Modulli ta’lim tushunchasi


Download 15.69 Kb.
Sana28.11.2020
Hajmi15.69 Kb.

Modulli ta’lim tushunchasi

  1. Modul tushunchasi mazmunini izohlang va uni adabiy ta’lim jarayoniga bog’lab misollar keltiring

Modul (lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib qism, bo‘lak, blok ma’nolarini anglatadi.

Modulli ta’lim pedagogik texnologi­yani tashkil etuvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalaydi. Bu modulli ta’lim dars jarayonini tashkil etishdagi eng kichik ish turlaridan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik faoliyat turi eng kichik modul sanalib, boshqa­lari qancha modulni qamrab olishiga qarab o‘ziga mos darajadagi modullar sanaladi.

Adabiyot o‘qitish sohasida modulli ta’lim texnologiyasi deyilganda adabiy ta’lim jarayonini modullar asosida loyihalashtirish nazarda tutiladi. Ajratilgan har bir modul bo‘yicha uning o‘zigagina xos bo‘lgan faoliyat mazmuni va ta’sir doirasi mavjud bo‘ladi.

Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanilganda o‘rganiladigan mavzu mantiqiy tugallangan bo‘laklarga, ya’ni modullarga ajratiladi. Har bir bo‘lak o‘quvchilar mustaqil ishlashlari uchun maxsus topshiriqlarga aylantiriladi.

Adabiyot darslarini modulli ta’lim texnologiyasi asosida tash­kil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish deganda, avvalo, o‘quvchilarni ham aqlan, ham ruhan mazkur darsga tayyorlash nazarda tutiladi. Qolaversa, darsni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va o‘quv materialini vaziyat taqozosiga moslashtirish ishlariga ham e’tibor qaratiladi.

Modulli ta’lim texnologiyasining maqsadi qancha aniq bo‘lsa, unga erishish darajasi shuncha oson bo‘ladi. Mazkur bosqichdagi eng muhim ishlar – o‘quv materiali mazmuni va undagi muhimni nomuhimdan ajratish, badiiy asardagi o‘quvchi ko‘nglidan o‘tsa, ma’lum ijobiy iz qoldiradigan jihatlarni umumlashtirish, ularni o‘quvchi hayoti bilan bog‘lashga yo‘naltirish, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabat­lari tabiatini belgilab olishdan iboratdir.

Umuman, adabiyot o‘qitishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish – o‘quvchilarni ma’naviy kamolot yo‘liga solishda, buning uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik sifatlarini egallashida, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishi­da, mustaqil fikrlashga odatlanishida, badiiy tahlil malakalarini egallashida, o‘z bilim va qobiliyatlarini baholay bilishida, o‘zining xato-kamchiliklarini anglash va ularni bartaraf qila bilishida o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Har qanday asar matni o‘qituvchi tomonidan o‘qib berilayotgan paytda o‘quvchilar ham u bilan birga o‘z darsliklaridan asarni ich­dan o‘qib borishlari tavsiya etiladi. Bu usul, avvalo, o‘quvchilarni eshitish orqali ifodali o‘qish ko‘nikmasini egallashga yo‘naltiradi, o‘zlari o‘qish asnosida esa o‘qituvchidan ortta qolmaslikka intilib tez o‘qish ko‘nikmasini ham egallab boradilar. Asar to‘liq o‘qib bo‘lingandan so‘ng, ikkinchi darsda uning tahliga kirishiladi



Modulli ta’lim texnologiyasi o’tilgan dars yuzasidan o’tkaziladi birinchi soatda yangi mavzu bilan tanishiladi, so’ng ikkinchi darsdan asar bo’laklarga bo’lib o’rganiladi. Bunga adabiyot darsligidagi “Kichkina shahzada”, “Uchtadan oxiri bor ertaklar”, “Qutadg’u bilik” asarlarini misol qilishimiz mumkin.

Xullas, adabiyot o‘qitish kechimida modulli ta’lim texnologi­yasidan foydalanish uning qiziqarli va samarali tashkil etilishi ga­rovidir.
Download 15.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling