Moliya va buxgalteriya hisobi


Download 52.35 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi52.35 Kb.
#152470
Bog'liq
Shernafasov Doston (2)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI” FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI


“MOLIYA VABUXGALTERIYA HISOBI ” fakulteti

Ro’yhatga olindi


№«________»________2020y

“BUXGALTERIYA HISOBI” kafedrasi

Ro’yhatga olindi

№«________»________2020y




Davlat byudjeti xarajatlari ijrosi hisobi.
Ilmiy rahbari: Professor Ergasheva Shaxlo

Bajardi: BR-76 talabasi Shernafasov Doston

Komissiya a’zolari: ____________________________

____________________________

____________________________

____________________________

Ximoya natijasi: «_____» ball «___»______________ 2020 y.


Toshkent – 2020

Mundarija

Kirish ………………….………………….……………………………………….

1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari xarajatlarini ijro etish tartibi………………………………………...................

2. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari…………….............................................................

3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari xarajatlarining ijrosi hisobini hujjatlashtirish…………………………………..…........................................

4. Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining

shakllanish manbalari…………………..………………………………................

Xulosa.....................................................................................................................

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...


Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari xarajatlarini ijro etish tartibi

Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan shakllarda va muddatlarda Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi.

Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha oylik hisobot shaklida byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi asosiy ko’rsatkichlar beriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa xarajatlari, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda ko’rsatiladi va farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larning hududiy g’azna schyotlaridagi, g’azna tranzit schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi.

Budjet ijrosi to’g’risidagi yig’ma oylik hisobotlar tegishli moliya organlari tomonidan o’zlari ijro etayotgan byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga quyi byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini ham qo’shish yo’li bilan tuziladi.

Moliya organlari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi yakun bo’yicha tuzadi. Moliya organlarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisoboti tarkibiga quyidagilar kiradi:

1.Budjet ijrosi to’g’risidagi balans;

2.Daromadlar;

3.Xarajatlar;

4.O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi;

5.Budjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlari rejasining bajarilishi to’g’risida hisobot;

6.Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumot.

Moliya organlari choraklik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari tasarrufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham taqdim etadi:

1.Balans;

2.Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot;

3.Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot;

4.Budjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

5.Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

6.Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

7.Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot.

Budjet ijrosi to’g’risidagi balans moliya organlari tomonidan Bosh-jurnal daftari va aylanma qaydnomalar asosida tuziladi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning aktiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, pul mablag’lari, xarajatlar, berilgan ssudalar, hisobkitoblar va o’tkazilgan mablag’lar bo’limlari tashkil etadi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning passiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, daromadlar, olingan ssudalar, hisobkitoblar, olingan mablag’lar va natijalar bo’limlari tashkil etadi.

Bosh-jurnal daftaridagi sintetik schyotlar qoldig’i balansdagi ko’rsatkichlar bilan bir xil bo’ladi. Budjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Daromadlar qismida byudjet tasnifi bo’yicha rejalashtirilgan daromadlar summalari hamda ularni bajarilishi aks ettiriladi.

Daromadlar haqida hisobot


Daromad nomi

Bo’lim

Paragraf

Daromad turi

Reja

Bajarilishi





































Jami
















Budjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Xarajatlar qismida byudjet tasnifi xarajatlar bo’yicha aniqlangan reja, moliyalashtirilgan hamda bajarilgan kassa xarajati, haqiqiy xarajat summalari aks ettiriladi. Shuningdek bu hisobotda qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar summalari aks ettiriladi.

Budjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi qismida xarajatlarning turlari bo’yicha, aniqlangan, moliyalashtirilgan hamda bajarilgan xarajatlar kassa xarajati, haqiqiy xarajatlar, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar summalari aks ettiriladi.

Budjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlar rejasining bajarilishi to’g’risida hisobotda byudjet tasnifining har bir bo’limini boblari, paragraflari va turkumlari bo’yicha hisobot davri boshiga va oxiriga shtatlarning miqdori keltiriladi. Shuningdek, o’rtacha miqdorda yillik reja va bajarilishi aks ettiriladi.

Budjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumotda byudjet tasnifi bo’yicha rezerv fondi mablag’lari sarflanishi va mablag’lar qoldig’i aks ettiriladi.

Moliya organlari tomonidan tuziladigan Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosi to’g’risida yillik buxgalteriya hisobotlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;

2. Daromadlar;

3. Xarajatlar;

4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi;

5. Budjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlari rejasining bajarilishi to’g’risida hisobot;

6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumot.

Moliya organlari yillik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari tasarrufidagi byudjet tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham taqdim etadi:

1. Balans;

2. Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot;

3. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot;

4. Budjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot;

5. Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot;

6. Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lari xarakati to’g’risida hisobot;

7. Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot.

8. Joriy yilning moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot;

9. Nomoliyaviy aktivlarni xarakati to’g’risida ma’lumot;


Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalarining ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari.

Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar ya’ni pul mablag‘lari hisobi alohida tashkil etiladi. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlariga hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, kassadagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, yo‘ldagi pul jo‘natmalari, moliyaviy qo‘yilmalar (vaqtincha depozitga qo‘yilgan pul mablag‘lari) kiradi.

Byudjet tashkilotlarida pul mablag‘lari hisobi Byudjet (Byudjet tomonidan muassasa xarajatlarini va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan) va Byudjetdan tashqari (ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov kontrakt shakli, rivojlantirish jamg‘armasi, boshqa mahsus mablag‘lar, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Byudjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy to‘lovlarini qoplash uchun kelib tushgan, chet el valyutasidagi) bo‘yicha yuritiladi. Byudjet tashkilotlari Davlat Byudjeti g‘azna ijrosiga o‘tishi munosabati bilan xizmat ko‘rsatuvchi banklarda ochilgan Byudjet, Byudjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha hisob schyotlari yopilib G‘aznachilik va uning hududiy bo‘limlaridagi ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga o‘tkazildi. Natijada G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlari tomonidan Byudjet tashkilotlarini yuridik va moliyaviy majburiyatlari ro‘yhatga olinib yagona g‘azna hisob raqamidan to‘lab berilmoqda.

Yuridik majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon oldidagi tuzilgan shartnomalar, kelishuvlar va tegishli hokimiyat organlarining qarorlari bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlaridir.

Moliyaviy majburiyat - yuridik (jismoniy) shaxslarning ikkinchi tomon, tovar (ish va xizmat)lar yetkazib beruvchilar oldidagi yetkazib berilgan tovar (ish va xizmat)lar uchun xaq to‘lashni tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan hisob-to‘lov hujjatlarida hisoblangan, ishchilarga ish haqi, to‘lov hujjatlari, sud qarorlari, hamda

Byudjetdan mablag‘ oluvchilarni mol yetkazib beruvchi yoki to‘lovni qabul qiluvchiga mablag‘larning o‘tkazilish majburiyatini yuklovchi hujjatlardir.

Bu shuni anglatadiki Byudjet tashkilotlari nomidan majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:

1. Byudjet tashkilotlari moliyaviy aktivlar hisobini amaldagi me’yoriy xuquqiy hujjatlar talablari bo‘yicha tashkil etish;

2. Moliyaviy aktivlar hisobini buxgalteriya boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlari, hisob regstirlarida o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirish;

3. Byudjet va Byudjetdan tashqari pul mablag‘larini daromadlar va xarajatlar smetalari bo‘yicha maqsadli sarflanishi, saqlanishi ta’minlash;

4. Buxgalteriya schyotlarida moliyaviy aktivlar mavjudligi hamda harakatini aniq, to‘liq va o‘z vaqtida aks ettirish;

5. Tashkilot kassasida, shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag‘lari, pul hujjatlari, moliyaviy qo‘yilmalar butligini nazorat qilish;

6. Chet el valyutasidagi pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan belgilagan xorijiy valyuta kurslari bo‘yicha kurs tafovutlarini aniqlab hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirib borish;

7. Byudjet tashkilotlarining Byudjet va Byudjetdan tashqari pul mablag‘lari mavjudligi xolati va xarakatiga oid buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish va boshqalar.

Tashkilotlar pul mablag‘lari hisobini yuritishda akkreditivlar, pul ekvivalentari, chet el valyutasidagi va boshqa pul mablag‘larini hisobga oladilar. Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari va ularga tegishli muomalalar milliy valyutada - so‘mda, chet el valyutasini muomala amalga oshirilgan sanadagi (tegishli bank ko‘chirmasi va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan sanadagi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash orqali hisobga olinadi.

Byudjet tashkilotlarida naqd pulsiz hisob shakllarini qo‘llagan xolda hisoblashuv muomalalari amalga oshiradi. Bunda asosan to‘lov topshiriqnomasi shakli qo‘llaniladi. To‘lov topshiriqnomasida to‘lovchi bo‘lib, G‘aznachilik va uning xududiy bo‘limlari nomi ko‘rsatiladi. Byudjet tashkilotlari nomi, shaxsiy hisobvarag‘i nomeri, STIR to‘lov topshiriqnomasida alohida qatorda keltiriladi.

Byudjet tashkilotlarida naqd pul muomalalarini amalga oshirish uchun kassa xizmati tashkil etiladi.

Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan:

“Hisobvaraqlardagi Byudjet mablag‘lari”;

“Hisobvaraqlardagi Byudjetdan tashqari mablag‘lar”;

“Kassa”;


“Boshqa pul mablag‘lari”;

“Moliyaviy qo‘yilmalar”.

Byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘lari doirasida faoliyat yuritish bilar bir qatorda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi bilan belgilab qo‘yilishicha, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan byudjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi. Byudjet Kodeksining 60-moddasiga muvofiq, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo‘shimcha daromadlari “Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi” deb nomlangan jamg‘armada jamlanadi. Bu jamg‘armani shakllantirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, bundan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar mustasno;

faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar; byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi; belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar;

homiylikdan olingan mablag‘lar.


Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari xarajatlarining ijrosi hisobini hujjatlashtirish.

Davlat budjeti, jamg‘armalar budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti daromadlari kassa ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan yuritiladi. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha xodimlar ko‘chirmalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni olgandan so‘ng hujjatlarni sinchiklab tekshirib, tegishli budjet, jamg‘arma budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti daromadlari bo‘yicha tushgan summalarni to‘g‘ri qabul qilinganligini o‘rnatishi va ushbu tushumlar olib borilishi lozim bo‘lgan daromadlar tasnifi kodini aniqlashi kerak.

Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.

Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi. Davlat budjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi budjetlar daromadlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat. Ya’ni, daromadlar tasnifi yordamida Davlat budjetiga kelib tushayotgan barcha ko‘rinishdagi daromadlar va tushumlarni turlari, kimlardan kelib tushayotganligi va respublikamizning qaysi hududlaridan kelib tushayotganligi to‘g‘risida yetarlicha aniq ma’lumotlarni olish mumkin.

Budjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2010 yil 20-avgustda Moliya vazirining 65-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 11-oktyabrda 2146-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi Budjet tasnifin iqo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” bilan tartibga solinadi. Har kuni buxgalteriya hodimlari tomonidan g‘aznachilikka hizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan taqdim etilgan ko‘chirmalarga asosan tegishli budjet, jamg‘arma budjeti, budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti mablag‘lari bo‘yicha alohida-alohida Daromadlar haqida ma’lumotnoma (3 -shakl) rasmiylashtirilib tegishli 274 - son shakldagi Memorial orderga muomala sodir bo‘lgan vaqtdan so‘ng keyingi kundan kechiktirmay o‘tkaziladi va hujjatlar ilova qilinib tikiladi. Daromadlar kitobiga ma’lumotlar avtomatik o‘tkaziladi. Shundan keyin shu kundan kechiktirilmay G‘aznachilik organi bosh buxgalteri tomonidan Daromadlar haqida ma’lumotnoma (3 -shakl) da daromadlar tasnifini aks ettirilganligi, buxgalteriya yozuvlari tekshiriladi va 274 - son shakldagi Memorial order tasdiqlanadi.

Moliya organi bosh buxgalteri G‘aznachilik buxgalteriyasi tomonidan tasdiqlangan yuqorida keltirilgan xujjatlarni tekshirib chiqadi. Unda sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini muvofiqligi tekshiriladi va G‘azna dasturiy majmuada “Ijroga” belgisini qo‘yadi va ma’lumotlar bosh daftarga va hisobot shakllariga avtomatik o‘tadi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning budjetga ortiqcha to‘langan summalarni qaytarilishi bo‘yicha yozgan arizalari soliq inspeksiyasiga kelib tushadi. Soliq inspeksiyasi to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarga asosan ko‘rsatilgan to‘lov bo‘yicha to‘lovchida ortiqcha to‘langan summaning mavjudligi to‘g‘risida hulosa beradi va uni to‘lovchining arizasi bilan birga ko‘rsatilgan summani budjetdan qaytarish yoki uni kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun moliya organiga beradi. Moliya organlari ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarish uchun bank muassasasiga taqdim etadi va bank muassasasi kunlik tushgan budjetga o‘tkaziladigan (daromad turiga muvofiq) mablag‘ hisobiga qaytariladi. Bunda G‘aznachilik organlari tomonidan ortiqcha to‘langan mablag‘larni qaytarish hisobi yuritilmaydi. Ortiqcha tushgan daromadlarni to‘lovchilarga qaytarib berish moliya boshqarmalari tomonidan bankdagi tranzit hisob raqamidan amalga oshiriladi.

Moliya boshqarmasining rahbari tomonidan tasdiqlangan amaldagi tartibga muvofiq daromadlar bo‘yicha summalarni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risidagi hulosa ijro etilishi uchun moliya boshqarmasining bosh buxgalteriga taqdim etiladi. Moliya boshqarmasining buxgalteriyasi hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirgandan so‘ng budjet daromadiga ortiqcha o‘tkazilgan summani qaytarish bo‘yicha bankka taqdim etadi.

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasi ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari va moliya yili uchu nmo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi asosida tuziladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini qabul qilish to’g’risida taklif kiritishga haqli.

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini tuzish:


  • budjet so’rovini tuzish tartibini yuborishni;

  • budjet so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni;

  • budjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni; budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi.


1-rasm. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini tuzish

Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining shakllanish manbalari

Byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘lari doirasida faoliyat yuritish bilar bir qatorda, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi bilan belgilab qo‘yilishicha, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan manbalardan byudjet tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.

Byudjet Kodeksining 60-moddasiga muvofiq, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo‘shimcha daromadlari “Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi” deb nomlangan jamg‘armada jamlanadi. Bu jamg‘armani shakllantirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi (5-rasm):

hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, bundan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar mustasno;

faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi;

belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar; homiylikdan olingan mablag‘lar.

Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga byudjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi. Shuningdek, davlat tibbiyot muassasalarida ham byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi shakllantiriladi. Ushbu jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ishlatish yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-sonli qaroriga muvofiq belgilab berilgan. Byudjet Kodeksining 61- va 81-moddalarida ham Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasining shakllanish manbalari va ishlatish yo‘nalishlari aniqlashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi bilan shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlarini shakllantirish manbalari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular belgilangan tartibda davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanktsiyalardan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi. Jamg‘arma mablag‘laridan moddiy-texnika bazani mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, boshqa xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida tartibda belgilanadi.

Bundan tashqari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari rasman o‘rnatilgan undiriladigan to‘lovlar hisobidan ham shakllanadi. Ularning tarkibi Byudjet Kodeksining 63-moddasi bilan belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, byudjet tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari mablag‘lar quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:

-o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa ta’lim muassasalarida saqlab turilganligi uchun;

-o‘quvchilar bolalar musiqa va san’at maktablari hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim olganligi uchun;

 oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olganlik uchun;  statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun;

 qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi undiriladigan to‘lovlar. Undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari, ularni kiritish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek undiriladigan to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 12-avgustdagi 227-son “Byudjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablag‘laridan foydalanishning oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlarining byudjet tashkilotlariga xayriya ehsonlari shaklida tushadigan pul mablag‘lari byudjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochilgan tegishli byudjetdan tashqari g‘aznachilik hisob raqamlarida belgilangan tartibda jamlanadi va foydalaniladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablag‘lari byudjet tashkilotlari tomonidan olinishi va ulardan foydalanish byudjet tashkilotlari bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida xayriya yordami ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga (bitimlarga) muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 102-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida davlat mulkini ijaraga berish markazlari tashkil etilgan.

Ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan korxonalar, binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulk ijaraga berilishi mumkin.

Davlat mulki ularga nisbatan ijaraga beruvchida:

- ilgari tuzilgan davlat mulki ijarasi shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi;

- ularning muomalaga layoqatsizligi yoki muomala layoqati cheklanganligi (jismoniy shaxslarga nisbatan) to‘g‘risida ishonchli ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslarga ijaraga berilmaydi.

Agar ijaraga berish natijasida balansda saqlovchining ishlab chiqarish va yoki moliyaviy ko‘rsatkichlari yomonlashsa va/yoki byudjetdan moliyalashtirishning nazarda tutilgan limitlaridan ortiq bo‘lsa, davlat mulki ijaraga berilishi mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan holatlar yuqori turuvchi tashkilot yoki muassis (mavjud bo‘lganda) bilan kelishgan holda balansda saqlovchi tomonidan hujjatlar bilan asoslanishi kerak. Ijaraga berilgan davlat mulki (uning bir qismi), shuningdek davlat mulkini (uning bir qismini) ijaraga olish bo‘yicha ijaraga oluvchining huquqi o‘zgaga berilishi, garovga qo‘yilishi yoki boshqacha tarzda ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslarga o‘tkazilishi mumkin emas. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan davlat mulkini uchinchi shaxslarga, shu jumladan subijara shartlarida berishga haqli emas. Ijaraga oluvchi mol-mulkni soz holatda saqlashi, o‘z hisobidan joriy ta’mirlashi va mulkni saqlash bo‘yicha xarajatlarni qoplashi shart. Davlat mulki ijarasining eng ko‘p muddati besh yilni tashkil etadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovini (ijara to‘lovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:

Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko)

Bunda:

Ts — bir yilga bir kv. metr uchun ijara to‘lovining tayanch stavkasi;



Es — bir yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;

Kz — hududiy zonalar koeffitsienti;

Kq — qurilish turi bo‘yicha koeffitsient (alohida turgan bino, qo‘shimcha qurilgan bino, binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona, yarim erto‘la, erto‘la);

Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsienti;

Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsienti (asosiy avtotransport yo‘llari bo‘ylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yo‘llariga chiqishda joylashish va boshqalar).

Binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovi stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi taqdim etgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalari hisob-kitobi asosida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam bo‘lishi mumkin emas.

Binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovining eng kam stavkalari hisobkitoblari O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan har yili 1 noyabrgacha tayyorlanadi hamda kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etiladi, ular o‘n ish kuni mobaynida ularni kelishadilar yoki qayta ishlash va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining mulohazalari va takliflari olingan sanadan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda kelishishga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasiga qaytaradilar.

Joriy yilning 15 dekabridan kechikmay binolar va inshootlar bo‘yicha ijara to‘lovi eng kam stavkalarining kelishilgan hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tasdiqlash uchun yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining va uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspektsiyalari balansida bo‘lgan madaniy meros ob’ektlarini ijara berilgan hollarda (tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga berish hollaridan tashqari), ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamiga tushadigan ijara to‘lovini hamda ijara to‘lovi kechiktirilgani uchun undirilgan penya, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari bir ish kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanadi:

- mablag‘larning 90 foizi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab-chiqarish bosh boshqarmasining byudjetdan tashqari shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkaziladi;

- 10 foizi tegishli ijaraga beruvchi tasarrufida qoladi.
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar





Download 52.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling