Moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibini takomillashtirish


Download 52.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.12.2020
Hajmi52.17 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI


XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING XARAJATLARINI HISOBGA OLISH VA

MOLIYAVIY NATIJALARINI SHAKLLANTIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH

TO‘G‘RISIDA

Daromad  (foyda)  solig‘ini  hisoblab  chiqishda  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarga  soliq

yuklamasini  kamaytirish,  soliq  solinadigan  bazani  yanada  real  aniqlash  va  ularning

xarajatlarini  hisobga  olish  hamda  moliyaviy  natijalarini  shakllantirish  metodologiyasini

takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilarga:

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999-yil  5-fevraldagi  54-son  qarori

(O‘zbekiston  Respublikasi  QT,  1999-y.,  2-son,  9-modda,  2003-y.,  6-son,  44,  45-moddalar)  bilan

tasdiqlangan  “Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi

hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Me’yorlanadigan  ayrim  xarajatlar

normativlarini  tasdiqlash  to‘g‘risida”  1999-yil  9-apreldagi  166-son  qaroriga, 2-ilovaga muvofiq

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Mahsulot

(ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi  hamda  moliyaviy

natijalarni  shakllantirish  tartibi  to‘g‘risida  nizom”,  shuningdek  unga  sharhlar  mazkur

qarorning 1-bandi bilan kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hisobga olingan holda e’lon

qilinishini ta’minlasin.

3.  Vazirliklar  va  idoralar  bir  oy  muddatda  o‘z  normativ  hujjatlarini  mazkur  qarorga

muvofiqlashtirsinlar.

4.  Mazkur  qarorning  bajarilishini  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh

vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2003-yil 15-oktabr,

444-son


Vazirlar Mahkamasining

2003-yil 15-oktabrdagi 

444-son qaroriga 

1-ILOVA


“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda

moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga kiritilayotgan

O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR

I. Nizomda:

1. “Umumiy qoidalar” bo‘limida:

a)  oxirgi  xatboshi  “vazirliklar  va  idoralar”  so‘zlaridan  keyin  “xo‘jalik  birlashmalari

(korporatsiyalar,  konsernlar,  uyushmalar,  kompaniyalari  va  boshqalar)”  so‘zlari  bilan

to‘ldirilsin;

2. “B” bo‘limda:

a) 1.1.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“1.1.2.  Normal  texnologiya  jarayonini  ta’minlash  va  mahsulotlarni  o‘rash  uchun

mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  yoki  boshqa  ishlab  chiqarish  ehtiyojlariga  sarflanadigan  (asbob-

uskunalar,  binolar,  inshootlar  va  boshqa  asosiy  vositalar  sinovini  o‘tkazish,  nazorat  qilish,



saqlash,  tuzatish  va  ulardan  foydalanish)  uchun  ishlab  chiqarish  jarayonida  foydalaniladigan

xarid  qilinadigan  materiallar,  shuningdek  asbob-uskunalarni  tuzatish  uchun  ehtiyot  qismlar,

inventarlarning,  xo‘jalik  buyumlarining  va  asosiy  vositalarga  kirmaydigan  boshqa  mehnat

vositalarining qiymati”;

b) 1.1.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“1.1.5.  Tabiiy  xomashyo  (er  rekultivatsiyasiga  ajratmalar,  ixtisoslashtirilgan  yuridik

shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to‘lash), ildizi

bilan  beriladigan  daraxtga  haq  to‘lash,  korxonalar  tomonidan  suv  xo‘jaligi  tizimlaridan

beriladigan iste’mol qilinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun

–  yog‘och,  taxta  materiallaridan  yoki  foydali  qazilmalardan  (rudadan)  foydalanishga

huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari”;

v) 1.1.8-banddagi “tabiiy yo‘qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi”

so‘zlari chiqarib tashlansin;

g)  1.1.12-banddagi  “bojxona  bojlari  va  yig‘imlardan”  so‘zlaridan  keyin  “soliqlardan

(korxona  keyinchalik  qarz  surishish,  masalan,  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  tarzida  qaytarib

oladiganlardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;

d) 1.3.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“1.3.2.  Nodavlat  pensiya  jamg‘armalariga  va  ixtiyoriy  sug‘urtaning  boshqa  turlariga

ajratmalar”;

e) 1.4.2-banddagi “nomoddiy aktivlar” so‘zlaridan keyin “(Gudvill (firmaning narxi)dan

tashqari”) so‘zlari qo‘shilsin;

j) 1.5.2-banddagi “belgilangan normalar doirasida va ulardan ortiqcha” so‘zlari chiqarib

tashlansin;

z) 1.5.3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“1.5.3. Ishlab chiqarish xodimlarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy

sug‘urta qilish xarajatlari”;

i) quyidagi mazmundagi 1.5.11 va 1.5.12-kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:

“1.5.11. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan

bog‘liq  xarajatlar,  ishlab  chiqarish  maqsadida  bo‘lmagan  mol-mulk  yuzasidan  belgilangan

tartibda;

1.5.12.  Qazib  oluvchi  tarmoqlarda  tayyorgarlik  ishlari  bo‘yicha  xarajatlar,  agar  ular

kapital xarajatlarga tegishli bo‘lmasa (ya’ni asosiy vositalar sifatida kapitallashtirilmasa). Ushbu

xarajatlar  “Kelgusi  davrlar  xarajatlari”  sifatida  qaraladi  va  ularni  qaytarishning  belgilangan

muddati mobaynida teng ravishda ishlab chiqarish tannarxiga yoki qazib olingan mahsulotning

hajmi  va  miqdoriga  mutanosib  ravishda  hisobdan  chiqariladi.  Kelgusi  davrlar  xarajatlarini

hisobdan  chiqarishning  tanlangan  metodi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  hisobga  olish

siyosatida aks ettirilishi kerak”;

k) 2.1.2-banddagi “ishlari xarajatlari” so‘zlari “sotish bo‘yicha xarajatlar” so‘zlari bilan

almashtirilsin;

l) 2.1.2.9-bandda “norma doirasida va undan ortiqcha” so‘zlari chiqarib tashlansin;

m) 2.1.2.11-banddagi “majburiy” so‘zidan keyin “va ixtiyoriy” so‘zlari qo‘shilsin;

n)  2.1.3-banddagi  “belgilangan  normativlar  doirasida  va  undan  ortiqcha”  so‘zlari

chiqarib tashlansin;

o) 2.2.6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“2.2.6. Ijara, xizmatlar ko‘rsatilganligi, ma’lumotlar berilganligi uchun aloqa uzellariga

haq  to‘lash  (ATS,  uyali,  yo‘ldosh,  peyjing  aloqa,  radiochastotalar  ijarasi,  ajratilgan  kanallar,

ma’lumotlarni berishning simli va simsiz tarmoqlari, Internet)”;

p)  2.2.7-banddagi  “belgilangan  normativlar  doirasida  va  ulardan  ortiqcha”  so‘zlari

chiqarib tashlansin;

r) 2.2.11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“2.2.11.  Xodimlarni  va  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  mol-mulkni

majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari”;



s)  2.2.12  va  2.2.13-bandlardagi  “belgilangan  normalar  doirasida  va  undan  ortiqcha”

so‘zlari chiqarib tashlansin;

t)  2.2.15-banddagi  “shu  jumladan,  yo‘l  qo‘yiladigan  normalar  doirasida  va  ulardan

ortiqcha  ifloslantiruvchi  moddalarning  atrof  muhitga  chiqarilganligi  (tashlanganligi)  uchun

to‘lovlar” so‘zlari “tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun

kompensatsiya to‘lovlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

u) 2.3.1-banddagi “normalar doirasida va ulardan ortiqcha” so‘zlari chiqarib tashlansin;

f)  2.3.4-banddagi  “shu  jumladan,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  qatnashchilaridan

(mulkdorlardan) birining tashabbusi bo‘yicha o‘tkaziladigan” so‘zlari chiqarib tashlansin;

x)  2.3.10-bandda  “joylardagi  davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan  belgilangan

normativlar doirasidagi va ulardan ko‘proq” so‘zlari chiqarib tashlansin;

ts) 2.3.14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“2.3.14.  Amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladigan  va  xo‘jalik

yurituvchi  subyekt  xarajatlariga  kiritiladigan  budjetga  majburiy  to‘lovlar,  soliqlar,  yig‘imlar,

davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar, shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro

tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash”;

ch) 2.3.15.2-banddagi “tabiiy  yo‘qolish  normalari  doirasidagi  va  normalardan  ko‘proq”

so‘zlari chiqarib tashlansin;

sh) 2.3.15.11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“2.3.15.11.  Xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  asosiy  vositalari  va  boshqa  mol-mulki

(aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko‘rilgan zararlar”;

e) quyidagi mazmundagi 2.3.16., 2.3.17., 2.3.18., 2.3.19. 2.3.20-bandlar bilan to‘ldirilsin:

“2.3.16.  Xodimlarga  beriladigan  yoki  yordamchi  xo‘jaliklar  tomonidan  xo‘jalik

yurituvchi subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot

(ishlar, xizmatlar) bo‘yicha narx tafovutlari.

2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan

bog‘liq  xarajatlar,  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  mol-mulk  bo‘yicha,

belgilangan tartibda.

2.3.18.  Yangi  texnologiyalar  yaratish  va  qo‘llanilayotgan  texnologiyalarni

takomillashtirish,  shuningdek  ilmiy-tadqiqot,  tajriba-konstruktorlik  ishlari  olib  borish,

xomashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan

bog‘liq mahsulotlar sifatini oshirish xarajatlari.

2.3.19.  Ishlab  chiqarish  tusidagi  ixtirochilik,  ratsionalizatorlik,  tajriba-eksperiment

ishlari olib borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni

tayyorlash va sinash, ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik

va  ratsionalizatorlik  bo‘yicha  boshqa  tadbirlarni  tashkil  etish,  mualliflar  haqini  to‘lash

xarajatlari va boshqa xarajatlar.

2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari”;

yu) 2.3.15- “Boshqa xarajatlar” bandi 2.3.21- “Boshqa xarajatlar” bandi deb hisoblansin;

ya) 2.4.2., 2.4.6., 2.4.7-bandlari chiqarib tashlansin;

o‘) 3.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“3.1.  Banklar  va  boshqa  moliya-kredit  tashkilotlari  kreditlari  bo‘yicha  foizlar

(investitsiya  davrida  kapital  qo‘yilmalar  tarkibiga  kiruvchi  investitsiyalarga  olingan  bank  va

boshqa  moliya-kredit  tashkilotlari  kreditlari  bo‘yicha  foizlardan  tashqari),  shu  jumladan,

muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar”.

3. “V” bo‘limning 2.6-bandi quyidagi mazmundagi gap bilan to‘ldirilsin:

“Tovar-moddiy  boyliklarni  to‘liq  baholash  summasi  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)

sotilishiga ko‘ra soliq solinadigan daromadga kiritiladi)”.



Oldingi tahrirga qarang.

(II va III bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli

qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)

Vazirlar Mahkamasining

2003-yil 15-oktabrdagi

444-son qaroriga 

2-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Me’yorlanadigan ayrim xarajatlar

normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga kiritilayotgan

O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR

1. 2-bandda:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshidagi “0,3” raqami “0,5” raqami bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“reklama uchun 2,0 foiz miqdorida:

savdo, xarid va ta’minot-sotish korxonalari uchun – yalpi daromadning yillik hajmidan;

iqtisodiyotning  qolgan  tarmoqlari  korxonalari  uchun  –  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni

sotishdan tushumning yillik hajmidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shgan holda”.

2.  “Reklama  uchun  yillik  xarajatlar  normativlari”  nomli  1-ilova  o‘z  kuchini  yo‘qotgan

deb hisoblansin.



(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 183-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-

modda)

Download 52.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling