Moliya / Sug‘urta]


Download 221.5 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi221.5 Kb.
#213988
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
vazirlar mahkamasi qarori



[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.08.00 Alohida toifadagi xodimlarni ijtimoiy sug‘urta qilish]

[TSZ:

1.Moliya / Sug‘urta]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tizimini umuman va uning bevosita ish amaliyoti mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma deb ataladi) onlayn tartibida faoliyat yurituvchi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — yagona axborot tizimi deb ataladi) ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Jamg‘arma:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda sug‘urta siri to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda idoralararo elektron bog‘lanish tizimi bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;

uch oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining axborot tizimlari va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvini hisobga olgan holda yagona axborot tizimi joriy etilishini ta’minlasin.

3. Belgilansinki:

yagona axborot tizimini yaratishni moliyalashtirish manbai Jamg‘arma mablag‘lari hisoblanadi;

majburiy sug‘urta bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi sug‘urta tashkilotlari majburiy sug‘urta bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar yagona axborot tizimiga o‘z vaqtida kiritilishini Jamg‘arma bilan tuzilgan, shu jumladan sug‘urta tashkilotlarining ushbu majburiyatni bajarmaslik oqibatida kelib chiqadigan javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi kelishuv shartlariga asosan ta’minlaydilar.

4. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polislarining yangi namunadagi blankalari muomalaga kiritilsin.

Bunda ilgari berilgan muomaladagi majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta polislarining amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.

[OKOZ:

1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]

5. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 6-son, 32-modda) 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

7. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi va majburiy sug‘urta bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

9. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.


Download 221.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling