Motivatsiya oʻzini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir
Download 15.57 Kb.
|
Motivatsiya
Motivatsiya – oʻzini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir. Rahbarlar doimiy ravishda xodimlarni, ular buni his qiladilarmi yoki yoʻqmi, undaydilar. Qadimgi vaqtlarda buning uchun qamchi va qoʻrqitishlar, tanlab olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilganlar. XX asrga qadar shunday fikr keng tarqalganki, kishilar hamma vaqt ham ularga koʻproq pul ishlab topish imkoniyati berilganda yaxshiroq ishlaydilar, yaʼni motivatsiya qilinayotgan harakatlarni pul mukofotlariga almashtirilishi bilan tenglashtirilgan. Ammo keyingi tadqiqotlar bunday yondashuvni asossizligini aniqlab berganlar va motivatsiya ehtiyojlarining murakkab yigʻindisi natijasi ekanligini koʻrsatganlar. Xodimlarni ragʻbatlantirish uchun rahbarga ularning ehtiyojlarini aniqlash zarur, ular yaxshi ish orqali qanoatlantiriladilar. Boshqaruvning motivatsiya usullarini quyidagilarga ajratish mumkin: - iqtisodiy motivatsiya usullari - ish haqi, mukofot, imtiyozli foizlar, foydalarda ishtirok etish, aksiyalar paketi , qoʻshimcha ish haqi va boshqalar; - ijtimoiy motivatsiya usullari- ijtimoiy tan olinish, tashakkurnoma, qoyil qolish, ilohiylashtirish, nafratlanish va h.k; - psixologik motivatsiya usullari- shaxs ahamiyatini his qilish, befarqlik, zararlilik, keraksizlik va boshqalar; - hukmronlik motivatsiya usullari - lavozimini oshirish, qoʻshimcha vakolatlar berish va boshqalar; ijtimoiy psixologik motivatsiya usullari- ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba almashtirish, tanqid, ishga doir boshqaruv va kasbiy etika va h.k; - maʼnaviy motivatsiya usullari- shaxsiy ѐki ommaviy tan olish, maqtov va tanqid; - maqsadli usul; - ishlarni loyihalashtirish va qayta loyihalashtirish (boyitish) usuli; - xodimni jalb qilish usuli (partisipativ usul); - motivatsiya va undovlarni oʻrganish sabablari- eksperimental usullar, xulqni va uning sabablarini boshqa tomonidan baholash usullari, oʻrganish usullari (suhbat, soʻrov, anketa toʻldirish) va boshqalar. Motivatsiyaga jaraѐn sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun uni quyidagi shartlikning maʼlum darajasidagi oltita birini orqasidan biri keluvchi bosqichlar koʻrinishida tasavvur qilish mumkin: - ehtiѐjning vujudga kelishi; - ehtiѐjni qanoatlantiruvchi, bartaraf qiluvchi yoʻllarni qidirib topish; - harakatlarning maqsadlari (yoʻnalishlari)ni belgilash; - kerakli harakatlarni amalga oshirish; - amalga oshirilgan harakatlar uchun mukofotlar olish; - ehtiѐjlarni qanoatlantirish va bartaraf qilish. Motivatsiya jaraѐni avvalo motivatsiyaning mazmuniy nazariyalarini tushuntirib beradi. Ularda kishilarni harakat qilishga undovchi, ayniqsa ishning hajmi va mazmunini belgilashdagi asosiy ehtiѐjlar aniqlanadi. Motivatsiyaning konsepsiyalarini ishlab chiqishda A. Maslou, F. Gersberg, D. Mak Klellandlarning asarlari katta ahamiyatga ega boʻlgan. Amerikalik ruhshunos A. Maslouning (1908-1970) nazariyasi boʻyicha ehtiѐjni qatʼiy iyerarxik tuzilma koʻrinishida joylashtirish mumkin (4.1.3.1-rasm). U pastki bosqichlardagi ehtiѐjlar odamga yuqoriroq bosqichdagilarga qaraganda oldinroq taʼsir qiladilar deb hisoblaydi. Har bir aniq paytda odam oʻzi uchun muhimroq ѐki kuchliroq boʻlgan ehtiѐjni qanoatlantirishga harakat qiladi. Keyingi bosqichdagi ehtiѐj pastroq bosqichdagi ehtiѐjni qanoatlantirgandan soʻng kishining holatidagi qudratliroq omil boʻladi. Fiziologik ehtiѐjlar yashab qolish uchun zarur boʻladilar. Ular oʻz ichiga ovqat, suv, uy-joy, dam olishga ehtiѐjni oladilar. Tegishlilik va daxldorlikka ehtiѐjlar oʻz ichiga nimagadir ѐki kimgadir tegishlilik hissini, ijtimoiy oʻzaro hamkorlik, bogʻliqlik va qoʻllab-quvvatlash hissini oladilar. Xavfsizlik va himoyalanganlikka ehtiѐjlar atrof-muhit tomonidan jismoniy va psixologik xavflardan himoya qilinganlik va kelajakda fiziologik ehtiѐjlar qondirilishiga ishonchni koʻzda tutadi. Download 15.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling