-
710 ga maydonga paxta terish mashinalari chiqarildi. Ular bir kunda dalaning 40 % ini terib tugatgan bo’lsa, necha gektardagi paxta terilgan?
-
Komputer bir sutkada xonadon sarflaydigan butun quvvat( 20000 W )ning 20 %ini sarfladi, komputer necha vatt quvvat sarf qilgan?
-
Talaba 400000 so’m stipendiya oladi, u o’z stipendiyasining 15 %iga kitob sotib oldi, kitobning narxini toping.
-
Motorli qayiq yuzi 400 m2 bo’lgan ko’lning 24%ini aylanib chiqdi, qayiq necha m2 maydonni bosib o’tgan?
-
Oshpazlar guruhining 13 % ini 26 kishi tashkil etsa, ushbu guruhda necha kishi mavjud?
-
Telefon xotirasidagi ma’lumotlarning 40 %i o’chib ketdi, o’chib ketgan fayllar 12300 Mbni tashkil etsa, telefon xotirasidagi jami ma’lumotlar necha MB edi?
-
20 kishidan iborat jinoyatchi guruhning 7 tasi hibsga olindi, ular butun guruhning necha foizini tashkil etgan?
-
Ilhom 7000000 so’m oylik oladi va 210000 so’mini bankka qo’ydi. Bankka qo’yilgan pul oyligining necha foizini tashkil etadi?
-
Toy va yilqilar 350 ta. Yilqilar toylardan 100 taga ko’p bo’lsa, toylar butun podaning qanday qismiga teng?
-
Komputerdagi ma’lumotlarning 30 % rasmlardan iborat. Jami ma’lumotlar 3244 MB bo’lsa, rasmlar hajimini aniqlang.
-
Velosipedchi 2 foizi 0,8 km bo’lgan masofani bosib o’tdi. Butun masofa uzunligini toping.
-
Ishchilar uzunligi 875 m bo’lgan yo’lga asfalt bosishi kerak edi. Ular ishning 60 %ini bajarishdi. Qancha yo’l asfalt bilan qoplangan?
-
Savdoda butun olmalarning 18 foiz(45 kg )i sotildi, jami olmalar og’irligini aniqlang.
-
Birinchi mashina 350 km masofani bosib o’tdi. Ikkinchi mashina esa undan 4 % kam. 2-mashina qancha yo’l yurgan?
-
Do’konda jami 420 ta ichimlik mavjuda edi. Birinchi kuni ularning 5 fozi, ikkinchi kuni 16 foizi sotilgan bo’lsa, u yerda nechta ichimlik qolgan?
-
Aksiyadorning bir yillik jamg’armasi 93 mln so’m, u yilning yanvar oyida yillik jamg’armasining 20 fozini, fevral oyida esa 3 foizini yutkazdi. Unda qancha pul qolgan?
-
7 soni 5 sonida necha foiz ko’p?
-
24 soni 50 sonidan necha fozi kam?
-
Usta bir kunda 130 ta detal tayyorladi, shogirdi esa 70 ta. Shogirdi jami detallarning necha fozini yasagan?
-
Quyosh nuri butun hovlining 67 foizini yoritadi, agar yorug’ maydon yuzi 201 m2 bo’lsa, hovlining yuzini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |