Morfemikadan umumiy takrorlash


Download 45.5 Kb.
Sana19.07.2020
Hajmi45.5 Kb.
#124231
Bog'liq
2 5307832562784142965


MORFEMIKADAN UMUMIY TAKRORLASH
I. Quyidagi so`zlarda qo`shimchalarning shakl va ma’no munosabatini aniqlang.

A) shakldosh (omonim) so`z yasovchi qo`shimchalar

B) shakldosh (omonim) so`z yasovchi va lug`aviy shakl yasovchilar

C) shakldosh (omonim) lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchalar

D) shakldosh (omonim) aloqa-munosabat shakli qo`shimchalari

E) so`zlardagi qo`shimchalar o`zaro omonim bo`la olmaydi




  1. teshik-egik-ko`zik

  2. qiliq-siniq

  3. supurgi-kuzgi

  4. ko`kar-yozar

  5. oqish (sifat) - oqish (fe’l)

  6. yashirincha-shaharcha-o`nlarcha

  7. kuldon-qadrdon

  8. maqtanchoq-toychoq

  9. yillab-yuzlab

  10. o`qidim-otam

  11. toshqin-qo`rqqin

  12. aytdim-qaytim

  13. changi(moq)-changi (ot)

  14. kuchay-boray

  15. bolalik-buxorolik

  16. ekin-erkin

  17. o`roq-qo`rqoq

  18. yillab-uxlab

  19. gazlama-kelma

  20. yasama-o`sma

  21. qaynatma-borma

  22. oqar (moq) – oqar

  23. boyi-maktabi

  24. sarg`ish-kulish(di)-yozish

II. Quyidagi so`zlardagi mavjud qo`shimchalarning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra turini aniqlang.

A) shakldosh (omonim) qo`shimchalar

B) ma’nodosh (sinonim)

C) antonim

D) ko`p ma’noli (polisemantik)

E) So`zlardagi qo`shimchalarning shakl va ma’no jihatdan yaqinligi yo`q


  1. supurgi-sezgi

  2. ko`pay-kelay

  3. chopqi-kulgi

  4. kuyunchak-erinchak

  5. adabiyotchi-adabiyotshunos

  6. asrandi-yuvundi

  7. paxtachilik-yaxshilik

  8. otlan-ikkilan

  9. o`qituvchilik-tepalik

  10. manmanlik-o`lkashunoslik

  11. gaplash-o`tlash

  12. sersuv-suvli

  13. buyruq-yumuq

  14. do`nglik-yoshlik

  15. eskir-o`qir

  16. badavlat-davlatmand

  17. bilim-kitobim

  18. childirmachi-childirmakash

  19. yedir-yegiz

  20. bolaginam-bolamgina

  21. tortma-isitma

  22. to`ldir-to`lg`iz

  23. sog`in (sigir)-kiyin

  24. bo`lma-terlama

  25. mazmundor-sermazmun

  26. o`zgart-o`zgartir

  27. do`stlik-paxtalik

  28. turtki-ichki

  29. o`qish-yuvish(di)

  30. ishvagar-zargar

  31. bormoqda-boryapti

  32. o`rim-qo`lim

  33. ehtiyotkor-g`allakor

  34. suzma-yasama

  35. paxtakor-mardikor

  36. mulkdor-rangdor

  37. misgarchilik-loygarchilik

  38. suratkash-dilkash

  39. kitobxon-otaxon

  40. serdavlat-davlatsiz

  41. kuldir-kimdir

  42. chopiq-zo`riq

  43. kemtik-ko`rik

  44. birik-bordik

  45. noo`rin-o`rinli

  46. yog`ingarchilik-to`kinchilik

  47. dardchil-dardmand

III. Test savollari


1. Quyidagi so`zlardan qaysilarida –chi va –shunos ot yasovchi qo`shimchalari o`zaro sinonimik munosabatda bo`la olmaydi?

1. adabiyot 2. sharq 3. bo`yoq 4. til

5. o`lka 6. tuproq 7. tarix 8. xizmat

A) 2,3,6,7,8

B) 1,2,3,5,6,8

C) 2,3,5,6,8

D) 2,6,8
2. Qaysi qatorda tub so`z berilgan?

A) madaniyat

B) siyosat

C) qonuniyat

D) qat’iyat
3. Qaysi so`z morfemalarga ajraladi?

A) semir-semiz

B) yuksak-yuksal

C) tirik-tiril

D) ko`rik-ko`ril
4. Qaysi so`z morfemalarga ajralmaydi?

A) qattiq, silliq

B) issiq, iliq

C) sassiq, achchiq

D) qattiq, chirik

5. Qaysi so`z morfemalarga ajralmaydi?

A) o`roq

B) pichoq,

C) qayroq

D) o`toq
6. Qaysi so`z 3 ta morfemaga ajraladi?

A) o`roq

B) pichoq,

C) qayroq

D) o`toq
7. Qaysi so`z morfemalarga ajralmaydi?

A) istehzoomuz

B) telbanamo

C) badnamo

D) hayratomaz


8. Qaysi so`z morfemalarga ajralmaydi?

A) kaptarboz

B) safsataboz

C) dorboz

D) lo`ttiboz
9. Qaysi so`z morfemalarga ajralmaydi?

A) sharros, gulduros

B) charog`on, za’faron

C) tuban, zo`ravon

D) biror,bezori
10. Qaysi so`z morfemalarga ajralmaydi?

A) xaroba, vayrona

B) varrak, xurrak

C) ko`chat, o`lat

D) ovloq, qishloq
11. Qaysi so`z boshqalariga qo`shimchadosh bo`la olmaydi?

A) yuvundi

B) kuyindi

C) asrandi

D) Barchasi o`zaro qo`shimchadosh
12. Qaysi qatorda tub so`z berilgan?

A) sinashta

B) olamshumul

C) qaram


D) ko`chmanchi
13. Qaysi qatorda tasviriy ifoda noto’g’ri izohlangan?

A) olqor— yovvoyi tog‘ echkisi

B) nor—erkak tuya,

C) g‘unan—ikki yashar ot

D) maktab — ilm manbai

E) ezma— sergap odam

Ibora qatnashgan gaplarga (+) belgisini qo’ying.

1. Yigit oqimga qarshi suzib, ariqning boshiga yetdi.

2. Qo‘rsligi, be'mani gaplari, axir uning boshiga yetdi.

3. Shifokor dorini bolaning qulog‘iga quydi.

4. Ota-bobolarini doim esda tutish kerakligini o‘g‘lining qulog‘iga quydi

5. Semiz qo‘y go‘shti o‘z yog‘ida qovurildi.

6. Yakka qolgan Hasanboy vijdon azobida o‘z yog‘ida qovurildi.

7. Oizingizning ko‘zlari yaxshi ko'radi»,— dedi hakim.

8. Shahzoda falon mahallada yashovchi kosibning qizini yaxshi ko'radi»,— dedi tabib. (M.O.)
14. Qaysi turg’un birikmaning ma’nosi noto’g’ri izohlangan?

A) oq ko‘ngil - samimiy, beg‘araz

B) o‘pkasi yo‘q – qo’rqoq

C) ko'nglidan o’tkazmoq - o‘ylamoq, sezmoq

D) bo‘yniga qo‘ymoq - tan oldirmoq, iqror qilmoq

E) Barchasi to’g’ri


Erkin so’z birikmasi bilan shakldoshlik hosil qila oladigan iboralarga (+) belgisini qo’ying.

Og’zi qulog’ida ( ), bo‘yniga ilmoq ( ), tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq ( ), sichqonning ini ming tanga bo’lmoq ( ), to‘nini teskari kiymoq ( ), anqoning urug’i ( ), ensasini qotirmoq ( ), qo‘li ochiq ( ), tosh otmoq( ), ko’ngli olimoq ( ), o’pkasini qo’ltiqlab ( ), ko’z yummoq ( )


Berilgan so‘z birikmalariga ma'nodosh so’zlar topib yozing.

zangori olov-

oq oltin –

lol qoldiradi –

hur diyorim –

qazilma boyliklar –

shirin-shakar –

qora oltin –

po‘lat qushlar –

so‘z san'atkorlari –

po‘lat otlar –

kelajak avlod –

mo‘yqalam sohiblari –

sahna bulbullari -

tajribadan o‘tkazilgan -

ilm o‘chog‘i –

qanotli do‘stlarimiz –

bahor elchisi –

qishning kumush ko‘rpasi –

Vatan posbonlari –



qalam ahli –
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling