Molékula (lot moles — massa, molecula — «massacha») — moddaning kimyoviy xususiyatlari saqalanadigan eng kichik zarracha. Atomlardan iborat boʻladi. Molekula


Download 23.83 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi23.83 Kb.
#1112081
Bog'liq
Molékula


Molékula (lot. moles — massa, molecula — «massacha») — moddaning kimyoviy xususiyatlari saqalanadigan eng kichik zarracha. Atomlardan iborat boʻladi.
Molekula (lot. moles — massa) -muayyan moddaning barcha kimyoviy xossalarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda) atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil ravishda mavjud boʻla oladi. Molekulaning xossasi uning tuzilishiga — qanday atomlardan tashkil topganiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy joylashish tartibiga, ular oʻrtasidagi tortishish kuchining tabiatiga bogʻliq.
Hozirgi vaqtda Molekulaning tuzilishini kimyoviy usullar bilan bir katorda mukammal fizik asboblar vositasida anik, bilish mumkin. Molekulalarning tuzilishi bilan ularning xossalari oʻrtasidagi bogʻlanishni bilish moʻljallangan xossaga ega boʻlgan moddalar olish yoʻllarini ancha osonlashtiradi. Molekulada atomlarning soni ikkitadan (mas, vodorod molekulasi N2, azot (P)-oksid N0) tortib bir necha mingga (mas, oqsillarda, polimerlarda) yetishi mumkin. Molekula toʻgʻrisidagi tushunchani 17-asrda ilk bor L. Gassendi aytgan, 18-asrda Molekula V. Lomonosov Molekula ("korpuskula") tushunchasini taʼrifladi. 1811-yildaA. Avogadro Molekulaning atomdan farqini, moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi eng kichik boʻlagi ekanligini qayd qildi. Molekula tushunchasi 1860-yilda koʻpchilik olimlar tomonidan uzil-kesil eʼtirof etildi. Molekulaning mavjudligi turli hodisalar — diffuziya, Broun harakati, rentgen nurlarini difraksiyalash singari qator hodisalarda bilvosita tasdiklandi.
Kvant mexanikasi nazariyasi yordamida Molekulaning tuzilishini chuqur oʻrganish mumkin boʻldi. Molekula ilgarilama va aylanma harakatda boʻlishi bilan bir qatorda, uning tarkibiy qismlari ham turlicha harakat qiladi. Molekulani tashkil etgan atomlarning yadrosi tebranma harakatda boʻladi va yadro bu harakatida oʻzi bilan tortishib turgan elektron qatlamlarini ergashtiradi. Elek-tronlar yadroga ergashishdan tashqari, mustaqil harakatlana oladi. Bu harakatlarning hammasi kvant mexanikasi qonuniga boʻysungan holda roʻy beradi va Molekula bir necha xil kvant holatda boʻlib, potensial energiyaga ega. Molekulaning potensial energiyasi, asosan, atomlar yadrolari urtasidagi masofaga bogʻliq.
Atom (qadimgi yunonchaἄτομος — atomos — boʻlinmas) — kimyoviy elementning barcha xossalarini oʻzida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki „boʻlinmas“ nomini olgan bu zarraning ichki tuzilishi anchagina murakkab. Atom musbat zaryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Atom markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan negiz (yadro) joylashgan; atrofida oʻlchovlari (~ 10~8 sm) atom oʻlchovlarini ifodalaydigan elektron qobiklarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. Atom yadrosi protonlar va neytronlardan tashkil topgan. Atomdagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng (atomdagi barcha elektronlar zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni elementning davriy tizimidagi tartib raqamiga teng. Atom elektronlarni tutib olib yoki berib, manfiy yoki musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Atomning kimyoviy xossalari asosan tashqi qobikdagi elektronlar soni bilan aniqlanadi; kimyoviy qoʻshilib, atomlar molekulalar hosil qiladi. Atomning ichki energiyasi uning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Ichki energiya maʼlum (diskret) qiymatlarga ega boʻlishi va u sakrashsimon kvant oʻtishlardagina oʻzgarishi mumkin. Maʼlum qiymatdagi energiyani yutib, atom qoʻzgʻalgan holat (energiyaning yuqoriroq sathi)ga oʻtadi. Atom foton chiqarib, qoʻzgʻalgan holatdan kichik energiyali holat (energiyaning pastroq sathi)ga oʻtadi. Atomning eng kichik energiyasiga mos sathi asosiy sath, Atom markazida Ze musbat zaryadli massiv yadro joylashgan, yadro atrofida — Ze elektronlar aylanadi. Atomning deyarli hamma massasi yadroda toʻplangan. qolganlari esa qoʻzgʻalgan sathlar deyiladi.atom tuzilishi haqidagi fan („Atom fizikasi“ „Yadro fizikasi“, „Elementar zarralar fizikasi“ va boshqa yoʻnalishlar) nazariyasi ancha murakkab boʻlib, fizikaning deyarli barcha yutuqlariga va hozirgi zamon matematik apparat yutuqlariga tayanadi.Ad.:Bekjonov R. B., Atom yadrosi va zarralar fizikasi, T., 1995; Modda tuzilishi, T., 1997.[1]

Atom atamasining kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Modda juda mayda zarrachalardan tuzilganligi haqidagi fikr qadimgi yunon olimlari tomonidanoq aytilgan edi. Ular ana shu zarrachalarni atomlar deb atashdi. Qadimgi yunonlar atomlar muntazam koʻpyoqliklar shakliga ega, deb faraz qilganlar: Kub („Yer atomlari“), Tetraedr („Olov atomlari“), Oktaedr (Havo atomlari), Ikosaedr („suv atomlari“). Moddaning atomlardan tuzilganligi gʻoyasining eksperimental isboti olingunga qadar yigirma asrdan ortiq vaqt oʻtdi. Bu gʻoya fanda kimyo va kinetik nazariyaning yutuqlari tufayli XIX asrning ikkinchi yarmida qatʼiy qaror topdi. XX asr boshiga kelib, fiziklar atomlarning oʻlchamlari 10 −10 m va massasi 10 −27 kg atrofida boʻlishini bilar edilar. Bu vaqtga kelib atomlar umuman „boʻlinmas“ emas, ular maʼlum ichki tuzilishiga ega, buni bilish esa D. I. Mendeleyev aniqlagan kimyoviy elementlar hossalarining davriyligini tushuntirishga imkon berishi aniq boʻlib qoldi.


Mustaqil ish

Mavzu: Atom va molekula haqida tushuncha



Bajardi:_________________
Tekshirdi:____________________
Download 23.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling