Self-study 2, Self-study 2, pdf, Geografiya-fanidan-atamalar-lugati, zamonaviy dars , Презентация 2, 5-SINF Biologiya



Modul 2. OIV/OITS haqida asosiy bilimlar. Davolash, parvarish va qo‘llab-
quvvatlash. 
Davolash. Hozirgi kunda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, OIV 
infeksiyasini yuqtirish xavfini kamaytirish uchun OIV bilan kasallangan odam 
virusni o‘zgalarga yuqtirish xavfini kamaytirish maqsadida retrovirusga qarshi 
dorilarni qabul qilishi, dunyo hamjamiyati tomonidan "OIV infeksiyasining oldini 
olish - davolash" paradigmasini qabul qilish jarayoni sodir bo‘lmoqda. Shu bilan 
birga, bemorlarni ixtiyoriy ravishda mavjud tibbiy yordam tizimiga jalb qilish va 
ushlab turish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Retrovirusga 
qarshi 
preparatlar 

bu 
OIVning 
rivojlanishini 
sekinlashtiradigan va immunitet tizimini yo‘q qilishni oldini oladigan dori vositalari. 
Antiretrovirus terapiyaning maqsadi – inson umrini uzaytirish, klinik 
belgilarsiz OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarning hayot sifatini bir maromda 
saqlab turish, klinik ko‘rinishlari bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va 
OIV bilan bog‘liq kasalliklarning rivojlanishining oldini olishdir. 
Bemorlarga nafaqat retrovirusga qarshi preparatlar, balki immunitetning 
pasayishi tufayli rivojlangan kasallikni davolash ham buyuriladi. Agar bu sil 
kasalligi bo‘lsa, silga qarshi dorilar buyuriladi, agar zamburug‘lar keltirib 
chiqaradigan kandidoz bo‘lsa, fungitsid vositalar va h.k.. Ta’kidlash joizki,
endilikda OITSning aksariyat ko‘rinishlarini davolash mumkin, ammo OIV tanadan 
yo‘qolmagani uchun ularning qayta paydo bo‘lish xavfi doimo saqlanib qoladi. 
Agar immunitet tizimi OIV infeksiyasi tufayli zaiflashgan bo‘lsa, odam 
ko‘plab kasalliklarga qarshi himoyasizdir. 
OIV kiradi va immunitet tizimining SD 
4 hujayralariga yopishib oladi 
Immun tizimi 
mikroorganizmlarning kirib 
borishiga to‘sqinlik qilishni 
to‘xtatadi, ular bilan kurasha 
olmaydi 
Mikroorganizmlar hech bir 
to‘siqlarsiz ko‘payib, turli 
kasalliklarni keltirib 
chiqaradi 
OIV bilan yashaydigan odamlarni parvarish qilish va qo‘llab-quvvatlash 
xizmatlari. Parvarish va qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati quyidagilardan iborat: 
➢ tashxis qo‘yilgandan so‘ng darhol davolanishga yo‘naltirish; 



➢ OIV bilan yashovchi odamlarda o‘z sog‘lig‘i uchun virus yuklamasini 
kamaytirish va boshqalarning OIV infeksiyasini yuqtirishning oldini olish uchun 
davolanishga rioya qilishni qo‘llab-quvvatlash; 
➢ OIV bilan bog‘liq infeksiyalarning oldini olish va davolashni 
takomillashtirish; 
➢ OIV bilan yashash muammolariga chidamlilikni oshirish. 
Xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari OIV bilan yashaydigan 
odamlar orasida kasallanish va o‘limni kamaytiradi va ularning farovonligini 
oshiradi. OIV bilan yashayotgan barcha odamlar uchun zarur bo‘lgan ushbu 
xizmatlarga quyidagilar kiradi: 
➢ yangi tashxis qo‘yilgan shaxslarga retrovirusga qarshi davolashni zudlik bilan 
boshlash uchun sog‘liqni saqlash xizmati bilan aloqa o‘rnatish, keyin muntazam 
klinik va laboratoriya kuzatuvi va iloji bo‘lsa, CD4 soni va virus yuklamasini 
kuzatish; 
➢ faol sil kasalligini skrining qilish, lozim bo‘lsa diagnostika va davolash uchun 
yuborish; 
➢ bemorni ushlab turish va retrovirusga qarshi davolashga rioya qilishga 
yordam beradigan klinik va klinik bo‘lmagan boshqa xizmatlar. 
OIV infeksiyasiga yangi tashxis qo‘yilgan odamlar uchun, CD4 sonidan qat’i 
nazar, doimiy retrovirusga qarshi davolash bilan birgalikda samarali maslahatlar 
berish va testlardan o‘tkazib borilishi o‘ta muhimdir. OIV infeksiyasining og‘ir yoki 
rivojlangan (VOZ tasnifi bo‘yicha 3 yoki 4 klinik bosqichidagi) bo‘lgan odamlar 
uchun retrovirusga qarshi davolash ustuvor bo‘lishi kerak. 
Keyingi bosqichlarda davolanish, hamshiralik va palliativ yordamga ega bo‘lish 
va ularga rioya qilish, ijtimoiy yordamdan foydalanish, ruhiy-ijtimoiy va ruhiy 
qo‘llab-quvvatlash sohasidagi xizmatlar OIV infeksiyasini davolash va qo‘llab-
quvvatlashning eng muhim tarkibiy qismlariga aylanadi. 

Download 149.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling