Moliya instituti


Menejmentning xorijiy modeli.(Menejmentning


Download 1.31 Mb.
bet4/4
Sana10.09.2022
Hajmi1.31 Mb.
#803937
1   2   3   4
Bog'liq
,,Mumtoz menejment’’ maktabi mohiyati
Public Speaking, 74-20 Abduqodirova Shahzoda, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, REJA12, Kitob, Schotlar, Modern architecture, Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word (2), 123, 2 ga javob
Menejmentning xorijiy modeli.(Menejmentning amerikacha modeli. Menejmentning yapon modeli. Menejmentning Gʻarbiy Yevropa modeli. )

Xayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar;
Duoguy taqvodorlar;
Amirlar, sarxanglar, sipoxsolollar, ya’ni lashkar va qoʻshin boshliqlari;
Sipox bilan raiyat, ya’ni qora xalq;
Saltanat ishlari, uning siru-asrorini bilgan, kengashsa boʻladigan dono va ishonchli kishilar;
Vazirlar, sarkitob va devon bitiqlari;
Xakimlar, tabiblar, munajjimlar va muxandislar;
Xadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarix shunoslar).
Soʻfiy va oriflar;
Xunar va san’at axli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar;
Xar turli mamlakatlardan kelgan sayyox va tijorat axli. Ular bilan soʻzlashib, mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy axvoldan voqif boʻlib turish mumkin boʻlgan. Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda oʻtirgan noiblarning roli benixoya katta boʻlgan. Shuning uchun xam Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga a’loxida axamiyat bergan. Ular soxibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha:, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar boʻlishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga koʻra, masalan, vazirlar toʻrt sifatga ega boʻlishlari shart:
Asillik, toza nasllik va ulugʻvorlik;
Aqlu farosatli;
Sipox bilan raiyat axvolidan boxabarlik va ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ular bilan yaxshi muomalada boʻlish;
Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
“Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga koʻra Amir Temur oʻz davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom xududida boʻlgan ulkan mamlakatni bor-yoʻgʻi yetti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular qoʻydagilar.
Vazirlar va ularning vazifalari

Mamlakat va raiyat vaziri

Bu vazir el-yurtning muxim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat axvolini, olingan xosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat xarajatlari, el-yurtning obodonchiligi va axolining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy
xukmdorni xabardor qilib turgan

Soliq vaziri

Sipoxiylarning maosh va tanxolarini boshqargan, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini koʻrgan, sipox axvolidan doimo podshoxni ogox etib turgan.

Mol-mulk, daromad, xarajatlar vaziri

Turli sabablarga koʻra egasiz qolib ketgan er-suv va mol- mulkni boshqargan, zakot va boj yigʻimiga mutasaddiylik
qilgan.

Sarkori xissa va saltanat ishlarini
yurituvchi vazir

Podshoxga qarashli er-suv va mol-mulk, shuningdek davlat muassasalarining faoliyatini nazorat qilib turgan.

Qozi kalon

Adliya muassasalarini boshqargan

Jalol ul-islom

Podshoxning favqulodda xuquqlarga ega boʻlgan nazoratchisi.

Vaziri devoni insho

Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshligʻi.

El - yurtning obodonligi, saltanatning ustuvorligi koʻp jixatdan mana shu vazirlarga bogʻliq boʻlgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo boʻlishi bilan yakunlandi. Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat shu davlatdagina emas, balki boshqa oʻlkalarda xam davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qoʻllanila boshlandi.


Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish boʻyicha xarakatlar Amir Temurning “Temur tuzuklari”da oʻz aksini topib Hozirgacha xam oʻzining qimmatini yoʻqotmagan. Aksincha, bugungi mustaqil Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda xam boshqarishni tashkil qilishda muxim dastur amal sifatida qoʻllanilmoqda.
Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish soʻnggi oʻn yilliklarda kasbiy faoliyatining bir shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim boʻgʻiniga aylandi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan toʻliqroq foydalanish yoʻli bilan boshqarish samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Malakali ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, motivatsiya darajasi, xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi.
Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning kompleks xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim sharti – xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablagʻlarini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi boʻlgan “inson resurslari” kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, uzluksiz oʻqitib borish va ishchining sifatlari, imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan kapital qoʻyilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tirof etishga asoslanadi. Bu kontseptsiyaning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;
firma doirasida boshqarish;
xodimlar bilan ishlash tizimini qayta qurish;
Xodimlarni boshqarishning zamonaviy nazariyasi va amaliyotida, industrial taraqqiy etgan mamlakatlarning firmalarida bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan 2 xil yondashuvni koʻrish mumkin (1-jadval).
“Amerikacha” yoki “bozor” yondashuvida xodimlarini boshqarish asosan tashqi mehnat bozori, iqtisodiyot holati, ma’lum tovarga boʻlgan talab va taklifga qarab tashkil etiladi.
Bu yondashuv ishchi kuchi ortiqchaligi va ishsizlik yuqori boʻlgan, xukumatning ijtimoiy ta’minot dasturi ishdan boʻshaganlarni himoya qiladigan va ijtimoiy keskinlikni pasaytiradigan sharoitda vujudga keldi. Bu sharoitda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida xodimlar bilan ishlash texnologiyasi doimiy ravishda takomillashtirib borilardi va shunga muvofiq ravishda xodimlarni boshqarishning tamoyillari ishlab chiqarilardi.

1– jadval


Xodimlarni boshqarishga yondashuvlar

Amerika firmalari

Yapon firmalari

ishchining:
ish talablariga;
vazifalarga;
mansab majburiyatlariga;
mehnat axloqi talablariga muvofiqligi
(joriy vazifalarga moʻljallanish)

ishchining ta’lim sifati
va shaxsiy salohiyatiga yoʻnalganlik (uzoq istiqbolga moʻljallanish)

AQSh va Kanada kabi industrial mamlakatlarning firmalarida erkin “kirish- chiqish” kadrlar siyosati olib boriladi. Kadrlarni tanlash jarayoni uncha murakkab boʻlmay, iqtisodiy vaziyatga qarab, ishchilar ishdan boʻshatilishi yoki boshqasiga oʻtkazilishi mumkin edi. Yangi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilganda oddiy ishchilar jiddiy e’tiborga olinmasdi.




Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling