Moliya va buxgalteriya hisobi


-mavzu. Pul mablag‘lari hisobi va auditi


Download 383.59 Kb.
bet12/13
Sana11.11.2021
Hajmi383.59 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
10-mavzu. Pul mablag‘lari hisobi va auditi.

Pul mablag‘lari deganda o‘ta tez likvidlik harakteriga ega bo‘lgan, barcha munos abatlarda umumiy ekvivalent rolini o‘ynaydigan, davlat tomonidan qog‘ozli va metalli ko‘rinishda ma’lum qiymatlarda chiqariladigan maxsus Tovar


tushuniladi. Pulning jamiyatdagi o‘rni u tomonidan bajariladigan qiymat o‘lchovi, to‘lov vositasi, muomala vositasi va jamg‘arish vositasi kabi funsiyalarida yorqin namoyon bo‘ladi.

Buxgalteriya hisobida pul mablag‘larini asosan ikkita belgisiga qarab, ya’ni


ko‘rinishi va turgan joyiga qarab, guruhlash va aks ettirish keng qo‘llaniladi.
Ko‘rinishiga ko‘ra pul mablag‘lari ikkiga bo‘linadi:

Milliy valyutadagi pul mablag‘lari – bu davlat tomonidan metal va qog‘ozlarda


qiymati ifodalangan, muomala, ayirboshlash, baholashda umumiy ekvilent rolini bajararuvchi maxsus bank belgilari. Pul belgilari bo‘lib bizning mamalakatimizda so‘m va tiyinlar hisoblanadi.

Chet el mamlakatlari pul mablag‘lari – bu o‘zga davlatlarning metal va


qog‘ozlarda qiymati ifodalangan, muomala, ayirboshlash, baholashda umumiy ekvivalent rolini bajararuvchi maxsus bank belgilari. Ularga AQSH dollari, Angliya funt sterlingi, YEVRO va boshqalar mamlakatlarning milliy valyutalari kiradi. Chet elmamlakatlari valyutalaridan o‘zaro hisob-kitoblarda foydalanish davlatlararo kelishuvlarga asosan amalga oshiriladi.

Turgan joyiga qarab pul mablag‘lari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

Kassadagi pul mablag‘lari – bu korxonaning kunlik ehtiyojlari uchun zarur
bo‘lgan, turli maqsadlar va manbalardan kelib tushgan, belgilangan muddatlar va miqdorlargacha saqlanadigan kassadagi pul mablag‘lari. Kassada saqlanishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining eng kichik miqdori kassa limiti deb ataladi va u korxona tomonidan aniqlanib, xizmat qiluvchi bank bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatiladi.

Yo‘ldagi pul mablag‘lari – bu korxona kassasidan bankga turli yo‘llar blan topshirilgan, masalan inkassatorlar orqali, aloqa bo‘limi orqali, bankning kechki kassalari orqali, lekinda oyning oxirida hali hisob-kitob schyotiga kirim qilinganligi bank ko‘chirmasi bilan tasdiqlanmagan pul mablag‘lari. Pul mablag‘lari hisob-kitob schyotiga kirim qilingan kundan boshlab ular yo‘ldagi pul mablag‘lari guruhidan chiqariladi.

Bankdagi pul mablag‘lari – bu korxonaning xizmat qiluvchi banklarda ochilgan depozit schyotlarida saqlanayotgan pul mablag‘lari. Korxona bitta asosiy, hohlagancha maxsus depozit schyotlarni xizmat qiluvchi banklarda ochishi va ularda o‘z pul mablag‘larini saqlashi mumkin. Chet el valyutasi bilan muomalarga ega bo‘lgan korxonalar xizmat qiluvchi banklarda bitta asosiy va hohlagancha maxsus valyuta schyotlarini, masalan, konvertatsiya uchun, konsignatsion tovarlar uchun va boshqa maqsadlar uchun, ochishlari mumkin.

Pul mablag‘larini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning asosiy maqsadi: kassadagi milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul mablag‘lari, bankdagi hisob-kitob schyoti, valyuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag‘lari» bo‘limi bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag‘larini hisobga olish uslubiyotining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa shakllantirish, ular saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, samaradorligi hamda qonuniyligini ta’minlash, shuningdek hisobga olishni takomillashtirishdan iborat.

Auditor to‘g‘ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bo‘lgan qoldiqni ko‘rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish haqi to‘liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo‘lsa, auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga qo‘shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to‘g‘ri kelib, ko‘p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo‘lsa, bunday vedomostlar kassir hisobotiga qo‘shilmasdan, dalolatnomada kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman to‘langan chiqim hujjatlari (to‘lov vedomostlari) sifatida yozib qo‘yilishi mumkin. Bu holda har bir to‘lov vedomostida qaysi tartib raqami bo‘yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko‘rsatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.

Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), YoMM talonlari, qat’iy hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo‘llanmalari, aviachiptalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada ko‘rsatiladi.

Auditor kassadagi pul mablag‘larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar (o‘tda yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o‘rnatilganligi va uning ishlashi, kassani qo‘riqlashning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to‘landi» degan shtamplar bilan ta’minlanganligi ham tekshiriladi.

Butun tekshirilayotgan davrga tegishli barcha kassa hujjatlari yoppasiga tekshirilishi shart.

Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to‘liq va o‘z vaqtida kirim qilinganligini tekshirishda muomalalarni o‘zaro taqqoslash usulini qo‘llaydi. Bunda № 1-jurnal orderining vedomost tomonida 5010–«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» schyotining debeti bo‘yicha aks ettirilgan summalarni №2-jurnal orderda aks ettirilgan. 5110–«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to‘g‘ri kelishi shart.

To‘g‘ri kelmaslik hollari uchraganda summalar kassa kirim orderlari, bank ko‘chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar koreshoklari bilan solishtiriladi, zarur hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi.

Agar bank ko‘chirmalarida o‘chirilgan, to‘g‘rilangan, shuningdek, qoldiqlar to‘g‘ri kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko‘chirmani olish zarur.


Download 383.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling