Moliya bozorining nazariy asoslari


Download 25.02 Kb.
Sana11.09.2020
Hajmi25.02 Kb.
#129258
Bog'liq
1-mavzu bo'yicha topshiriqlar


Moliya bozorining nazariy asoslari” mavzusi bo’yicha amaliyot darsi topshiriqlari

I-Topshiriq


  1. Moliya bozorining tarkibiy qismlarini ta’riflang.

  2. Moliya bozori asosiy institutlari nimalardan iborat?

  3. Qimmatli qogʻozlar bozori amal qilish mexanizmini ta’riflang.

  4. Pul bozori va kapital bozorining umumiy va farqli jihatlari nimalardan iborat?

  5. Moliya bozorining anglo-sakson modelini ta’riflang va uni qoʻllanish xususiyatlari nimalardan iborat?

  6. Moliya bozorining islom modeli qoʻllanish xususiyatlarini ta’riflang.

  7. Moliya bozorining qanday modellari mavjud?

  8. Moliya bozorining qanday segmentlari mavjud?

  9. Moliyaviy instrumentlarning qanday turlari bor va ularni ta’riflang.

  10. Moliya bozori qanday funksiyalarni bajaradi?



II-topshiriq.


  1. Moliya bozori tarkibiy qismlari va ularnig moliyaviy instrumentlari bo’yicha quyidagi jadvalni to’ldiring.




Moliya bozori

Segmentlar

Moliyaviy instrumentlar

Ta’rif

Ta’rif






III-topshiriq. Test savollari.

  1. Moliya bozori ta’rifi to’g’ri berilgan qatorni toping.

  1. moliyaviy instrumentlardan foydalanish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha bo’sh pul mablag’larini qayta taqsimlash yuz beradigan bozor

  2. qimmatli qog’ozlar muomilasi amalga oshiriladigan bozor

  3. vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish orqali qimmatbaho metallar oldi-sotdisi amalga oshiriladigan bozor

  4. sug’urta va xususiy pensiya bozori, kredit bozori orqali moliyaviy instrumentlarning muomilasi amalga oshiriladigan bozor




  1. Moliya bozorida resurslar harakati qanday omillarga bog’liq?

  1. bozorni soliqqa tortish shart-sharoitlari

  2. moliya bozori infratuzilmasini samarali faoliyati

  3. bozor qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini hukm surishi

  4. moliyaviy barqarorlik, raqobatbardoshlik va ohavfsizlik, risklarni bashoratliligi




  1. Dividend bu-

  1. aksiyadan olinadigan daromad

  2. bir shaxs tomonidan ikkinchi bir shaxsga yozib berilgan qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlarning bir turi

  3. emitentning qarzdorligi va bu uchun foiz to’lash zarurligi haqidagi ma’lumotnoma

  4. obligatsiyadan olinadigan daromad



  1. Moliya bozorining oʻziga xos xususiyati toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang.

a) bu bozor pul mablagʻlari oqimini jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga tomon yoʻnaltiruvchi bozor institutlari jamlanmasidir

b) bozorda savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlar asosan qisqa muddatli hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan instrumentlar hisoblanadi

c) bu bozorda qimmatli qogʻozlarni qoʻshimcha joylashtirish faqat yopiq xarakterga egadir

d) bozorda operatsiyalar asosan monitar siyosat, davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari darajasida amalga oshiriladi



  1. Moliyaviy instrumentlardan foydananish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozor qanday nomlanadi?

a) moliya bozori

b) sugʻurta va xususiy pensiya bozori

c) qimmatbaho metallar bozori

d) qimmatli qogʻozlar bozori




  1. Aksiya bu-

  1. o’z egasiga yutug’ ko’rinishida daromad olib keluvchi qimmatli qog’oz

  2. Ulush munosabatlarini bildiruvchi va o’z egasiga dividend ko’rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz

  3. qarz munosabatlarini bildiruvchi va o’z egasiga foiz ko’rinishida daromad olib keluvchi qimmatli qog’oz

  4. hosilaviy qimmatli qog’ozlarning bir turi sifatida muomilaga chiqadi




  1. Moliyaviy instrumentlar bu-

  1. moliyaviy majburiyatlar o’zida aks ettirgan aktivlar

  2. qarz munosabatlari yoki ulush munosabatini yuzaga keltiruvchi moliyaviy aktivlar

  3. aksiyalar

  4. moliya bozorida amalga oshirilgan shartnomalar




  1. Moliya bozorlarida investorlar oʻz kapitallarini qay tartibda joylashtiradi?

a) vositachilar orqali

b) investorlar orqali

c) korxonalar orqali

d) banklar orqali




 
Download 25.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling