Moliya va buxgalteriya hisobi


-mavzu. Nomoddiy aktivlar hisobi va auditi


Download 383.59 Kb.
bet9/13
Sana11.11.2021
Hajmi383.59 Kb.
#443241
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
hisobot br-75
Kurs ishi Fonetika, Мирзаев Ш Истеъмолчи танлови(1), Мирзаев Ш Истеъмолчи танлови(1), Fizik kim shippi, 1-мавзу, 1. Amaliy mashg, 5. Qishloq xo‘jaligi masalalarida regressiya tenglamasini tuzish., Холида Опа Богча, 2-sinf Tarbiya, Аттестация ҳужжатлари, Аттестация ҳужжатлари, Хакимжонова Адиба режа, Хакимжонова Адиба режа, jegalkin kophadi, ruza. MULOHAZA
7-mavzu. Nomoddiy aktivlar hisobi va auditi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida nomoddiy aktivlarning tobora salmoqli ahamiyat kasb etib borayotganligini hisobga olgan holda, ularning hisobi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi va ulardan samarali foydalanilayotganligini auditorlik tekshiruvlaridan muntazam ravishda o‘tkazib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Nomoddiy aktivlar auditi ham ularning hisobi kabi yetarli darajada shakl topmagan tadqiqot obyektlari jum lasiga kiradi.

Audit bunga vakolatli bo‘lgan shaxslar - auditorlar tomonidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotining ishonchliligi hamda moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ekanligini aniqlash maqsadida mustaqil ekspertiza va tahlil qilish, buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini, ularning to‘liqligi va aniqligini tekshirish demakdir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, nomoddiy aktivlar auditining maqsadi - O‘zbekiston Respublikasidagi qonunchilik asosida nomoddiy aktivlarning holati, harakati, baholanishiga obyektiv baho berishdan iborat. Bunda nomoddiy aktivlar hisobining ishonchliligini hamda amalga oshirilgan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Nomoddiy aktivlarni tekshirishning asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir:

• aktivlarning nomoddiy aktivlarga to‘g ‘ri olib borilganligi;

• nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘lgan ixtirolar bo‘yicha patentlar, sanoat namunalari, tovar belgilari, kompyuterlar uchun dasturlar va boshqa huquqlar, ishchanlik obro‘si tegishli hujjatlarda rasmiylashtirilishi;

• nomoddiy aktivlar kelib tushishi va hisobdan chiqarilishi bo‘yicha operatsiyalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish va hisobda aks ettirish;

• nomoddiy aktivlar boshlang‘ich qiymatini to‘g ‘ri baholash;

• nomoddiy aktivlarning foydalanish muddatini va amortizatsiva ajratmalarini hisoblashni to‘g ‘ri aniqlash;

• nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va uni hisobda aks ettirishni tanlangan usulini hisob siyosatida belgilanishi;

• nomoddiy aktivlarning ayrim obyektlari bo‘yicha analitik hisobini tashkil etilishi;

• nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi, hisobotda ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri ochib berilishi»10.

Nomoddiy aktivlarni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlar qo‘yidagilardan iborat:

• nomoddiy aktivlar bo‘yicha operatsiyalar to‘g‘risida ma'lumot manbalari quyidagilardan iborat: nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha sotib olish-sotish (yaratish) shartnomalari, mualliflik shartnomalari, nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnomalar, litsenziyalar, nomoddiy aktivlar obyekti Ustav kapitaliga kiritilganligi va ular narxlari bo‘yicha kelishilganligi to‘g‘risida bayonnomalar, nomoddiy aktivlarni hisobga olish bo‘yicha inventar varaqalari. inventar daftarlari, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, ta’sischilar majlisining bayonnomalari, amortizatsiya ajratmalarini hisoblash bo‘yicha jadvallar, 0410-0490, 0510-0590, 9220, 6010, 4890-sonli va boshqa schetlar bo‘yicha hisob registrlari (jurnal-orderlar, qaydnomalar, mashinogrammalar va boshqalar), Bosh kitob va boshqalar;

• nomoddiy aktivlar hisobi bo‘yicha sintetik va tahliliy hisob registrlari;

• buxgalteriya hisoboti.

Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktiv qismidagi I- Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida «Nomoddiy aktivlar» deb nomlanadigan modda bo‘yicha boshlang‘ich (tiklash) qiymati (020-satr), jamg‘arilgan amortizatsiyasi (021-satr), qoldiq qiymat (022-satr) aks ettiriladi. Moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida quyidagi axborotlarning mohiyati yoritilishi lozim:

• nomoddiy aktivlar foydali xizmat muddatlari to‘g‘risidagi (ayrim guruhlari bo‘yicha);

• qiymati qoplanmaydigan (eskirish hisoblanmaydigan) nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi;

• amortizatsiya ajratmalari hisoblash usullari to‘g‘risidagi. Amalda nomoddiy aktivlarga doir muomalalar kamdan-kam sodir bo‘lganligi sababli, mulklarni nomoddiy aktivlar qatoriga olib borishning to‘g‘riligini yoppasiga tekshirish maqsadga muvofiq.




Download 383.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling