Moliya va kredit


I. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha


Download 0.84 Mb.
bet6/12
Sana15.04.2020
Hajmi0.84 Mb.
#99435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Moliya va kredit


I. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha

1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 8-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining bazaviy stavkasi 2015 darajasida – 7,5 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

Tijorat banklari uchun soliq stavkasi ham 2015 yil darajasida – 15 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

2016 yilning 1 yanvaridan boshlab mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda solig’i bo’yicha soliq stavkalari quyidagicha belgilandi:

rentabellik darajasi 20 foizgacha - 7,5 foiz miqdorida;

rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo’lgan foyda summasiga - 50 foiz miqdorida.

Rentabellik foyda solig’ini to’lagunga qadar foyda summasining sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Bunda,eksport ulushi bo’yicha pasaytiriladigan stavkalar rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo’lgan foyda summasi bo’yicha qo’llaniladigan 50 foizlik stavkaga nisbatan qo’llanilmaydi.

2. Eksport qiluvchi korxonalar uchun o’zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish joyidan qathi nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi ulushiga bog’liq holda foyda solig’i stavkasini ‘asaytirish tartibi saqlanib qolindi, bundan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatda keltirilgan xom ashyo mahsulotlari mustasno.

3. Auktsionlar o’tkazishdan, gastrolg’-kontsert faoliyati bilan shug’ullanishga litsenziyasi bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar uchun foyda solig’i stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 2015 yil darajasida 35 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

4. O’zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to’lanadigan daromadlarga soliq stavkasi 10 foiz miqdorida saqlanib qolingan.



II. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkalari dasoliq solinadigan daromadning ikkinchi shkalasi 1 foizli ‘unktga kamaytirilib, qolgan stavkalar 2015 yil darajasida saqlanib qolindi.



III. Yagona soliq to’lovi bo’yicha

1. Yagona soliq to’lovining stavkalari mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 10-1-ilovasiga muvofiq, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun 10-2-ilovasiga muvofiq hamda ayrim toifadagi korxonalar uchun 10-3-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

2016 yil 1 yanvardan boshlab iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi mikrofirma va kichik korxonalar(bundan 10-1-ilovaning 2-7-bandlarida nazarda tutilganlar mustasno) uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 5 foiz miqdorida belgilandi.

2. Bojxona rasmiylashtiruvi bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 2015 yildagi soliq stavkasiga nisbatan 1 foizli ‘unktga ‘asaytirilib,2016 yil 1 yanvardan boshlab 5 foiz qilib belgilandi.

3. Eks’ort qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi bo’yicha 2015 yilda amal qilgan, realizatsiyaning umumiy hajmida o’zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlarning, (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish joyidan qathi nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi eks’orti ulushiga bog’liq holda soliq solishning regressiv shkalasi saqlanib qolindi, bundan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatdagi xom ashyo tovarlari mustasno. Eks’ort ulushi:

– sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo’lganda, belgilangan stavka 30 foizga ‘asaytiriladi;

– sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko’’ bo’lganda, belgilangan stavka 50 foizga ‘asaytiriladi.

4. Gastrolg’-kontsert faoliyati bilan shug’ullanishga litsenziyasi bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yo’li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromad oluvchi mikrofirma va kichik korxonalar, shuningdek lombardlar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 2015 yil darajasida 30 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

5. Quyidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun:

tayyorlov tashkilotlari, brokerlik idoralari (qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar bundan mustasno) hisoblanadigan, shuningdek vositachilik, to’shiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlarini ko’rsatishga doir boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida;

qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 13 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

Bunda, ushbu bandda ko’rsatilgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun soliq solinadigan baza haq summasi (yal’i daromad) ko’rinishida aniqlanadi.

6. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini realizatsiya qilish uchun turg’un savdo shoxobchalarini ijaraga berishga ixtisoslashgan (ijaraga berishdan olinadigan daromad 60 foizdan yuqori bo’lgan) korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 2015 yilgi darajada soliq solinadigan bazaga nisbatan 30 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

7. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 10 foiz, umumtahlim maktablari, maktab-internatlar, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari uchun esa – soliq solinadigan bazaga nisbatan 8 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

8. Quyidagi joylarda joylashgan chakana savdo korxonalari uchun (bundan ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug’ullanuvchi korxonalar hamda ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari mustasno):

aholi soni 100 ming va undan ko’’ kishidan iborat shaharlarda – yagona soliq to’lovi stavkasi 4 foiz miqdorida;

boshqa aholi ‘unktlarida – yagona soliq to’lovi stavkasi 2 foiz miqdorida;

borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda – yagona soliq to’lovi stavkasi 1 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

9. Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdo bilan shug’ullanuvchi korxonalar uchun (bundan dorixona tashkilotlari mustasno) yagona soliq to’lovi stavkasi 2015 yil darajasida 5 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

10. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab faoliyatni yuritish joyidan qathi nazar benzin, dizelg’ yoqilg’isi va suyultirilgan gaz, shuningdek alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotuvchi chakana savdo korxonalari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi unifikatsiya qilinib, tovar oborotiga nisbatan 4% miqdorida belgilandi.

11. Ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi dorixona tashkilotlari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi joylashgan joyiga qarab quyidagicha belgilandi:

aholisi soni 100 ming va undan ko’’ kishidan iborat shaharlarda – 3 foiz miqdorida;

boshqa aholi ‘unktlarida – 2 foiz miqdorida;

borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda – 1 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

12. Aholi ‘unktlarini borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlari tarkibiga kiritish “Aholi ‘unktlarini borish qiyin bo’lgan va tog’li hududlar tarkibiga kiritish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnomaga (Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 11 noyabrda 1868-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan) muvofiq amalga oshiriladi.

13. CHakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va turli aholi ‘unktlarida joylashgan, ular bo’yicha yagona soliq to’lovining turli stavkalari belgilangan bir nechta savdo shoxobchalariga ega bo’lsa, ular tomonidan har bir savdo shoxobchasi bo’yicha tovar aylanmasining alohida-alohida hisobini yuritish hamda mazkur aholi ‘unktlari uchun belgilangan stavkalar bo’yicha yagona soliq to’lovini to’lash tartibi saqlanib qolindi.

14. Yagona soliq to’lovi to’lovchilari uchun (chakana savdo korxonalari bundan mustasno) yagona soliq to’lovining eng kam miqdorini hisoblashda yagona baza etib, ular egallab turgan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan yer solig’ining uch karra miqdoridagi summani belgilash tartibi saqlanib qolindi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

SHuningdek, chakana savdo korxonalari uchun aynan shu turdagi faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan qathiy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib yagona soliq to’lovining eng kam miqdorini hisoblash tartibi saqlanib qolindi.

15. Lotereyalar tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar (mazkur faoliyat turi doirasida) uchun yagona soliq to’lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 33 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

IV. Qathiy belgilangan soliq bo’yicha

1. Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qathiy belgilangan soliq stavkalari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qathiy belgilangan soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 11 va 12-ilovalariga muvofiq tasdiqlandi.

2. Avtotrans’ort vositalarini vaqtincha saqlash joyi bo’yicha qathiy belgilangan soliq stavkasi:

Toshkent shahri uchun – 1 kv.metr uchun oyiga EKIHning 0,1 baravari miqdorida;

Nukus shahri va viloyat bo’ysunuvidagi shaharlarda – 1 kv.metr uchun oyiga EKIHning 0,06 baravari miqdorida;

boshqa aholi ‘unktlari uchun – 1 kv.metr uchun oyiga EKIHning


0,04 baravari miqdorida saqlanib qolindi.

SHuningdek, yuridik va jismoniy shaxslardan bolalar o’yin avtomatlari bo’yicha qathiy belgilangan soliq stavkasi:

Toshkent shahri uchun – jihozlangan o’rinlar soni (birlikda)dan kelib chiqib, oyiga EKIHning 3,0 baravari miqdorida;

Nukus shahri va viloyat bo’ysunuvidagi shaharlar uchun – jihozlangan o’rinlar soni (birlikda)dan kelib chiqib, oyiga EKIHning 2,0 baravari miqdorida;

boshqa aholi ‘unktlari uchun – jihozlangan o’rinlar soni (birlikda)dan kelib chiqib, oyiga EKIHning 1,0 baravari miqdorida saqlanib qolindi.

3. Yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qathiy belgilangan soliq stavkalari 2015 yil darajasida saqlanib qolindi.

4. Qathiy belgilangan soliq to’lovchilarning barcha toifalari uchun qathiy belgilangan soliq stavkasi yil boshiga – 2016 yil 1 yanvarg’ holatiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan (130 240 so’m) kelib chiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori o’zgargan taqdirda ham qayta ko’rib chiqilmaydi.

V. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha

Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20 foiz miqdorida saqlanib qolindi.



VI. Aktsiz solig’i bo’yicha

1. O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan hamda O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan aktsiz solig’iga tortiladigan tovarlarga aktsiz solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 13-1 va 13-2-ilovalariga muvofiq tasdiqlandi.



VII. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha

1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 14-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

2. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari (2 - 4-bandlarda ko’rsatilganlaridan tashqari), dehqon xo’jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 71,2 so’m va yer osti suv manbalari uchun 90,4 so’m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lashlari belgilandi.

Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda foydalangan suv hajmlarining 1 kub. metri uchun 11 500 so’m miqdorida hamda boshqa maqsadlar uchun 1 kub. metr yer usti suv manbalari uchun 71,2 so’m va yer osti suv manbalari uchun 90,4 so’m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lashlari belgilandi. Bunda mazkur korxonalar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni soliq solish tartibidan (umumbelgilangan yoki soddalashtirilgan soliq solish tartibi) qathi nazar to’laydilar.



VIII. Yer qahridan foydalanuvchilar uchun soliq va maxsus to’lovlar

a) yer qahridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha.

Er qahridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 15-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

Er qahridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2015 yilda (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 15-ilovasida keltirilgan noruda qurilish materiallaridan tashqari) amal qilgan stavkalar darajasida saqlanib qolindi.

Bunda,2016 yil 1 yanvardan boshlab noruda qurilish materiallariga (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 15-ilovasida keltirilgan) yer qahridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari birxillashtirilib,soliq solinadigan bazaga nisbatan yagona 5 foiz stavka belgilandi.



b) bonuslar bo’yicha.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 16-1-ilovasiga asosan imzoli bonus stavkalari, 16-2-ilovasiga muvofiqesa tijoratbo’ to’ilma bonusi stavkalari tasdiqlangan.

2016 yil uchun:

– foydali qazilmalarni razvedka qilish va qidirish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun eng kam ish haqining 100 dan 10 000 baravarigacha miqdorda belgilangan imzoli bonusning eng kam stavkasi;

– tijoratbo’ to’ilma bonusi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 0,1 foiz miqdorida saqlanib qolindi.

v) qo’shimcha foyda solig’i bo’yicha.

qo’shimcha foyda solig’i stavkasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 17-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

Bunda, 2016 yil 1 yanvardan boshlab ‘olietilen granula va klinker (muqobil yoqilg’i – ko’mir asosida ishlab chiqarilgan klinkerdan tashqari) mahsulotlari soliq solinadigan bazasining miqdori indeksatsiya qilindi.

IX. Mol-mulk solig’i bo’yicha

1. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 18-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan.

Mol-mulk solig’ining bazaviy stavkasi 2015 yildagi 4 foizli stavka o’rniga 2016 yilda 5 foiz miqdorida belgilandi.

Belgilangan (mehyoriy) muddatlarda o’rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig’i ikki baravar stavkada to’lanadi.

2. 2016 yil 1 yanvardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha modernizatsiya qilingan aero’ortlar va “Maxsus aviatsiya ishlari” aviakom’aniyasi uchun 5 yil muddatga mol-mulk solig’ini o’rnatilgan stavkalarga 0,4 miqdorida ‘asaytiruvchi koeffitsientni qo’llab to’lash tartibi joriy etildi.

3. Eks’ort qiluvchi korxonalar uchun mol-mulk solig’i bo’yicha 2015 yilda amal qilgan, realizatsiyaning umumiy hajmida o’zi ishlab chiqargan tovarlar, ishlar, xizmatlarning (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish joyidan qathi nazar) erkin almashtiriladigan valyutadagi eks’orti ulushiga bog’liq holda soliq solishning regressiv shkalasi saqlanib qolindi, bundan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatdagi xom ashyo tovarlari mustasno. Eks’ort ulushi:

– sotishning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo’lganda, belgilangan stavka 30 foizga ‘asaytiriladi;

– sotishning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko’’ bo’lganda, belgilangan stavka 50 foizga ‘asaytiriladi.

Bunda, belgilangan (mehyoriy) muddatlarda tugallanmagan qurilish va ishga tushirilmagan uskunalar qiymatiga nisbatan ‘asaytirilgan stavkalar qo’llanilmaydi.

4. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 19-ilovasiga muvofiq, mol-mulklarning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,5 foiz (2015 yil 1,3 foiz) miqdorida belgilandi.

2016 yilda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha alohida stavkalar shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan 500 kv.metrgacha bo’lgan turar joy va kvartiralarga 1,6 foizdan 1,8 foizga, maydoni 500 kv.metrdan ortiq bo’lgan turar joy va kvartiralar uchun esa 2,2 dan 2,5 foizga oshirildi.

2016 yil 1 yanvardan boshlab:

boshqa aholi ‘unktlarida joylashgan umumiy maydoni 200 kv.metrdan ortiq bo’lgan turar joy va kvartiralar uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari mol-mulklarning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan–1,8 foiz miqdorida belgilandi;

jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni kadastr hujjatlaridagi inventarizatsiya qiymatidan kelib chiqib, biroq 3 000 000 so’mdan kam bo’lmagan miqdordan kelib chiqib hisoblanadi;

jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo’yicha organlar belgilagan inventarizatsiya qiymati bo’lmasa, soliq undirish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20 328,0 ming so’m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 8 833,0 ming so’m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati saqlanib qolindi.

Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlarda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilmagan yangi qurilgan turar joylar bo’yicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning shartli qiymatining ikki baravaridan kelib chiqqan holda undiriladi.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig’i bo’yicha imtiyozlarni qo’llash maqsadida soliq solinmaydigan maydon umumiy maydonning 60 kv.m hajmida belgilanadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan soliq solinadigan obhektlardan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda yoxud ularni yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan turar uy-joy fondi obhektlari noturar joy fondi toifasiga o’tkazilganda yoki ular tomonidan noturar joy fondi obhektlari (binolar, binodagi xonalar) mulk sifatida xarid qilinganda, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi.



X. Yer solig’i bo’yicha

1. Yer solig’i stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 20-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 20-ilovasi 7 va 8-jadvallarida keltirilgan stavkalarga yer uchastkalari joylashgan joyidan kelib chiqib, quyidagi koeffitsientlar qo’llaniladi: Toshkent shahri atrofida 20 km radiusda
– 1,30, Qoraqal’og’iston Respublikasi ‘oytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km radiusda – 1,20, tuman markazlari atrofida 10 km radiusda – 1,15 va boshqa shaharlar atrofida 5 km radiusda – 1,10.

Er uchastkalarigacha bo’lgan masofa avtomobilg’ yo’llari bo’yicha shaharlar va tuman markazlarining mahmuriy chegaralaridan boshlab belgilanadi. Agar yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan bo’lsa, shaharning yuqoriroq funktsional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsient qo’llaniladi.

Jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun berilgan yer uchastkalaridan soliq yuridik shaxslar uchun tasdiqlangan stavkalar bo’yicha undiriladi.

2. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblashda belgilangan normativ doirasidagi yer uchastkalari uchun 5 va 6-jadvallarda keltirilgan bazaviy stavkalari bo’yicha, belgilangan normativlardan yuqori yer uchastkalariga esa bazaviy stavkalarga 1,5 ko’’aytiruvchi koeffitsient qo’llaniladi.

Bunda, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini hisoblash maqsadida yer uchastkalarining qo’yidagi normativlari belgilandi:

Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar bo’ysunuvidagi shaharlar bo’yicha – 0,06 ga;

boshqa aholi ‘unktlari bo’yicha (dehqon xo’jaliklaridan tashqari) – 0,1 ga.
XI. Yagona yer solig’i bo’yicha

Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’i stavkasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 21-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

Yagona yer solig’i stavkasi 2015 yildagi 6 foizli stavka o’rniga 2016 yil 1 yanvardan qishloq xo’jaligi yerlarining qayta hisoblangan normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilandi.

Bunda, har bir xo’jalik bo’yicha qishloq xo’jaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining O’zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti “O’zdaverloyiha” tomonidan amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi “Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi 235-sonli qarorining 5-bandiga asosan, tasdiqlangan Nizomga muvofiq aniqlangan qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig’ini hisoblab chiqarish 2016 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

Bunda,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi 235-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to’g’risida”gi Nizomning 7-bandiga asosan, normativ qiymatni aniqlash davri har yili o’tkaziladi.



XII. Mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 22-ilovasiga muvofiq, 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab mahalliy soliqlar va yig’imlarning eng yuqori stavkalari quyidagicha belgilandi:

1. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i sof foydaning 8 foizi miqdorida saqlanib qolindi.

2. Trans’ort vositalariga benzin, dizelg’ yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari quyidagicha belgilandi:

- benzin yoqilg’isi – 1 litr uchun 335 so’m / 1 tonnaga 445 000 so’m;

- dizelg’ yoqilg’isi – 1 litr uchun 335 so’m / 1 tonnaga 407 025 so’m;

- suyultirilgan gaz – 1 litr uchun 230 so’m;

- siqilgan gaz – 1 kub metr uchun 275 so’m.

Bunda, avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali benzin va dizelg’ yoqilg’isini realizatsiya qilishda trans’ort vositalariga benzin, dizelg’ yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq 1 litr hisobida, boshqa hollarda esa 1 tonna hisobida hisoblab chiqariladi.

3. Daval xom ashyosidan ishlab chiqarilgan benzin va dizelg’ yoqilg’isi bo’yicha trans’ort vositalariga benzin, dizelg’ yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi miqdori trans’ort vositalariga benzin, dizelg’ yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisobga olgan holda benzin va dizelg’ yoqilg’isining chakana qiymati doirasida shakllanadi. Vositachilik shartnomalari bo’yicha im’ort qilingan xomashyodan xomashyoegasiga qaytarib berish sharti asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizelg’ yoqilg’isi hajmi bo’yicha trans’ort vositalariga benzin, dizelg’ yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to’lovchilar hamda hisoblab chiqarish va to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi.

Vositachilik shartnomasi bo’yicha im’ort qilingan xomashyosidan xom ashyo egasiga qaytarib berish sharti asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizelg’ yoqilg’isining trans’ort vositalariga benzin, dizelg’ yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblash va to’lash tartibi Adliya vazirligida ro’yxatga olingandan so’ng soliq to’lovchilarga belgilangan tartibda yetkaziladi.

4. Ayrim turdagi tovarlar (alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar) bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig’im stavkalari saqlanib qolindi.

5. Avtotrans’ort vositalarini vaqtincha saqlash bo’yicha ‘ulli xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im 2015 yilda belgilangan miqdorda saqlanib qolindi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling