1. O‘zaro ma’nodosh so‘zlardan:baxt-saodat, kuch-quvvat,aql-idrok,xohish-istak;
2. O‘zaro zid ma’noli so‘zlardan:issiq-sovuq, tun-u kunkecha-kunduz,yer-u osmon;
3. Uyadosh so‘zlardan:qozon-tovoq,qovun-tarvuz,el-yurt,yem-xashak,uy-joy.
Juft so‘z qismlari morfemik tabiatiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
1. Tub so‘z – tub so‘z: yaxshi-yomon,yosh-qari,ota-ona;
2.Tub so‘z – yasama so‘z: ho‘l-quruq,ko‘rpa-to‘shak,savdo-sotiq;
3. Yasama so‘z – yasama so‘z: issiq-sovuq,achchiq-chuchuk,esli-hushli.
Juft so‘z qismlari mustaqil holda qo‘llana olish-olmasligiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:
1. Har ikkala qismi mustaqil qo‘llana oladigan so‘zlardan tuziladi:katta-kichik, o‘g‘il-qiz, ota-ona;
2. Ikkinchi qismi mustaqil qo‘llana olmaydigan so‘zlardan tuziladi: xotin-xalaj, eski-tuski, kiyim-kechak, temir-tersak,mayda-chuyda;
3. Har ikkala qismi mustaqil qo‘llana olmaydigan so‘zlardan tuziladi:adi-badi,g‘idi-bidi, alang-jalang, azza-bazza, uvali-juvali,apil-tapil,ikir-chikir.
Takroriy so‘zlar bir so‘zning ikki marta takrorlanishidan hosil bo‘lgan so‘zlardir: bir-bir, tez-tez,baland-baland kabi.
So'z takrorida qismlar turli shaklda bo'ladi, shunga ko'ra ular quyidagi turga bo'linadi:
1.Har ikki qism bir xil shaklda: tog‘-tog’, tez-tez, ko'p-ko’p kabi.
2.Birinchi qism chiqish kelishigida, ikkinchi qism bosh va jo'nalish kelishigida: ko'pdan ko'p, naridan beri, yildan yil(ga) kabi.
3.Birinchi qism bilan ikkinchi qism o'rtasida ba-,-ma qo'shimchalari qo'yiladi: yuzma-yuz, qadam-baqadam, dam-badam, eshikma-eshik kabi.
4.Ikkinchi qismning birinchi tovushi fonetik o'zgarishga uchraydi: osh-posh, non-pon, odam-podam kabi.
Takroriy so'zlar qismlari o'rtasiga yozuvda chiziqcha qo'yiladi.
Takroriy so'zlar qismlari o'rtasida -ma, ba- qo'shimchalari qo'yilganda-ma birinchi qism oxiriga, ba- esa ikkinchi qism boshiga qo'shiladi. Masalan, orqama- ketin, dam-badam, zo'r-bazo'r, zinhor-bazinhor kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |