Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari Reja


Download 61.62 Kb.
bet1/9
Sana07.04.2022
Hajmi61.62 Kb.
#627784
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
bolalar mustaqil 7 Bolalarda monologik nutqni shakllantirishshhhhh
TTB lab4.pptx, 4-maruza taqdimot, 9 sinf algebra, Воспитание высоких качеств нравственности в человеке, 20- variant, 33Variant, 9variant, 1,3 - LABORATORIYA, Zilola Ziyodullayeva.!, qadriyatlar va harbiy faoliyat , Baholash mezoni, ygATEhyMKsFD1cqN4LNTIfEygYnRPP1QaFtqxkX7, oits, yulduz turkumlari, davlat mustaqil 20 Ma’lumot-axborot hujjatlarining vazifasi, turlari.

Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari
Reja:
1. Monologik nutq haqida tushuncha.

2. Monologik nutq shakllari .


Ilk bolalik chog‘iga taalluqli bo‘lgan nutq o‘sishi va rivojlanishi bosqichlari turli sohalar olimlarini, jumladan pedagog-psixologlar, lingvistlarni, eng avvalo, bu nutq rivojlanishidagi o‘ziga xos davr bo‘lganligi uchun ham qiziqtiradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u nutqni o‘stirish va rivojlantirish uchun senzitiv hisoblanadi: bu davrda nutq muloqot vositasi sifatida paydo bo‘ladi va takomillashadi; u shunchalik jadal sur’atlarda rivojlanadiki, nutqning keyingi butun ontogenezi jarayonida ushbu holat boshqa kuzatilmaydi. K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, «…bola ikki-uch yilda shuncha narsani oson va tez o‘rganib oladiki, keyin yigirma yil qunt bilan astoydil o‘qigan taqdirda ham uning yarmini o‘zlashtira olmaydi».
Ilk yoshdagi bolalar nutqini o‘rganishga E.I.Tixeeva, M.M.Kolsova, N.M.Askarina, G.M.Lyamina, M.I.Lisina va boshqa ko‘plab taniqli olimlar, pedagoglar va metodistlar sezilarli hissa qo‘shishgan.
Ilk yoshda nutqni o‘stirish va rivojlantirish ikki yo‘nalish bo‘yicha ro‘y beradi:
1 – nutqni tushunishni takomillashtirish;
2 – bola nutqining faolligini shakllantirish.
Bolalar nutqini psixologiya-pedagogika nuqtai nazaridan tadqiq etishni F.A.Soxin va O.S.Ushakovalar tasnifiga ko‘ra, uchta yo‘nalishga ajratish mumkin:
- tarkibiy – til tizimining turli tarkibiy darajalari – fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllantirish;
- funksional – kommunikativ funksiyada tilni egallash ko‘nikmalarini shakllantirish;
- kognitiv – til va nutq hodisalarini eng oddiy usulda anglashni shakllantirish.
Ilmiy tadqiqotlar va yo‘nalishlar tahlili maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining turli tomonlarini rivojlantirish xususiyatlari hamda ularning ilmiy adabiyotda o‘rganilganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.
V.I.Loginova, YU.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, E.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birligi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.YAdeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi grammatik xatoliklarni o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tiborni qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi.
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, E.I.Radina, G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) o‘rganish predmeti sifatida xizmat qildi.
Logopediyaning bolalar nutqidagi kamchiliklarning oldini olish bilan bog‘liq masalalar doirasini ishlab chiquvchi profilaktik yo‘nalishi keng tarqalgan.
Bolalar nutqini rivojlantirishga oid yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yondashuvlar maktabgacha yoshdagi bolalarning tilni tizim sifatida, ya’ni tovush tomoni, lug‘at tarkibi va grammatik tuzilishni birgalikda o‘zlashtirishlarini o‘rganish sohasiga taalluqlidir.
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o‘zlashtirganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari E.I.Tixeeva, E.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penevskaya va boshqalar bolalar og‘zaki nutq va hikoya qilishni o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Monologik nutqni o‘stirish va rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini o‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari o‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini o‘rgatish metodikasi yaratiladi.
F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan ko‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qo‘ydi. Ravonlikning asosiy ko‘rsatkichi sifatida so‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari o‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan to‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958-60 yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbaeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘ozieva tomonidan (E.M.Razbaevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, o‘yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979 yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot ob’ekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.SH.Nurmuhammedova va boshq.).
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik – o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni o‘stirish va rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala, ushbu holat shiddat bilan, sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir.
Olimlar bolalarni o‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yo‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni o‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:
- ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni o‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar to‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bo‘lishi kerak, xususan: ona tilini o‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo‘shilishi, o‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
- o‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan o‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun etakchi bo‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yo‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
-nutqni o‘qitish bolalarning tilni o‘rganish bo‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni o‘qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayonidir;
-nutqni o‘stirish va rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
-bola nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, o‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning o‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim.



    1. Download 61.62 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling