Monolit karkasning xususiyatlari va afzalliklari nimadan iborat?
Download 10.87 Kb.
|
Monolit karkasn-WPS Office
Monolit karkasning xususiyatlari va afzalliklari nimadan iborat? So‘nggi paytda O‘zbekistonning ko‘chmas mulk bozori monolit qurilish texnologiyasi bo‘yicha yangi qurilgan uylar bilan to‘lmoqda. Uning xususiyatlari va afzalliklari nimadan iborat ekanligini ushbu materialda gapirib beramiz. Odamzod o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida, qurilish uchun turli qurilish materiallaridan foydalangan. Biroq bugungi kungacha eng ishonchli inshootlardan biri bo‘lib temir -betondan qurilgan yaxlit imoratlar hisoblanadi. Monolit qurilish texnologiyasi tasodifan kashf etildi, XIX asrning 60-yillarida fransuz Jozef Mone o‘zining dala hovlisini armatura bilan beton bortlardan foydalangan holda qurar ekan. XX va XXI asrning tutashgan nuqtasida esa g‘ishtli uylar o‘z o‘rnini, yomg‘irdan so‘ng qo‘ziqorinlar kabi o‘sib chiqqan, panelli uylarga bo‘shatdi. Ushbu panelli uylar vaqt talabiga binoan, xonadonlarning narxi osmon bo‘lmagan holda, uylarni tez qurish kerak bo‘lgan paytda paydo bo‘ldi. Tabiiyki, vaqt o‘tishi bilan “tez, sifatli, ommabop” mashhur uchligida barcha tarkibiy qismlar muhim ekanligi hamda sifatda murosalarga yo‘l qo‘yish mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli, g‘ishtli va panelli uylar o‘rnini monolit uylar egalladi. O‘zbekistonda monolit uylar ommaviy ravishda nisbatan yaqinda qurilishni boshladi. Shu paytdayoq, me’morchilik shakllarini yaratishda nihoyatda kamtarin bo‘lgan panelli uylar monolit uylarga birinchilikni berishi ma’lum edi. Bunda monolit qurilishning katta qismini, me’morning xayolini aslo cheklamaydigan yechimlar tashkil qiladi. Uylarning o‘zi ham yuqori darajali issiqlik, namlik o‘tkazmaydigan xususiyatlarga ega bo‘lib, tashqi ta’sirlarga bardoshli hisoblanadi. Aynan shu sababdan, yangi uylar bozori so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda monolit uylar bilan to‘lib bormoqda. First Development Group developerlik kompaniyasidan Parkent Plaza 3 turar joy majmuasining misolida bunday konstruksiyaning xususiyatlari nimada ekanligini batafsil ko‘rib chiqamiz. Monolit uy… Bu uy qurishning maxsus texnologiyasi bo‘lib, unda tashqi devorlarning hammasi, bino karkasi (sinchi)ning o‘zi va tomlari ham betondan quyiladi, shu tariqa ulangan va payvandlangan joylarsiz yaxlit konstruksiya hosil bo‘ladi. Yunon tilidan tarjima qilinganda monolit “yaxlit tosh, palaxsa” degan ma’noni anglatadi. Temir-betondan qurilgan uylar, mustahkam bo‘lib, uzoq vaqt xizmat qilganligi tufayli mazkur ta’rifni to‘kis oqlaydi. Bunday uylarning asosiy masallig‘i – armatura va beton. Bir qarashda bari juda odidiy tuyulsada, ushbu texnologiya ko‘pgina nozik jihatlarga ega. Monolit uylarning bir nechta turi bor. Masalan, Parkent Plaza 3 turar joy majmuasi monolit karkasli (sinchli) texnologiya asosida qurilib, unda karkas (sinch) asosiga poydevorda butun binoning o‘ziga xos “skelet”iga aylanadigan beton ustunlar o‘rnatiladi. Mazkur ustunlar orasiga beton bilan quyiladigan devorlar teriladi. Majmuaning qurilishida faqatgina Rossiyadan keltirilgan yuqori sifatli armatura va butun dunyoda opalubkalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri hisoblangan, nemis kompaniyasi Peri Gmbh’ning opalubkalari ishlatilgan. Afzalliklari nimada? Ishonchlilik va sifat – monolit uylar uchun deyarli sinonim bo‘lib ulgurgan so‘zlar. Qator afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli, ular sifatli va ishonchli deb ta’riflashga loyiq. Bunday uylarning afzalliklari chindan ham ko‘p, ular orasida quyidagilar ayniqsa ajralib turadi: Mustahkamlik. Shu usulda qurilgan binolar o‘ta bardoshli deb hisoblanadi. Monolit tarzda qurilgan bino nam va shamolni o‘tkazmaydi hamda zilzilalarga bardoshli bo‘ladi. Turli xil dizayn. Qurilishning mazkur turi arxitektorga bo‘lg‘usi binoning shakli va qavatiga nisbatan bor tasavvurini ishga solish imkonini beradi. Masalan, monolit har bir qavatni individual dizayn va turli shakllarda qurishga imkoniyat yaratadi. Panel yoki g‘isht uylarni qurganda, buning iloji yo‘q. Qayta rejalashtirish imkoni. “Monolit uylardagi xonadonlar ichida, xonalar orasida devor bo‘lmaydi, faqat cheklangan miqdorda tayanch ustunlar quriladi. Tabiiyki, bu rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqishda ko‘proq erkinlik beradi”, – deydi FDG kompaniyasining qurilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Mirsalimov Said. Parkent Plaza 3 TJMda, masalan, garderob xonalari va keng zallar qurilishi nazarda tutilgan. Ishlab chiquvchining ta’kidlashicha, majmuadagi xonadonlarda uzun, foydasiz yo‘laklar va ishlatilmaydigan joylar bo‘lmaydi. Parkent Plaza’ning uchinchi bosqichida xonadonlarning maydoni 38,68 dan 126,8 kvadrat metrgacha bo‘ladi. Cho‘kish darajasi past. Bunday qurilishning afzalliklaridan yana bittasi shuki, uylar juda kam cho‘kadi. Bari binoning yaxlitligi tufayli bo‘lib, barcha turdagi qurilishlar orasida monolit uylar cho‘kishga nisbatan eng bardoshli hisoblanadi. Binoning yaxlitligi hisobidan uy bir tekisda cho‘kadi, bunda devorlardagi yoriqlar minimal miqdorda bo‘ladi. Monolit konstruksiya binoning yaxlitligi hisobiga, suv bosishi va qo‘shni xonaga suv o‘tishidan yaxshi himoya qiladi. Qurilish tezligi. Monolit karkasli (sinchli) texnologiya bo‘yicha qurilgan uylar tez qurib bitkaziladi: atigi 18—24 oy va sizning uyingiz kirib yashashga tayyor! Buning sababi shundaki, ko‘pchilik jarayonlar avtomatlashtirilgan va qo‘l mehnatini talab qilmaydi. Bu esa jarayonni tezlashtiradi. Shuning uchun qurilish bosqichida xonadon xarid qilar ekansiz, uzoq vaqt kutishga to‘g‘ri kelishi haqida xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi. Qay darajada bardoshli? Bo‘lg‘usi uyingizni tanlar ekansiz, uning uzoq yillar xizmat qilishini xohlaysiz. Monolit uylardan foydalanish muddati eng uzoqlardan biri sanaladi. Bunday natijaga ushbu tizimning mustahkamligi hamda ulangan qismlar va yoriqlar yo‘qligi hisobiga erishiladi. Eskirishga chidamlilik 100—150 yildan ortiq bo‘lishi mumkin. Qurilishning boshqa turlari bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, misol uchun, g‘isht uylardan foydalanish muddati taxminan 100 yil, panel uylar uchun esa 120 yil. Monolit qurilish, shuningdek, zilzilalarga qarshi yuqori bardoshliligi bilan ajralib turadi. Bu esa tez-tez zilzila bo‘ladigan hududlar uchun nihoyatda muhim sanaladi. Yashil monolit Ekologik va energiya tejamkor Parkent Plaza turar joy majmuasi ham monolit karkasli texnologiya asosida qurilgan. Parkent Plaza TJM – bu xalqaro LED sertifikatiga ega bo‘lgan, O‘zbekistondagi birinchi turar joy majmuasi. Mazkur sertifikat Parkent Plaza binosi ekologik toza va energiya tejamkor ekanligini tasdiqlaydi. Parkent Plaza 3 TJM – bu FDGning eng ko‘lamli loyihasining 3-bosqichi. 2019 va 2020-yillarda birinchi va ikkinchi bosqichda qurilgan uylarning baxtiyor egalari yangi xonadonlarga ko‘chib kirishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda, sakkizinchi blokdagi hamda 14 qavatli minoralarda joylashgan xonadonlar sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, ulardan butun shahar va Chimyon tog‘lari kaftdek ko‘rinadi. Parkent Plaza’da turar joy majmuasi Yashnobod tumanining Parkent ko‘chasida joylashgan. TJMdan u qadar uzoq bo‘lmagan yerda uch bosqichli transport tuguni va metro yo‘li o‘tadi. Shuning uchun bu yerga shaharning istalgan qismidan kelish oson. Yashovchilarning hordiq chiqarishi uchun majmuada o‘yinlar uchun keng joylari bo‘lgan uchta maydoncha, futbol maydoni va muzli tepalik qurilishi nazarda tutilgan. Majmua hovlisining o‘z g‘oyasi bor, masalan, maydonchalar soya-salqin daraxtlar orasida joylashgan va ushbu joy bilan uyg‘unlik kasb etgan holda, o‘simliklar bilan to‘ldiriladi, ko‘p sonli o‘rindiqlarning mavjudligi do‘stlar bilan suhbatlashish va dam olish uchun birgalikda yig‘ilish imkonini beradi. Download 10.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling