Moliya va buxgalteriya hisobi


-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi subʼektlarda auditorlik tekshiruvini tashkil etish. Tashqi va ichki audit


Download 383.59 Kb.
bet4/13
Sana11.11.2021
Hajmi383.59 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi subʼektlarda auditorlik tekshiruvini tashkil etish. Tashqi va ichki audit.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asosan tashkil etiladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilyotgan keng o‘zgarishlar auditorlik faoliyatini ham chetlab o‘tgani yo‘q. Yaqin paytga qadar amalda bo‘lgan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 2000 yilda qabul qilingan. So‘nggi 20 yil ichida bu bozorda katta o‘zgarishlar ro‘y bergani va qator islohotlar amalga oshirilgani tufayli u bugungi kun talabiga to‘liq javob bermasligi ayon bo‘lib qolgan edi.

Zamonaviy talablar va xalqaro amaliyot printsiplariga asoslangan auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish, qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish maqsadida 2021-yil 25-fevralda yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi4.

Qonun auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish, uni litsenziyalanadigan turlar tarkibidan chiqarish, maxsus vakolatli davlat organi sifatida Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (Auditorlar palatasi hamda Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi) bilan birgalikda, moliya-xo‘jalik sohasiga aralashmagan holda, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish, majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirishni nazarda tutadi. Ayni kezda unda auditorlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, jahonning ilg‘or tajribalarini tatbiq qilish, tartibga soladigan qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga yo‘naltirilgan auditorlar professional faoliyatining axloq qoidalarini joriy etish kabi muhim masalalar ham qamrab olingan.

Qonunda auditorlik faoliyati boradasigi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Auditor va uning yordamchisi, auditorlarni sertifikatlash tizimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan normalar asosida batafsil ifodasini topgan. Unga ko‘ra, auditor faqat bitta auditorlik tashkilotida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatishi hamda o‘zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin. Shuningdek, auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganligi sababli Auditorlik tashkilotlari reestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor uch yil mobaynida boshqa auditorlik tashkiloti rahbari bo‘lishi mumkin emasligi qat'iy belgilab qo‘yilgan.

Belgilanishicha, auditorlik faoliyati audit, sifat nazorati, tahliliy tekshiruvlar, ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlar, turdosh хizmatlarning хalqaro standartlari asosida amalga oshiriladi. Standartlar Xalqaro buхgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning хalqaro standartlari boʻyicha kengashi tomonidan e’lon qilinadi5.

Audit xillari bo‘yicha ichki va tashqi auditga ajratiladi.

Ichki audit boshqaruv nazoratining ajralmas va muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Yirik korxonalarda rahbariyatning yuqori bo‘g‘ini tashkilot faoliyati va quyi rahbariyat tizimi yuzasidan kundalik nazorat bilan shug‘ullanmasligi oqibatida ichki auditga ehtiyoj vujudga keladi. Ichki audit aynan ushbu faoliyat to‘g‘risida ma’Iumot beradi va menedjerlar hisobotlarining ishonchliligini tasdiqlaydi. Ichki auditning kerakliligi, asosan, zahiralar kamomadini oldini olish va korxona ichida kerakli bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirishdan kelib chiqadi.

Yirik korxonalarda ichki auditorlarning ma’lum vazifalarini bosh buxgalter yoki moliyaviy direktorga bo‘ysungan buxgalteriya qoshidagi taftish guruhlari bajaradilar, lekin ichki auditorlarning vazifa doiralari kengroq va quyidagilardan iborat:

5-chizma. Ichki auditorlarning vazifalari6

Ichki audit maqsadlarining barcha mualliflar tomonidan ajratiladigan o‘ziga xos xususiyatlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

6-chizma. Ichki auditning maqsadlari7

Tashqi audit korxonalar buyurtmalari (shartnomalar)ga asosan mustaqil auditorlar, auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, tashqi auditning xususiyatlaridan biri tekshiruvni amalga oshirayotgan auditorlar tekshiruv olib borilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda hech qanday manfaatga ega emasligidir, ya’ni: ta’sischi, mulk egasi, aksiyador, tekshirilayotgan iqtisodiy subyektning buxgalteriya (molivaviy) hisobotiga qo‘yiladigan talablariga rioya qilinishi uchun mas’ul rahbar va boshqa mansabdor shaxstar em u Katnda korxona rahbariyati bilan qarimdosh (otasi, onasi, rafiqasi, akasi, ukasi, upasi, singlisi, o‘g!i, qizi) va ular bilan xizmat yuzasidan aloqador emas.

Tashqi auditni o‘tkazishdan maqsad tekshirilayotgan iqtisodiy subyektning moliyaviy-xo‘jalik holatini aniqlash va yillik moliyaviy hisobotini tasdiqlashdir. Shuningdek, tashqi audit shartnomaga asosan buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yilgan!igini yaxshilash, moliya samaradorligini oshirish, soliqqa tortish bazasi yuzasidan, tekshirilayotgan subyekt va uning segmentlari faoliyatini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha bir qator tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin.

Auditorlar yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan tashqi audit natijalari tekshirilgan korxonaning hisobi, ichki nazorati holatlari, yillik hisoboti ishonchiiligi to‘g‘risida xulosa tuzish va taqdim etish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.

Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar mustaqillik, xolislik va halollikdan, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligidan iboratdir8.



Download 383.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling