Moliya-kredit tizimi stаtistikаsi


Download 280.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana07.04.2022
Hajmi280.42 Kb.
#627839
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 mavzu ma\'ruza Moliya kredit tizimi statistikasi Aholi turmush
Diskirit matematika Silliabus (3), fizika amaliy , Body launguages, karkaz usuli-3d modelashtirh, otm elon test, 2 5193156648218138098, 5 mavzu amaliy mashg\'ulot O\'zb milliy hisoblar tizimi Aholi st, 3-LABORATORIYA (1), 3-LABORATORIYA (1)


8- MАVZU 
 
8.1.
MOLIYa-KREDIT TIZIMI STАTISTIKАSI. 
8.2. 
АHOLI TURMUSh DАRАJАSI STАTISTIKАSI. 
 
8.1.
MOLIYa-KREDIT TIZIMI STАTISTIKАSI. 
Reja: 
1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari. 
2. Bank statistikasining asosiy koʼrsatkichlari. 
3. Pul muomalasi statistikasi. 
4. Toʼlov balansi. 
Tayanch iboralar:Davlat byudjeti statistikasining vazifalari, Davlat byudjeti, byudjet 
defitsitini moliyalashtirish manbalari, byudjet daromadlari tarkibi, byudjet harajatlari 
tarkibi, statistikasining asosiy koʼrsatkichlari, bank tizim, bank aktivlari va resurslari, bank 
depozitlari, pul muomalasi statistikasi, pul massasi, pul massasining aylanish tezligi, toʼlov 
balansi. 
1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari. 
Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo‘lib, undan umumdavlat iste’molini 
qondirish maqsadida foydalaniladi. 
Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi uning asosiy parametlarini baholashdan 
iborat: 
- davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining umumiy hajmini, harajatlar hajmini 
daromaddan ortib ketishi (defitsit) yoki aksincha daromadlar hajmini harajatlar hajmidan ortib 
ketishi (profitsit), rasmiy transfertlar va h.k.; 
- davlat byudjeti daromadlari va harajatlari tarkibi; 
- byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari
- davlatning ichki qarzlari hajmi; 
- soliqqa tortish hajmi, tarkibi va h.k. 
Davlat byudjetini o‘rganishning asosi bo‘lib, byudjetning daromadlari va harajatlarini 
iqtisodiy klassifikatsiyasi hisoblanadi. 
Byudjet daromadlari tarkibida quyidagilar ajratiladi: 
- soliq tushumlari – majburiy, o‘rni qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan to‘lovlar 
(qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksizlar, foyda solig‘i, daromad solig‘i va h.k.); 
- soliq bo‘lmagan tushumlar (davlat mulkini sotishdan olingan, boshqariladigan korxonalar 
kassa foydasi, jarimalar va h.k.); 
- o‘rni qoplanmaydigan tushumlar (transfertlar). 
Byudjet harajatlari bajarayotgan funksiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga ajratib 
o‘rganiladi: 
- umumiy harakterga ega bo‘lgan davlat xizmatlari; 
- jamoa va ijtimoiy xizmatlar; 
- iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan davlat xizmatlari; 
- boshqa funksiyalar. 
Analitik maqsadlarda asosiy ko‘rsatkichlar bilan birga boshqa ko‘rsatkichlar xam 
qo‘llaniladi, ular mavsumiy va boshqa omillarni byudjetni tashkil bo‘lishiga va harajatlariga 
ta’sirini baholaydilar. Masalan, byudjet umumiy summasi bilan, ayrim olingan harajat turlari 
orasidagi bog‘lanishni, shuningdek yalpi ichki mahsulot bilan ayrim moddalar bo‘yicha 
daromadlar summasi orasidagi bog‘lanishni o‘rganish uchun elastiklikning empirik 
koeffitsientlaridan foydalanish mumkin: 


E=

U/

X x X/U; bunda, 
E – elastiklik koeffitsienti (omil «X»ning 1%ga o‘zgarishi natijasida yakuniy ko‘rsatkich 
«U»ning o‘zgarish darajasi); 

X – «X» omilining o‘sishi; 

U – «U» yakuniy ko‘rsatkichning o‘sishi. 

Download 280.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling