Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi


Download 0.72 Mb.
bet1/5
Sana20.05.2020
Hajmi0.72 Mb.
#108198
  1   2   3   4   5
Bog'liq
salohidinov



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INSTITUTI YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY

TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI

MOYLAR VA MAXSUS



SUYUQLIKLAR TEXNOLOGIYASI”

Salohiddinov Jaxangir Kamoliddin o’g’li
KURS ISHI
MAVZU: Riforming xom-ashyosi oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalash.
Kafedra mudiri: Aripjonov.O.Yo
Rahbar:Azamatov O’.R
Bajardi: SalohiddinovJ.K

Toshkent-2020



MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………3
1. TEXNIK QISM………………………………………………..8
2. TEXNOLOGIK QISM……………………………………….21
3. HISOBLASH QISMI (moddiy balans)………………………28
4. XULOSA……………………………………………………….32
5. ADABIYOTLAR RO’YXATI.....................................................34

KIRISH


KIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20-noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki koʻplab tarmoqlar uchun zarur boʻlgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar koʻp yetkazib berildi. Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qoʻshimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilgʻisiga boʻlgan talab qondirib kelinmoqda. Shoʻrtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy yilning oʻzida gazga nisbatan qoʻshilgan qiymati 4 barobar koʻp boʻlgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi. Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2030-yilgacha geologiya-qidiruv ishlari olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. Uglevodorodlar zaxirasini koʻpaytirish boʻyicha aniq choralar koʻrilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi.

Shu bois, yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb etish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni taʼminlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish boʻyicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi.

Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi taʼmirtalab holga kelgan. Kelajakda isteʼmolchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish boʻyicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, gaz taqsimot tizimini modernizatsiya qilish, gaz isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimini joriy etish loyihalariga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb etish boʻyicha topshiriqlar berildi. Bungi kunda tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar olinayotgan boʻlsa, kelgusi 10 yilda bu koʻrsatkichni 7 barobar oshirish imkoniyati bor. Shuning uchun “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati neft va gaz kimyosi yoʻnalishiga ustuvor ahamiyat qaratishi zarurligi taʼkidlandi. Jumladan, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol), metanoldan olefin olish texnologiyasi asosida yangi mahsulotlar – polistirol, polietilentereftalat va sintetik kauchuklar ishlab chiqarish, polietilen va polipropilen ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkoniyati mavjud. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga 9 milliard dollar atrofida mablagʻ jalb qilinishi lozim.Shuning uchun Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb etish va loyihalarni amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi.

Yigʻilishda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi murakkab va koʻp pogʻonali boʻlgani sababli sohada islohotlar amalga oshirilishi sust kechayotgani tanqid qilindi. Boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, tarmoqqa oid boʻlmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Xususan, funksiyalari bir-birini takrorlaydigan boshqaruv boʻgʻinlarini qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalari hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerakligi taʼkidlandi. Sohada mavjud toʻrtta ilmiy-tadqiqot, izlanish va loyihalashtirish institutlari negizida milliy neft-gaz ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash boʻyicha innovatsion yechimlar topish va tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratish vazifasi qoʻyildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 25-yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg‘i materiallari bilan ichki ehtiyojni ta’minlashning ahvoli, tizimdagi istiqbolli vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, neft-gaz sanoati sohasida ham qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi «Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati takomillashtirildi.Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirishning 2021-yilgacha bo‘lgan dasturi va uni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlandi.Mamlakatimizda yer osti boyliklari ko‘p. Ularni o‘zlashtirish va qayta ishlash bo‘yicha yangi tizim yaratildi. Xo‘sh, yurtimiz boyliklari xalqimizga qanday manfaat keltirmoqda, dedi davlatimiz rahbari.

2017-yilda neft va gaz kondensati qazish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida ko‘plab muammolar to‘planib qolgan.Zaxiralar oshirib borilmagani sababli 2017-yilda tabiiy gaz qazish va neft mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya-qidiruv jarayonidagi burg‘ilash hajmi bo‘yicha prognoz 77 foizga bajarilgan. Agar bu ishlar to‘liq ado etilganida zaxirani yanada oshirish mumkin bo‘lar edi.Shuningdek, ekspluatatsion burg‘ilash ishlari prognozi 49 foizga va qurilishi tugatilgan quduqlar soni prognozi 53 foizga bajarilgan, xolos.

Tabiiy gaz qazish quvvatlari hamda tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ta’mirlash ishlari ham yetarli darajada emas. Buning oqibatida gaz qazib olishdan boshlab, uni iste’molchiga yetkazib berguncha ushbu tabiiy boylikning 6 foizi yo‘qotilmoqda.Prezidentimiz shu kabi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilar ekan, uglevodorod zaxiralarini oshirish va qazib chiqarishni ko‘paytirish borasidagi muhim vazifalarni belgilab berdi.Geologiya-qidiruv ishlari davlat dasturiga muvofiq, yangi konlar ochish orqali 2018-yilda tabiiy gaz zaxirasini 57 milliard kub metrga, neft va kondensat zaxirasini 3,6 million tonnaga ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.Joriy yilda 63 milliard kub metr tabiiy gaz, 3 million tonna neft va kondensat qazib olishni ta’minlash uchun 255 ta yangi quduq va 26 ta yangi texnologik obyektni qurish ishlarini yakunlash, 76 ta quduqni kapital ta’mirdan chiqarish lozimligi qayd etildi.

O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2 milliard 756 million dollarlik 24 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu mablag‘lar Jizzax neftni qayta ishlash zavodini bunyod etish va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, Qandim gazni qayta ishlash kompleksining 2-navbati va Qandim konlar guruhini jihozlash, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida qidiruv ishlarini olib borish va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish kabi loyihalarga yo‘naltiriladi. Mazkur 24 yirik loyihaning 9 tasi bu yil amalga oshiriladi.Yig‘ilishda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalarning yarmidan ko‘pi neft-gaz sohasi hissasiga to‘g‘ri kelishi, sarflangan har bir dollar iqtisodiy foyda keltirishi zarurligi ta’kidlandi.

Davlat manfaatlari nuqtai nazaridan, mahsulot taqsimlash kelishuvlari va qo‘shma korxonalar shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
TEXNIK QISM

Katalitik riforming maqsadi va mohiyati.
Katalitik riforming bu avtomobil benzining yuqori oktanli komponentlarining frakstiyalarini yoki individual aromatik uglevodorodlar benzol toluol ksilollarni past oktanli benzindan olishning asosiy jarayonlaridan bo’lib hisoblanadi. Jarayonning asosiy afzalligi bu gidrogenizastion jarayonlar uchun zarur bo’lgan arzon vodorod saqlagan gazning hosil bo’lishidadir.

Sanoatda hozirgi vaqtda riformingni ikki xil variantini qo’llaydilar. Birinchi variant (yokilg’ili) benzinning yuqori oktanli komponentini ishlab chiqarish ikkinchi variant esa (neft kimyoviy)-aromatik uglevodorodlarni olish. Bu sxemalarning asosiy farqi turli past oktanli benzinli frakstiyalarni riforminglash. Ikkinchi variant hamda 62-140 ºS dan benzinli frakstiyani riformingga uchratiladi chunki bu frastiyaning riformatida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy aromatik uglevodorodlar benzol toluol va ksilollarning eng ko’p mikdori mujassamlashgan. Bu aromatik uglevodorodlarni riformatdan ekstrakstiyalash bilan ajralib boriladi.

Hozirgi vaqtda tovarli benzinning ekologik xossalariga katta etibor karatilyapti:

birinchi-navbatda benzolning mikdori 1% (mas) gacha aromatik uglevodorodlarniki 25

%(mas) gacha chegaralanadi. Rossiyada tovarli benzinga qattiq talablar qo’yadigan

texnologik reglament kiritilgan katalitik riforming qurilmalarida olinidigan benzinga benzol va aromatik uglevodorodlarning juda standartlariga to’g’ri kelmaydi. Shu sababli riforming qurilmalarini aromatik uglevodorod va texnik vodorodni ishlab chiqarishga o’tkazadilar va umumiy benzin fondida benzin riformlarining mikdorini qisqartiradilar. Boshqa yo’nalish bu riformatni dearomatlash va izomerlash bo’lib u muvaffakiyatli amalga oshirilayapti. Riforming benzinning yirik ishlab chiqaruvchi bo’lib qoladi.



Katalitik riforming sharoitida aromatik uglevodorodning hosil bo’lishiga olib keladigan kuyidagi asosiy reakstiyalar sodir bo’ladi:

  1. olti a’zoli stikloalkanlarni degidrogenlash



  1. besh azoli stikloalkanlarni degedroizomerlash




  1. alkanlarni degidrostiklizastiyalash



  1. alkenlarni stiklodegidrogenlash

Arenlarning to’planishga olib keladigan sanab o’tilgan reakstilar bilan bir qator boshqa jarayonlar ham boradi, ya’ni parchalanishning keyinchalik gidrogenlash bilan boradigan alkanlarning kreking alkanlarning izomerlanish arenlar yon zanjirlarning izomerlanish kislorod saqlagan va metalloorganiq birikmalarning parchalanish aren va alkenlarning kondensastiyalanish reakstiyalari.



Kondensastiyalanish reakstiyalari koksning hosil bo’lishiga va uning katalizatorga tuplanishiga olib keldi buning natijasida katalizatorning faolligi yuqoladi. Shuning uchun jarayon vodorodli muhitda olib boriladi.

Degidrogenlash va degidrostiklizastiyalash reakstiyalarining tenglamalaridan kurinib turibdiki Le-Shatelы prinstip iva massalar ta’siri konuniga binoan vodorod bosimning oshishi bu reakstiyalarning muvozanatini o’ngdan chapga siljitadi.

Shu bilan birga ko’rsatilgankim vodorodning bosimi qancha yuqori bo’lsa shuncha koksning to’planishi kam bo’ladi. Mana shu ikkita qarama-qarshi vaziyatlar bilan riformngdagi vodorodning parstial bosimini tanlash amalga oshiriladi.

Riforming benzinli frakstiyalarining barcha hozirgi zamon katalizatorlari jarayonning ma’lum rejimlarida oktan soni 97-103 (t.u) bo’lgan riformatning olinishini ta’minlaydi. Bundan tashqari katalizatorlarni takkomillashtirish asosan barqaror riformat va vodorodning chiqishini oshirish hamda regenerastion aro davrning o’zayishi yunalishida davom etayapti.

Platinali katalizator bifunkstional katalizatorlarga kiradi. Bu jarayon uchun asosiy degidrogenlovchi xossalarga (birinchi funkstiyasi) yupka dispergirlangan va tashuvchi yuzasiga bir tekisda yoyilgan platina ega.

Platinali katalizatorning degidrogenlovchi faolligi saqlaganda maksimal bo’ladi ammo sanoat katalizatorlari 0,3-0,6 % (mas) platinani saqlaydi
Tashuvchi (alyuminiy oksidi yoki alyumosilikat) kislatali xossalarga ega (ikkinchi funkstiyasi). Unda naften halqalarining izomerlanishi parapfinlarning gidrokrekingi va kam darajada gidrokrekinda hosil bo’ladigan parfin va olefinlarning (keyinchalik olefinlarni vodorod bilan to’yintirib) izomerlanish sodir bo’ladi. Tashuvchining faolligini oshirish uchun uning yuzasiga galogen (NSl yoki HF holida) etkazib beradilar. Galogenli (odatda Cl ni) katalizatorni regenerastiyalash paytida yoki xom ashyo bilan birgalikda niritadlar. Tashuvchining gidrokrekinglovchi faolligi platina kristallari yaqinida joylashgan va ularni koks bilan qoplanishidan himoyalovchi faol markazlarning mikdori bilan aniqlanadi. Cho’ktirilgan platina va etkazib berilayotgan galogen massalarining nisbati 1 ga yaqin.

Alyumoplatinali katalizatorning kislotali xossalariga ma’lum darajada uning faolligi va selektivligi uning tarkibiga kiruvchi galogenning tabiati va konstentrastiyasi ta’sir qiladi.

Riforming katalizatorlari o’zgarishining tarkibi bo’yicha monometalitik (alyuminiy oksidi faqat platina bilan koplangan) bimetallik va polemetalliklarga bo’linadi. Platinaning mikdori yuqori bo’lgan monometallik katalizatorlar katalitik zaharlarning ta’siriga chidamliroq, ammo platinaning narxi uchun ancha qimmatga tushadi, shuning uchun hozirgi vaqtda qo’llanilmaydi.

Bimetallik katalizatorlarga platina-reniyli katalizator kiradi,unda tashuvchining o’zida ikkita metall taxminan bir xil mikdorda 0,3 % (mas) dan saqlanadi. Ikkinchi metall (reniy) ning asosiy vazifasi platinaning rekristallanishiga ya’ni vaqt utishi bilan uning kristallitlari yiriklashishiga va tegishli ravishda uning faol markazlari sonining kamayishiga to’skinlik qiladi. Reniy ikkinchi metall sifatida eng ko’p ishlatiladigan metalldir. Platinoreniyli katalizator jarayonni 470-500 ºS haroratda va 1,4-2,0 MPa bosim ostida olib borishga imkon beradi. Reniydan tashqari ikkinchi metall sifatida germaniy iridiy radiy kalay va ko’rg’oshin qo’llanishi mumkin.

XX asrning 80-yillarida bir qator firmalar riformining bimetallik katalizatorlaridan polimetalliklarga ya’ni Pt va Re bilan bir qatorda yana ikkita bo’ladi. Masalan agar alyumoplatinli katalizatorlarli reniy bilan unda unga Cu, Ag, Zn, Jn, Pb, Ge metallari nodir er elementlari La, Ce, Nl, va boshqalar ham kiradi. Monometallik
katalizatorlarning holidagi kabi tashuvchi bo’lib γ-yoki η-Al2O3 xizmat qiladi. Kislotali sifatida polimetallik katalizatorda faqat xlorni qo’llaydilar uning mikdori 0,8-1,1 % (mas) ni tashkil qiladi. Alyuminiy oksidi panjarasiga xlorni kiritishda O ni Cl ga almashtiradilar.

Riforming katalizatorlarning tayyorlash jarayoni ko’p boskichlidir. U o’z ichigatashuvchi alyuminiy oksidini tayyorlashni so’ngra tashuvchi yuzasini platina va boshqa faol komponentlar bilan qoplashni oladi. Bundan keyin katalizatorni quritib, qizdirish kerak. Zarur bo’lganda katalizatorni qizdirgandan keyin uning gaz fazali xlorlanishini, so’ngra esa H2 oqimida katalizatorni qaytarilishini o’tkazadilar. Riforming katalizatorlarining ba’zi modifikastiyalarini (Re va Ir saqlaganlar) oltingugurtlariga uchratiladi qiladilar bu jarayonni katalitik riforming qurilmalarida oltingugurtli birikmalarni saqlagan reakstion aralashmalar yordamida amalga oshiradilar.

Dunyoda riforming katalizatorlarini ishlab chiqaruvchi bir nechta kompaniyalar bir nechta kompaniyalar mashxur. Bu kompaniyalar UOP(AQSh), “Axens”(Franstiya) va “Sritenon” (AQSh)lardir. Rossiyada ular bilan rakobatdosh bo’lgan “Angorskiy zavod katalizatorov” OAJ va “Promkataliz” (Ryazan) ZAO lar faoliyat ko’rsatadi. Bu zavodlar “neftximiy” NPO (Krasnodar) institutining ilmiy-tekshirish ishlanmalari asosida riforming katalizatorlarini ishlab chiqaradi. “NPFOKLAT” OOO (Sankt-Peterburg) Rossiya korxonalarida RB-44U riforming katalizatorlarini ishlab chiqdi va joriy qilindi.

Riforming katalizatorlarining keyingi takomillashishi katalizator chiqishining oshishi oktan sonining ko’tarilishi foydalanish muddatining oshishi yo’nalishida borishi hamda jarayonning moslanuvchanligiga va uning iktisodiy tavsiflarining yaxshilanishiga ko’maklashish kerak.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling