Muammoli vaziyat


Download 22.23 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi22.23 Kb.
#151247
Bog'liq
case study


Muammoli vaziyat: Markaziy Osiyoda amalga oshirilgan jamoalashtirish siyosati qanday xususiyat kasb etdi?

Sovet hokimiyatining mamlakat bo‘ylab xojaliklarni majburiy ravishda jamoalashtirish tomon olib borgan siyosati o‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarida 1929 yilning kuzidan boshlab amalga oshirila boshladi. Qishloq xo‘jaligini sosialistik asosda o‘zgartirish istiqbollariga yondashish jarayonida kommunistik mafkurachilar yirik agrar jamoa korxonasi yakka dehqon xo‘jaligidan yaxshiroq, degan fikrga qat’iy asoslanib ish ko‘rdilar. Chunki erdan foyda- lanishning jamoa tizimi markazlashgan rejalashtirishni va ko‘pmillionli qishloq mehnatkashlarini boshqarishni osonlashtirar, qishloqdagi keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy ishlarini butun mamlakat miqyosida tezroq amalga oshirish imkonini berar edi. Eng asosiysi, markscha tasavvurga ko‘ra, jamoa xo‘jaliklari sosializm ideallariga yot bo‘lgan “mayda burjua psixologiyasi” bilan “zaharlangan” dehqonni sosialistik yoiga solishni tezlashtirar edi.

Jamoalashtirishning “jadal sur’atlari” natijasida mintaqa bo‘yicha ishlab chiqarish vositalarini umumiylashtirish masalasi noaniqlik tufayli yakka xo‘jalikdan birdaninga jamoa xojaligining oliy shakli bo'lgan kommunalarga sakrab o‘tish hollari sodir boidi. Kommunalar tashkil etilgan joy­larda darhol turar joylarni, mayda hayvonlarni, parranda va boshqa narsalarni umumivlashtirish ko‘zda tutilgan edi. Qishloq xo‘jalik artellarini tashkil etish vaqtida ham joylarda chorva mollari va parrandalami umumiylashtirishga intilish sodir bo‘ldi. Shunday qilib, jamoalashtirish dehqonlarga zo‘ravonlik qilish yo‘li bilan amalga oshirildi.

o‘ziga to‘q, badavlat xo‘jaliklaming mol-mulkini to‘liq musodara qilish “boy-quloqlar” oilala- rini o‘zga yurtlarga surgun qilish ommaviy qonunsizliklar asosida amalga oshirildi. “Quloq”larga qarshi kurash niqobi ostida asosan tadbirkor, ishbilarmon dehqonlarga nisbatan yalpi urush e’lon qilindi. Dindor bo‘lgani uchun, ma’muriyatning xatti-harakatiga norozilik bildirgani uchun shaxsiy o‘ch olish maqsadida quloq qilish holatlari ko‘payib ketdi. Ijtimoiy jihatdan asosan o‘rtahol deh­qonlar ashaddiy “quloq qilish” zarbasiga uchradi. Aslida boylar va quloqlar “inqilobdan keyingi” dastlabki yillarda va 20-yillaming agrar islohotlari jarayonida tugatilgan edi. Awalo, bunga asosiy sabab “quloq’larni aniqlash uchun davlat tomonidan ishlab chiqilgan qat’iy mezonning yo‘qligi edi. “Quloq”lami belgilashda ular ijtimoiy jihatdan emas, ko‘pincha xo‘jaliklaming ahvoliga qarab baholandi. Natijada “quloq” toifasiga dastlabki islohotlar jarayonida olingan erda o‘z mehnatlari bilan xo‘jaliklami o'rtacha va o'rtachadan yuqori darajaga ko'tarishga muvaffaq bo'lgan dehqonlami ham kiritish holatlari yuz berdi.



Ommaviy “quloqlashtirish” fuqarolar urushi qonunlari asosida haddan tashqari zo‘ravonlik bilan o‘tkazildi. Jadal jamoalashtirishga, quloq qilishga, o‘rtahol qatlamlarga shubha bilan qarashga, qish­loq aholisining boshqa qatlamlari insoniy huquqlarining poymol etilishiga qaratilgan yo‘l qishloqda siyosiy vaziyat keskin tus olishiga sabab boidi. Rasmiy targ‘ibot bu holatlami sinfiy kurashning kuchayishi, deb atadi. Haqiqatda esa qatag‘onlar iskanjasida siqib qo‘yilgan va ezilgan tinch qishloq aholisining noroziligi edi. Qishloqqa “qizil gvardiya hujumi” siyosatining barbod boiganligi mam­lakatning yuqori siyosiy rahbariyatini tashvishga soldi. 1930 yil 2 martda “Pravda”da Stalinning “Yutuqlardan esankirash” nomli maqolasi bosilib chiqdi, unda jamoalashtirish davridagi “qing‘ir- liklar” uchun hamma ayb mahalliy xodimlar zimmasiga qo‘yildi. Stalin ularga nisbatan keskin cho- ralar o‘tkazishni talab qildi.

Shu darajaga etib bordiki, hatto markaz, joylarda quloq qilinishi lozim bo ‘Iganlar sonigacha oldin- dan ко ‘rsatma berar edi. Qozog‘iston mahalliy sovet organlariga quloq qilinayotganlar soni xo‘jalik aholisining 3-5 % ini tashkil qilishi kerakligi uqtirib o‘tilgan edi. Ammo mazkur mintaqadagi “rahbar”- laming tirishqoqligi sabab bu son berilgan normadan ikki, hatto uch barobar oshib ketgan vaqtlari ham boidi. Masalan, Petropavlovsk okrugining Krasnoarmeysk tumanida xo‘jalikdagi jami 496 oiladan 7 foizi quloq qilindi, bu esa uch barobar ko‘p demakdir. Quloq va boylar bilan kurash natijasida Qozo- gistonda 3113 kishi qamoqqa olinib, sudga berildi. 2450 xo‘jalik esa yashash joyidan badarg‘a qilindi. Quloqlar bilan kurash davomida Qozog‘iston bo‘ylab 60 ming xo‘jalik boy deb e’lon qilinib, mol-mulki musodara qilindi. 40 mingdan ziyod xo‘jalik quloqlashtirildi, qolganlari bo‘lsa mulkini tashlab qochib ketishga majbur bo‘ldi. OGPUning maxsus lagerlar bilan shug‘ullanuvchi GULAG tashkilotining maxfiy ma’lumotlariga ko‘ra, 1930-1931 yillarda quloq qilinib maxsus lagerlarga yuborilganlar soni 6765 kishiga etgan. Xuddi shu bo‘lim ma’lumotlari bo‘yicha Qozog‘istonning о‘ziga shu yillarda 46091 ta oila yoki 180015 kishi surgun qilingan. Bular Volganing o‘rta va quyi oqimi dehqonlari, Nijegorod o‘lkasi, Moskva viloyati, o‘rta Osiyo va Kavkazorti xalqlaridan iborat bo‘lgan. Qozoqlar tarixida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchilami o‘troq hayotga olishga, jamoalashtirishga qaratilgan harakat- lar ayanchli kechdi. 1930 yilda o‘troq hayot tarziga 87136 xo‘jalik, 1933 yilda 242208 xo‘jalik zo‘rlik yo‘li bilan o‘tkazildi. Ulami dashtdan bir joyga to‘plash, chorvani qiyin ahvolga solib, qirilib ketishiga sabab bo‘ldi.
Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling