Moliya” kafedrasi “moliya” fanidan «Qishloq qurilish banki» esse


Download 1.05 Mb.
bet1/2
Sana16.12.2020
Hajmi1.05 Mb.
#168812
  1   2
Bog'liq
Esse moliya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

MOLIYA” KAFEDRASI


MOLIYA” FANIDAN



« Qishloq qurilish banki »
ESSE

Бажарди: 3 kurs (5 yillik)

XBAS-63 гурух талабаси: Yusupov Olimjon



Текширди: Хидиров Нодир Гиёсуллаевич

ТОШКЕНТ-2020

Bank tarixi

1994 –yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 311-sonli qaroriga asosan 8,0 mln. so'm ustav kapitali bilan Respublika ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “G‘allabank” tashkil etildi va shu yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank xizmatlari ko'rsatish uchun 45-sonli Bosh litsenziya berildi.

Noyabr oyida bankka O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chet el valyutasida amaliyotlarni amalga oshirish huquqini beruvchi 20-sonli Bosh litsenziya berildi.



Bank filiallari soni yil yakunigacha 12 taga yetkazilib, mutaxassislar soni 160 nafardan iborat bo'ldi.

1995-yili Bank ustav kapitali 50 mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 7425 mln. so‘mdan ortdi.

Bank O'zbekiston banklari uyushmasi ta'sischisi sifatida uyushma a'zoligiga kirdi. Bankning Qaraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyat markazlarida mintaqaviy filiallari, shuningdek, 6 ta tuman filiallari faoliyati yo'lga qo'yildi. Bank jamg'arma shoxobchalari soni 21 taga etib, umumiy ishlovchi mutaxassislar soni 561 nafardan iborat bo'ldi.

1996-yili Bank ustav kapitali 150 mln. so‘mni, aktivlar hajmi esa 10541 mln. so‘mni tashkil etdi.

Bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Respublika “Toshkent” fond birjasida 170-sonli brokerlik idorasi ochildi.

Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy va vakolatli dileriga aylandi.

Emissiya hajmi 370 mln. so‘mlik bank veksellari muomalaga chiqarildi hamda “O‘zdonmahsulot” DAK tomonidan don mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yetishtirilgan don mahsulotlari uchun hisob-kitob qilish hamda kelgusi yil hosili uchun bo‘naklash maqsadida jami 6174 mln. so‘mlik veksellarni muomalaga chiqarilishda hamkorlik qildi.

Filiallar soni 24 ta va jamg‘arma shoxobchalari soni 3 taga yetkazilib, xodimlar soni 718 nafarni tashkil etdi.

1997-yili Bank ustav kapitali 300mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 34043mln. so‘mni tashkil etdi.

Filiallar soni 25 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 18 ta va xodimlar soni 834 nafarni tashkil etdi.

1998-yili Bank ustav kapitali 450mln. so‘mga yetkazilib, bank aktivlari 27206mln. so‘mni tashkil etdi.

Filiallar soni 27 ta, jamg‘arma shoxobchalari soni 25 ta va xodimlar soni 821 nafarni tashkil etdi.

2007-yili Bank O'zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi doimiy a'zoligiga kirdi. Toshkent shahar mintaqaviy filiali va Bosh amaliyotlar boshqarmasi o'z ishini boshladi. Elektron xujjatlar aylanmasi joriy etildi.

Bank aksiyalari naqd shakldan naqdsiz shaklga o’tkazildi. Jismoniy shaxslarga ipoteka krediti ajratish xizmati joriy qilindi.

2009-yili O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi ""Qishloq qurilish bank" Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to’g’risida"gi PQ-1083-sonli qaroriga muvofiq OAT "G’allabank" negizida OATB "Qishloq qurilish bank" tashkil etildi.

Bank «VISA International» halqaro to’lov tizimiga a’zo bo’ldi.

Joriy yilning 23 noyabrida bank Germaniyaning "Commerzbank"i bilan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani moliyalashtirish bo’yicha kelishuv bitimini imzoladi.

"Moody's Investors Service" xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan «Qishloq qurilish bank» faoliyati uchun xalqaro reyting shkalasi bo’yicha joriy yilda berilgan va avvalgi yilga nisbatan ko’tarilgan «B2/NP/E+» reyting bahosini «B1/NP/E+» darajasiga ko’tarilgani ta’kidlandi. Bankga berilgan barcha reytinglar «Barqaror» prognoziga ega.

2009 yil 3 avgustda bank tomonidan namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joy qurilishida yakka tartibda imorat quruvchilarga ko’mak berish uchun respublikaning har bir mintaqasida o’z filialiga ega bo’lgan "Qishloq qurilish invest" ixtisoslashtirilgan sho'ba injiniring kompaniyasini tashkil etildi

2019-yili 2019 yil 14 yanvar kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida “Qishloq qurilish bank” va KfW IPEX-Bank (Germaniya) o‘rtasida 50 mln. yevro miqdorida shartnoma imzolandi.

2019 yilning mart oyida "Qishloq qurilish bank" unikal loyihani amalga oshirdi: UnionPay International va UzCard to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda kontaktsiz kobeydj kartalarni milliy miqyosda muomalaga chiqardi.

Iyul oyida xorijiy valyutadagi amaliyotlarning tezkorligini ta minlash maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank”  xo‘jalik yurituvchi sub yektlarning xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha buyurtmanomalarining onlayn rejimida bajarilishini yo‘lga qo‘ydi.

iyulda  “Fitch Ratings” reyting agentligi ATB “Qishloq qurilish bank” faoliyati uchun global reyting shkalasi bo‘yicha berilgan reyting bahosini tasdiqladi: Emitent defoltining milliy valyutadagi uzoq muddatli reytingi – BB; Emitent defoltining milliy valyutadagi qisqa muddatli reytingi – B; Emitent defoltining uzoq muddatli reytingi – BB; Emitent defoltining qisqa muddatli reytingi – B; Reytinglar istiqboli - «Barqaror».

2019 yil avgustida ATB "Qishloq qurilish bank" o‘zining 25 yilligini nishonladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 20 iyundagi qaroriga asosan, 1994 yil 2 avgustdan "Fallabank" faoliyat yurita boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi qarori asosida "G‘allabank" negizida "Qishloq qurilish bank" tashkil etildi. Mazkur sanalar bank faoliyatida yorqin iz qoldirgan tarixiy voqelik hisoblanadi.

Noyabr oyida bank tomonidan yuridik shaxslar uchun mo ljallangan 59,1 mlrd. so mlik depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi,

Shu oyda bankning Galaosiyo filiali yangi ma muriy binoda ish boshladi.

Dekabrda bankning Qo‘qon filiali yangi ma muriy binoda ish boshladi.

2019 yil 13 dekabr kuni Olmaota shahrida UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi tomonidan o‘tkazilgan "O‘rta Osiyo mintaqasi a zo mamlakatlari yillik hisoboti" tadbirida "Qishloq qurilish bank"  "Yil kashfiyoti - 2019" mukofoti bilan taqdirlandi!

Shu oyda "Qishloq qurilish bank"ning Humo  terminallari  orqali "VISA"  xalqaro to‘lov kartochkalaridan ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

2020-yili Tanlovda ATB “Qishloq qurilish bank” “2019 yilda ommaviy axborot vositalari bilan eng faol ishlagan bank tizimi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi va tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

2020 yil iyun oyida “Axbor-Reyting” reyting agentligi ATB “Qishloq qurilish bank”ning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini “uzA+” darajasida va “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi.

Avgustda Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining  ATB «Qishloq qurilish bank»ning xalqaro reytingi «BB-/Barqaror» (barqaror rivojlanayotgan moliyaviy muassasasi) darajasida tasdiqlandi.

Shu oyda, ATB “Qishloq qurilish bank” Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining MIR to‘lov tizimi kobeydjing kartalarini muomalaga chiqardi.

Bundan tashqari shu oyda “Qishloq qurilish bank” Sergeli filiali ochildi.



Bankning funksiyasi va vazifalari.

Funksiyalar


•    jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
•    yuridik va jismoniy shaxslardan depozit va omonatlarni jalb etish;
•    kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish;
•    chet el valyutasini yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
•    cheklar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish;
•    uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
•    qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saq’lash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
•    moliyaviy lizing va faktoring xizmatlarini ko’rsatish;
•    jismoniy shaxslarga iste'mol, ipoteka va boshqa turdagi kreditlani berish;
•    litsenziyada ko’zda tutilgan va amaldagi qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa bank operatsiyalari.


Vazifalar


• Qishloq hududlardagi uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish uchun kredit berish va bank xizmati ko’rsatish;
• Qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini qurish hamda ta'mirlashni tashkil etish uchun kredit berish va lizing xizmatlarini ko’rsatish;
• Yangi, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, qurishning industrial va yigma texnologiyalarini joriy etadigan korxonalarga kredit berish ;
• Qishloq qiyofasini yaxshilashni, muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borishni moliyalashtirish;
• Universal tijorat banki sifatida kompleks bank xizmatlarini ko’rsatish.

Bank tarkibiyiy bo’linmalari ro’yxati

Bank tarkibiy bo’linmalari ro’yhati
2020 yil 1oktyabr  holatiga

Kadrlar departamenti

Yuridik departamenti

Innovatsion o‘quv markazi (departament maqomida)

Bank xavfsizligi boshqarmasi

Ichki nazorat boshqarmasi

Bank axborot xizmati (boshqarma maqomida)

Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘limi

Birinchi bo‘lim

Svift bo‘limi

Mehnat muxofazasi sho‘basi

Ichki audit boshqarmasi

Dasturlar doirasida ipotekali kreditlash departamenti

Bank apparati (departament maqomida)

Muxandislik  nazorati  bo‘limi

Kapital  qurilish bo‘limi

Pudrat tashkilotlarini kreditlash boshqarmasi 

Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi (departament maqomida)

Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti

Buxgalteriya hisobi va moliyaviy nazorat departamenti

Kredit amaliyotlarini avtomatlashtirish boshqarmasi

Bosh amaliyotlar boshqarmasi

Muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti

Chakana biznesni rivojlantirish departamenti

Bank kartalari biznesini rivojlantirish departamenti

Axborot  texnologiyalari departamenti  

Pul muomalasi va kassa amaliyotlari boshqarmasi 

Strategik rivojlantirish va iqtisodiy tahlil departamenti

Risk menejment boshqarmasi

ATB "QISHLOQ QURILISH BANK" MARKAZIY IDORASINING DEPARTAMENT, BOSHQARMA VA MUSTAQIL BO'LIMLARINING ASOSIY VAZIFALARI

MEHNAT MUHOFAZASI SHO’BASI

Hodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishini nazorat qiladi. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi me’yor talablarini buzgan shaxslarga chora ko’rish to’grisida bank rahbariyatiga takliflar kiritadi. Kasaba uyushmasi va manfaatdor bo’linmalar bilan birgalikda bank va uning filiallaridagi mehnat sharoiti zararli va xavfli ish o’rinlarini aniqlaydi, ular ro’yhatini yangilab boradi.



SWIFT BO’LIMI

Bo’limning asosiy vazifasi Bank mijozlarining to’lov topshiriqnomalari, cheklari, moliyaviy institutlar jo’natmalari, valyuta ayirboshlash, kassa xatlari, akkreditivlar bo’yicha hujjatlar, tizim va xizmat axborotlari hamda boshqa mavjud formatlar bo’yicha hujjatlarni belgilangan tartibda axborot xavfsizligini ta’minlagan holda SVIFT dasturiy va texnik vositalari orqali jo’natish, shuningdek, qabul qilib olishdan iborat.



ICHKI AUDIT BOSHQARMASI

Bank faoliyati ustidan to’liq nazorat o’rnatilishi uchun bank Kengashiga zarur va ob’ektiv axborotlar bilan ta’minlash. Bunda aktivlar harakati ustidan umumiy nazorat o’rnatilganligi, tashkiliy tuzilmalar samaradorligi va daromadliligi hamda nazorat tizimining faoliyati to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirishga qaratilgan hisobotlarni shakllantirishdan iborat.



BANK APPARATI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qaror va topshiriqlari ijrosi nazoratini olib borish, ijro intizomini ta'minlash, bank aksiyadorlari Umumiy yig'ilishi, bank Kengashi va Boshqaruvi qarorlari, ijro nazorati bilan bog'liq o'z qarorlarining belgilangan tartib va muddatlarda bajarilishini nazorat qilish.



INNOVASION O‘QUV MARKAZI (Departament maqomida)

Bankning har bir xodimi kasbiy bilimi va malakasini hamda tayorgarlik darajasini, ularning egallab turgan lavozimlariga bo’lgan talablarga muvofiqlashtirish, bilimlarini uzluksiz oshirish, ko’rsatilayotgan ustuvor bank xizmatlari doirasini kengaytirish, amalyotga joriy etilayotgan yangi bank mahsulotlari yuzasidan mutaxassislar tayorgarligini kuchaytirish, xalqaro bank amaliyoti tajribasini o’rtagish orqali ularni mahalliy bank tizimiga joriy etish maqsadida o’quv kurslari tashkil qilish va xodimlarni qayta tayyorlash.



CHAKANA XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Bankning filiallarida jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini joylarda o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish uchun bank Boshqaruviga takliflar kiritish, tashkilot, korxona, muassasa va boshqa tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik qilib, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish ishlarini takomillashtirish borasida markazlashgan shartnoma loyihalarini tayyorlash, qo‘shimcha xizmat turlarini joriy qilish maqsadida ular bilan doimiy muzokaralar olib borish, bankning xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirish va uning sifatini oshirish maqsadida, minibank, bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari va chakana amaliyotlari kassalarini tashkil qilish yuzasidan bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari va filiallar bilan hamkorlikda ishlar olib borish va bank Boshqaruviga takliflar kiritish.



INVESTISIYA FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA LOYIHALARNI BOSHQARISH MARKAZI (departament maqomida)

Investitsiya jarayonlarida bankning ishtirokini yanada kengaytirish, eksportbop va import o’rnini bosuvchi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga ajratilgan uzoq muddatli kreditlash faoliyatini bankda tashkil etish va nazorat qilish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida jalb etilgan kredit liniyalari mablag’laridan o’z vaqtida va samarali foydalanishni tashkil etish.



BANK AXBOROT MARKAZI (Boshqarma maqomida)

Bank faoliyatini haqqoniy va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o’zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Bank va uning hamkorlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, xalqaro konferentsiyalar, forumlar, ko’rgazmalar, yarmarkalarda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ishlashni tashkil etadi.



G’AZNACHILIK DEPARTAMENTI

Bankning o’z va jalb etilgan mablag’larini minimal harajatlar bilan tavakkalchilikni hisobga olgan holda daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish; Bank kapitali va depozit bazasini shakllantirish, pul mablag’laridan oqilona va samarali tarzda foydalangan holda tez aylanishini ta’minlash, bankni moliyaviy bozordagi raqobatbardoshligini oshirish, bankning umumiy likvidlilik holatini bir maromda saqlanishini ta’minlash, daromadni oshirish choralarini ko’rish.



KREDIT AMALIYOTLARINI AVTOMATLASHTIRISH BOSHQARMASI

Bankda kreditlash amaliyoti bo’yicha umumiy faoliyatni muvofiqlashtish, bunda mijozlarga kredit ajratish bosqichidan to kredit so’ndirilguncha bo’lgan butun jarayon ustidan nazoratchi funksiyasini bajarib, amaldagi me’yoriy hujjatlar hamda kreditlash tamoyillariga mos holda sifatli va minimal darajadagi xatarga tortilgan bank kredit portfelini shakllantirish, bank uchun kreditlash faoliyatini tashkil etish va unga doir munosabatlarni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi asosiy mezon hisoblangan Kredit siyosatini va Kreditlash tartiblarini ishlab chiqish hamda ushbu tartiblar asosida filiallarda samarali kreditlash faoliyatini yo’lga qo’yish,



AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DEPARTAMENTI

Bankning funksional vazifalarini amalga oshirishi uchun zamonaviy informatsion texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish bo'yicha yagona texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ta'minlash.



DASTURLAR DOIRASIDA IPOTEKALI KREDITLASH DEPARTAMENTI

Uy-joylar qurilishini kreditlashga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va Hukumat tomonidan yuklatilgan topshiriqlar, Davlat dasturlari ijrosini ta’minlash, “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishini aholi mablag’lari va maqsadli mablag’lar hisobidan moliyalashtirishni tashkil etish; Bankda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishini kreditlash va moliyalashtirish bo’yicha umumiy faoliyatni muvofiqlashtirish; Bank filiallari uchun maqsadli mablag’lar hisobidan imtiyozli ipoteka krediti ajratish va uy-joylar qurilishini moliyalashtirish faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan ichki me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va ularga rioya etilishini nazorat qilish; Qishloq joylarda uy-joylar qurilishini kreditlash bo’yicha joylarda samarali faoliyat yuritilishini ta’minlash.



MUAMMOLI AKTIVLAR BILAN ISHLASH DEPARTAMENTI

“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishi uchun bankdan ajratilgan imtiyozli ipoteka kreditlarining filiallar tomonidan doimiy monitoringini olib borilishini ta’minlash. Bankdan mijozlarga uy-joylar qurilishiga imtiyozli ipoteka krediti ajratish bosqichidan to kredit so’ndirilguncha bo’lgan butun jarayon ustidan nazoratchi funksiyasini bajarib, amalagi me’yoriy hujjatlarga mos holda sifatli va minimal darajadagi xatarga tortilgan imtiyozli ipoteka kredit portfelini shakllantirish.



RISK MENEJMENT BOSHQARMASI

Bankning kundalik faoliyati davomida, jumladan, operatsiyalarini o’tkazishida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tavakkalchiliklarni aniqlash, ularning oldini olish, bartaraf etish, kamaytirish va ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni boshqa moliyaviy vositalar orqali qoplash bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar, bank va uning filiallari moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish amaliyotlarini yaratish orqali bank faoliyatini samaradorligini oshirish, kredit portfeli holatini kuzatishlar, masofaviy monitoring orqali tavakkalchilik va xatarlarni baholash amaliyotlarini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi. Bankda, bank tavakkalchiliklarini baholash va me’yorlari qo’llanmasi bo’yicha o’rnatilgan parametrlarga rioya qilinish ahvolini tahlil va monitoring qilish, bank faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi kredit, foiz, likvidlilik, valyuta, narx(baho), kapitalni adekvatliligi kabi tavakkalchiliklar ustidan monitoring o’rnatish, bankning asosiy ko’rsatkichlarini bir-biriga monand tarzda o’sib borishini yo’lga qo’yish orqali risklarni boshqarish bo’yicha qo’yilgan talablarni bajarilishini ijro etadi. Bank aktivlarini tahlil etish asosida muammoli aktivlar doirasini belgilash, ularning holatini chuqur tahlil qilish, muammoli aktivlar bilan ishlashning samarali uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat.



BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY NAZORAT DEPARTAMENTI

Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish bo'yicha belgilangan qoidalar asosida Bank tizimidagi boshqarmalar va ular tarkibidagi bo'linmalarda buxgalteriya hisobining to'g'ri tashkil etilishini ta'minlash. Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq, bankning umumiy hisob siyosatini, shuningdek buxgalteriya ishlarini tashkil etish, kreditlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar hisobini yuritish bo'yicha ichki me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish. O'z tizimida avtomatlashtirilgan hisob-kitob ishlarining zamonaviy vositalaridan keng foydalanish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bankning boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda xizmat ko'rsatuvchi korxonalarga avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etishda yordam berish. Bank tizimida o'tkazilgan tekshiruvlarda, shuningdek, tashqi audit xulosasida buxgalteriya hisobiga doir aniqlangan tegishli kamchiliklarni bartaraf qilish va ularning takrorlamaslik yuzasidan chora-tadbirlar belgilash hamda kelgusida yo'l qo'yilmasligini ta'minlash.



STRATEGIK RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY TAHLIL DEPARTAMENTI

Bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va uzluksiz rivojlantirib borish uchun ilmiy amaliy izlanishlar olib borish, bank va uning filiallari faoliyati hisobotlari va tahliliy ma’lumotlari asosida yuzaga kelayotgan tendensiya va jarayonlarni tahlil qilish, marketing izlanishlar natijalari asosida ma’lum bir davrga bankning strategik rivojlantirish yo’nalishini ishlab chiqish, strategik rivojlanishning amalga oshirilishini ta’minlovchi joriy faoliyat rejalarini (biznes reja) ishlab chiqish, bankning umumiy strategiyasiga ta’sir etuvchi ichki siyosatlarining asosiy yo’nalishlarini belgilash, bankka ilg’or boshqaruv uslublari va zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb etish orqali bank faoliyatida samarali boshqaruvni tashkil etish, Respublikaning strategik ahamiyatga ega bo’lgan hududlarida yangi filiallar, minibanklar, jamg’arma shoxobchalari, turli chakana bank xizmatlarini taklif etuvchi bo’linmalarni tashkil etish orqali hududlardagi tarmoqlarni kengaytirish.



TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT DEPARTAMENTI

Iqtisodiyot sohalari, kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon va fermer xo’jaliklariga eksport bazasini oshirish, import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ichki bozor talablarini qondirish va yangi texnologiyalardan foydalanish, ichki va tashqi bozorda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun chet el va milliy valyutadagi kreditlar ajratilishi mo’ljallangan investitsiya loyihalarini ko’rib chiqish va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash va moliyalashtirishni tashkil etish. Moliyalashtirilgan loyihalar ustidan esa monitoring o’rnatish. Muzokaralar o’tkazish va yozishmalar orqali xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlar o’rnatish, bankka kredit limitini o’rnatish maqsadida bir qator tadbirlar o’tkazish va investitsion loyihalarni moliyalash uchun xalqaro va chet el moliya institutlari kredit liniyalarini jalb qilish, Xalqaro moliya korxonalarining chet el valyutadagi kredit liniyalari bo’yicha kreditlash sxemasini ishlab chiqish, loyihani moliyalashtirish qatnashchilari - xalqaro moliya institutlari bilan o’zaro bog’liq bo’lgan shartnomalarni ishlab chiqish va o’rganish.



BANK KARTALARI BIZNESINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

Bank kartalarining emissiyasini amalga oshirish, ularni saqlash va hisobini yuritish, ishlatilishi nazorat qilish, bank tomonidan terminallar, bankomatlar va infokiosklarni o’rnatish, va ular bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirish, bank kartalari bilan bog’liq yangi xizmat turlarini joriy etib borish.



BANK XAVFSIZLIGI BOSHQARMASI

Bank tizimida bank xavfsizligini ta’minlash va axborotlarni himoya qilish sohasida huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlarni, bank ma’lumotlariga ruxsatsiz kirish hollarini bartaraf etishning oldini olish choralarini ko’rish. Texnik ta’minlanganlik, ichki ob’ektlarni qo’riqlash rejimi va kirish-chiqish tizimi holatini tekshirish.



KADRLAR DEPARTAMENTI

Bank tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirish, bugungi kun talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, bank xodimlari madaniyati va javobgarligini oshirish, bank muassasalarida kadrlarni to’g’ri tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularni tarbiyalash, kadrlar zahirasini tayyorlab borish, kadrlar sifat tarkibini yaxshilash hamda kadrlar qo’nimsizligini oldini olish.



YURIDIK DEPARTAMENT

Bank va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda qatnashish, uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish va uning tarkibiy bo’linmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish, bankning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish hamda sudlarda va boshqa idoralarda bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish.



ICHKI NAZORAT BOSHQARMASI

Bankda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.



BANK XIZMATLARI ISTE’MOLCHILARINING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BO‘LIMI

Bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olishga, bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlashga,bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga; moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish va bank xizmatlari iste’molchilarining savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratadi.



KAPITAL QURILISH BO’LIMI

Bank tomonidan o’z faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan binolarni ta’mirlash, yangi binolar qurilishini tashkil qilishni va binolarni sotib olish, ekspluatatsiya qilish ishlarini tashkil qilish. Binolarni qayta ta’mirlashda amalga oshiriladigan xarajatlarning haqiqiy va bozor qiymatini aniqlash, sifatini nazorat qilish, bank va Bosh pudratchi o’rtasidagi, Bosh pudratchi va boshqa yordamchi pudratchilar o’rtasidagi hisob-kitoblarning to’g’ri va o’z vaqtida amalga oshirilishini tashkil qilish va uni nazorat qilishdan iborat.



MUXANDISLIK NAZORATI BO’LIMI

Bank buyurtmasi asosida va bank tomonidan moliyalashtirilayotgan va kreditlanayotgan ob’ektlar, shu jumladan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy bo’yicha bajarilgan qurilish ishlarining nazorat o’lchovlarini amalga oshirish.



PUL MUOMALASI VA KASSA AMALIYOTLARI BOSHQARMASI

Bank tizimida pul muomalasini yanada mustahkamlash va milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, naqd pul aylanishini tezlashtirish, naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, naqd pul mablag’larining kelib tushishi va xarajatlari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, pul-kredit munosabatlari va kassa amaliyotlarini tashkil etish va monitoring qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ko’maklashish, tartibga solish, iqtisodiy tahlil etish va ularning joylarda bajarilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatish.



PUDRAT TASHKILOTLARINI KREDITLASH BOSHQARMASI

Ko‘p qavatli uy-joylarni qurilishida ishtirok etadigan pudrat tashkilotlarini kreditlashda me’yoriy xujjatlar talablariga muvofiq filiallarda ishni tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va hududlarga amalga oshirilgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining Majlis bayonlari asosida quriladigan ko‘p qavatli uy-joylarni qurilishida ishtirok etadigan pudrat tashkilotlarini kreditlashda bankning mintaqaviy va tuman filiallariga vakolati doirasida amaliy yordam ko‘rsatish; filiallarda ko‘p qavatli uy-joylarni qurilishida ishtirok etadigan pudrat tashkilotlarini kreditlash jarayonida hamda kreditlarni so‘ndirilishida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida joyiga chiqib tegishli amaliy ko‘rsatmalar berish; boshqarma vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha bankning mintaqaviy va tuman filiallaridagi ko‘p qavatli uy-joylarni qurilishida ishtirok etadigan pudrat tashkilotlarini kreditlash faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berish.



BOSH AMALYOTLAR BOSHQARMASI

Bankning buxgalteriya hisobi, kredit, investitsiya, foiz, dividend va depozit siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqib tegishli boshqarmalar bilan birgalikda bank aktivlarini samarali boshqarishni tashkil qiladi, bankning vakil banklar va xalqaro moliyaviy institutlar bilan o’rnatiladigan tashqi iqtisodiy alohalar jarayonida yuzaga keladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, bank tomonidan chet el va milliy valyutadagi to’lovlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi, bank va filiallaro hisob-kitoblarning to’g’riligini nazorat kiladi va ularni muvofiqlashtiradi, bankning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq moliyaviy amaliyotlarni amalga oshiradi, ichki hisob-kitob amaliyotlarini bajaradi va to’lovlarni amalga oshirishda bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qiladi.



Aksiyadorlar

74,07%

O'zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

23,88%

O'zbekiston Respublikasi

Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi

2.05%

2 422 - yuridik shaxs

Bank strategiyasi

Respublika moliya bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan yaqin sheriklar asosida ishlash, barcha ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta’minlash, eng muhimi bank mijozlarining ishonchini qozonish ATB “Qishloq qurilish bank” ning yaqin kelajakdagi ustuvor maqsadlari etib belgilangan.

“Qishloq qurilish bank” o‘z faoliyati mazmun–mohiyatini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida faol ishtirok etish, mulkchilikning turli shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi ishonchli hamkor bo‘lish, mijozlarning zamonaviy, sifatli va tezkor bank mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini jahon andozalari darajasida samarali qondirish hamda xalqimizning turmush farovonligini oshirish yo‘lida tinmay xizmat qilishda, deb biladi.

Bankning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni xizmat ko‘rsatish saviyasini oshirib, etakchi o‘ringa chiqish, boshqaruv va operatsion jarayonlarni samarali tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi namunaviy bank darajasiga chiqish, bank xizmatlari doirasini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘yilayotgan talablarga javob beradigan Informatsion texnologiyalar tizimini yaratish, namunaviy korporativ madaniyatni yaratish, mehnat samaradorligini oshirish, bankning yuqori bahoga ega brendini shakllantirish va mijozlarning bankka nisbatan yuqori xayrihohlik darajasiga erishish.

Rivojlantirish stretegiyasida belgilangan asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun bank tomonidan quyidagi yo‘nalishlardagi ishlarni faollashtirish ko‘zda tutilmoqda: sug‘urta va lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi shu’ba korxonalar tashkil etish; mijozlarga xizmat ko‘rsatishda har tomonlanma qulay va muvofiq tuzilmani tashkil etish; malakasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan xodimlardan tarkib topgan jamoani shakllantirish, xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishini oshirish; bank–moliya sohasidagi yangi zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lgan xolda, bankning kundalik ish faoliyatini takomillashtiruvchi texnologiyalarni muntazam ravishda amaliyotga joriy qilish; bank xatarlarini har tomonlama tahlil qilish orqali ularni boshqarish tizimini yaratish; bank faoliyatini adekvat o‘sish tizimini yaratish; respublikaning aholisi gavjum markazlarida bank infratuzulmalarini ochish va chakana xizmat kursatishni kengaytirish; yuridik va jismoniy shaxslardan tarkib topgan mijozlar sonini kupaytirish; zamonaviy biznes ko‘lamliligi va sharoitiga hamda xalqaro standartlarga mos keladigan boshqaruv tizimini tashkil etish; raqobatchilar faoliyatini atroflicha tahlil qilgan holda, muntazam o‘zgaruvchan foiz va tarif siyosatlarini amaliyotga joriy qilish; chakana xizmatlar faoliyatini kengaytirish: amaldagi jismoniy shaxslarni kreditlash va omonatlarni jalb qilish dasturlarini mukammallashtirish; plastik kartochkalar dasturini ommalashtirish (debet kredit kartochkalar, overdraft) va terminallar sonini oshirish, bankomatlar o‘rnatish; bank xizmatlari hajmini oshirish, moliya bozorida o‘sib borayotgan raqobatchilik sharoitida ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish va mukammallashtirish; xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, chet el kredit liniyalarini jalb qilish; jahonning nufuzli banklari bilan vakillik munosabatlari o‘rnatish; bank-moliya bozorida marketing izlanishlarini kengaytirish orqali yangi xizmat turlarini amaliyotga tadbiq qilish; filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ular faoliyatida zamonaviy informatsion texnologiyalarni tadbiq etish, tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish orqali filiallar faoliyatini optimallashtirish; ichki audit tizimi faoliyatini kuchaytirish. Bunda, bank aktivlari, kredit va investitsiya portfeli hamda boshqa ko‘rsatkichlarni baholashning zamonaviy usullaridan foydalangan holda bank faoliyati samaradorligiga baho berish tizimini yanada takomillashtirish; bank filiallariga yuqori malakali, bankning investitsion faoliyatini yanada faollashtirish va xizmat ko‘rsatish saviyasini yanada ko‘tarishga qodir bo‘lgan, tashabbuskor yosh xodimlarni jalb qilishni rag‘batlantirish; xodimlarni xalqaro standartlar asosida bilimini oshirish, o‘qishi uchun sharoit yaratish.

Bankning strategik maqsadidan kelib chiqib, 2016-2022 yillarda bank likvidligi darajasini yanada mustahkamlash, kapitallashuv darajasini oshirish, kreditor va aksiyadorlar mablag‘larini saqlash va ko‘paytirish, bank faoliyati bo‘yicha yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish masalalari rivojlanish Strategiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. SHuningdek, quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirishda alohida e’tibor qaratiladi: xizmat ko‘rsatish sohasiga, birinchi navbatda, savdo sohasi korxonalariga, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga e’tiborni qaratish; mijozlarga bank xizmati ko‘rsatishni soddalashtirish va ularni barcha bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kompleks ta’minlash; bank amaliyot markazi ustunliklaridan to‘laqonli foydalanishga erishish va kartochkali biznesni rivojlantirish; namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarida uy-joylarni qurilishini, ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan pudrat tashkilotlari ehtiyojini kompleks moliyalashtirishni ta’minlash; qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar qurilishi hajmini va sifatini oshirib borish hamda Osiyo Taraqqiyot Banki, Xitoy Eksport Import banki va boshqa xalqaro moliya institutlari orqali kredit mablag‘larini jalb qilish va o‘zlashtirishda faol ishtirok etish; ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda bank mijozlariga taklif etilayotgan xizmatlar spektrini yanada kengaytirish va ularning sifatini oshirib borish, jumladan “Internet-banking” xizmatlaridan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar safini yanada kengaytirish; bank xizmatlarini ko‘paytirish va sifatini oshirish orqali bankning korporativ va xususiy mijozlari sonini ko‘paytirish.

Bunda, bank xizmatlarini iste’molchilarga etkazishni takomillashtirish, minibanklardan, bank-klient va boshqa shakllardan foydalanish; harajatlarni boshqarilishi uchun samarali tizimni yaratish; moliyaviy xizmatlar bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, bank infratuzilmalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash, faoliyatini rivojlantirish(kengaytirish) va bank tizimida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish choralari ko‘riladi.

Bank rekvizitlari

ATB “QISHLOQ QURILISH BANK” Manzil: 100011, Toshkent sh., A. Navoiy k., 18-A-uy


Теlefon: (99878) 150-93-39 ,
Faks: (99878) 150-39-93,
MFO: 01037
STIR: 206916313
OKONH: 9 6120
ОKPO: 15320710

0


Yuqori tashkilotalar

Yuqori tashkilotning to‘liq va/yoki qisqartirilgan nomi :

   1) O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi

   2) O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki

Yuqori tashkilotning rasmiy vеb-saytiga havola :

 1) O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi

 2) O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga havola : www.gov.uz



Quyi tashkilotlar Quyi tashkilotning to‘liq va/yoki qisqartirilgan nomi :

   1) "Perfect Insurance" MCHJ



Statistik ma`lumotlar

01.11.2020 yil holatiga






Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling