"Moliya" fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda o`qitilishi rejalashtirilgan


Download 15.83 Kb.
Sana08.11.2020
Hajmi15.83 Kb.
#142552
Bog'liq
молия кириш


KIRISH
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr talabiga moslashtirish, eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni yanada rag`batlantirish, barqaror moliya tizimi faoliyatini tashkil etish moliya munosabatlarini yanada rivojlantirishni taqozo etadi.

“Moliya” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda o`qitilishi rejalashtirilgan. “Moliya” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi va barcha iqtisodiy bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida ham o`qitiladi. Mazkur fan moliya tizimlarini tashkil qiluvchi pul, bank ishi, kredit, investitsiyalar, aktivlar, majburiyatlar hamda moliyaviy instrumentlarni boshqarish, yaratish va o`rganishni tasvirlab beradi.

Ushbu fan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishishda ulardan samarali foydalanish, shuningdek mamlakat moliya tizimi amal qilish qonuniyatlari kabi masalalarni qamrab oladi. Mamlakat moliya tizimi rivojlanish qonuniyatlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo`lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantiradi.

Fanni o`qitishdan maqsad – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo`lib yetishadigan talabalar uchun moliya munosabatlarini tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlar berish, ularda davlatning hozirgi davrdagi moliyaviy siyosatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha ko`nikma va malakalar shakllantirishdir.

Bugungi kunda jahon bozori kon`yunkturasi keskin o`zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror va jadal sur`atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqdaki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi.

“Moliya” fanini chuqur o`rganish orqali talabalar mamlakatimizning moliya munosabatlaridagi ishtirokini faollashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, puxta o`ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish borasida tegishli nazariy bilimlar va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur fanni o`qitish “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlarini samarali tarzda amalga oshirishga qaratilgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim o`rin tutadi.



Bu o`quv yilida “Moliya” fani zamonaviy moliyaning fundamental (tub) asoslari, moliyaviy tizim, moliyaviy hisobotlar, investitsion loyihalar va risklarni boshqarish hamda investitsion portfelni shakllantirish va korporativ strategiya modullariga asosan o`rganiladi.
Download 15.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling