Ms excel 2010 da amallar va formulalar


Download 0.83 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#191504
Bog'liq
Mavzu 10 PhotoShopda qatlamlar va ulardan foydalanish

IBOB. KOMPYUTER GRAFIKASI




MAVZU: PHOTOSHOPDA QATLAMLAR VA ULARDAN FOYDALANISH

PhotoShopning bugungi kundagi muvaffaqiyati kalitlaridan biri bu uning qatlamlar bilan ishlay olishidir. Qatlam bu shaffof qog‘ oz bo‘ lib, PhotoShopda qatlamga qo‘shimcha tasvir joylash mumkin. Qatlamlar ustma-ust joylashib, yaxlit bir tasvir hosil qiladi. Har bir qatlamdagi tasvimi boshqa qatlamdagi tasvirlardan alohida tahrirlash mumkin. PhotoShop suratga qo‘shilgan yangi tasvirlami avtomatik tarzda yangi qatlamga joylaydi. PhotoShopda bir vaqtda 50 dan ortiq qatlam bilan ishlash mumkin.

Qatlamlar bilan ishlash uchun asosiy menyuning Слой (Qatlamlar) bo‘limida joylashgan buyruqlardan foydalanish mumkin. Lekin Слой (Qatlamlar) palitrasidan foydalanish yanada qulay. Bu palitrani ekranga chiqarish uchun asosiy menyuning Oкнo (Oyna) bo'limidagi Слой (Qatlamlar) bandini tanlash yoki klaviaturada F7 funksional tugmasini bosish kerak. Bu palitraning

ko‘rinishi rasmda ko‘rsatilgan. Undagi tugmalaming vazifalari bilan tanishib chiqamiz.

A. Yashirin palitralar; B. Yashirin palitralami ochish; C. Слой (Qatlamlar) jildi; D. Kaнали (Kanallar) jildi; E. Koнтури (Konturlar) jildi; F. Palitrani yashirish va ochish tugmasi; G. Palitra-ning menyusi tugmasi; H. Qatlamning shaffofmasligi (0 dan 100 gacha); I. Qatlamga bo‘yoq quyish (0 dan 100 gacha); J. Qatlamning qotirilganligi belgisi; K. Tanlangan qatlamlami bir-biri bilan bog’laydi; L. Qatlamga stil qo‘shadi; M. Niqob qatlam yaratadi; N. Yangi korreksion qatlam yaratadi; O. Qatlamlaming yangi gumhini yaratadi; P. Yangi qatlam yaratadi; Q. Tanlangan qatlamni o‘chiradi; R. Qatlamni ko‘rsatadi yoki yashiradi.

Mashq bajaramiz. PhotoShopga yon oyna suratini yuklab olawmiz. Uni to‘liq ajratib, nusxalaymiz. Yangi surat yaratamiz. Uning o‘lchamlari yon oyna surati o‘lcham-lari kabi bo‘ladi. Yangi suratga yon oyna suratining nusxasini joylaymiz (quyidagi 1-rasm). Yon oynadagi mototsiklchilaming tasvirini oddiy arqon yoki magnitli arqon uskunasi bilan ajratib olamiz. Klaviaturadagi Delete tugmasini bosib, ajratilgan bo'lakni o‘chirib tashlaymiz (2-rasm). Mehmonxona suratini yuklab, undan nusxa olamiz. Nusxaning o‘lchamlarini kichiklashtirib, yon oyna ustiga qo‘yamiz (3-rasm)..

Mehmonxona va avtomashina suratlari joylashgan qatlamlaming o‘mini almashtiramiz. Buning uchun qatlamlar palitrasini ochamiz. Слой 1 degan yozuv ustiga yoki u joylashgan havorang to‘rtburchak ustiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosib turib, yuqoriga sudraymiz. Слой 2 yozuvi tepasida chiziq paydo bo‘lishi bilan sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboramiz.

PhotoShopda shakl o‘zgartirishlar va qatlamlardan foydalanishga misol sifatida berilgan rasmdan kublar yasab, ulami yig‘ishga urinib ko‘ramiz. Berilgan rasm va olingan natija quyida keltirilgan:

Vazifani bajarish algoritmini keltiramiz:

1. Kub tomonlariga qo‘yilishi kerak bo‘lgan rasmni yuklab olamiz, awal ko‘rib chiqilgan ramka uskunasi yordamida (klaviaturada C tugmasini bosib chaqiriladi) undan 80x80 o‘lchamli qismini kesib olamiz.

2. Yangi tasvir yaratamiz (Ctrl+N). Uning o‘lchamlarini 1000x800 qilib o‘matamiz.

3. Birinchi tasvirga o‘tib, uni to‘liq ajratib olamiz (Ctrl+A) va nusxalaymiz (Ctrl+C). Ikkinchi tasvirga o‘tib, unga birinchi tasviming ikki nusxasini joylaymiz (Ctrl+V).

4. Joylangan ikkinchi nusxa ajratilgan holda turibdi. Uni kursomi boshqarish tugmalari yordamida yoki Pyка (Dastak) uskunasini tanlab, birinchi nusxaning tepasiga olib kelamiz.

5. Bu nusxaning vertikal o‘lchamini ikki barobar kamaytiramiz va uni gorizontal yo‘nalishda -45° ga buramiz.

6. Tasvirga birinchi rasmning uchinchi nusxasini joylaymiz. Uni birmchi usxaning o‘ng tomoniga dastak uskunasi yoki kursomi boshqarish tugmalari yordamida olib kelamiz.

7. Bu nusxaning gorizontal o‘lchamini ikki barobar kamaytiramiz va uni vertikal yo‘nalishda 45° ga buramiz.

8. Uchta nusxa joylashgan qatlamlami birlashtiramiz. Buning uchun ular joylashgan qatlamlami Shift tugmasini bosib turib tanlaymiz va qatlamlami birlashtirish tugmasini bosamiz.

9. Yaratilgan kubni to‘liq ajratib olamiz. Uning nusxasini olib, tasvirga joylaymiz. Yangi kubni surib, birinchisi yoniga keltiramiz.

10. To'qqizinchi amalni sakkiz marta takrorlaymiz. Har safar yangi nusxani qolganlariga bo‘sh joy qoldirmay zich qilib qo‘shib qo‘yamiz.

11. Qilgan ishlarimizni Ctrl+S qo‘shtugmasi yordamida dastlab PhotoShop formatida, keyin jpeg formatida saqlab qo'yamiz. Ikkala hujjatni yopib, PhotoShopda ishlashni tugatamiz.:


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. Mehmonxona suratini boshqa suratdagi kompyuter ekraniga joylang.

2. Mehmonxona suratini boshqa suratdagi avtomashinaning yon oynasiga joylang.

3. Yon oynasida mehmonxona rasmi bo’lgan avtomobil rasmini suratdagi kompyuter ekraniga joylang.

4. Kublami boshqa usullarda joylab, yangi tasvirlar yarating.

5. O‘zingizning fotosuratingizdan kub yasab, ular bilan tasvimi to’ldiring.

6. Qatlamlaming joyini almashtirish qanday amalga oshiriladi?



E’TIBORINGIZ

UCHUN

RAHMAT
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling