Muammoli vaziyat


Download 24.5 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi24.5 Kb.
#152428
Bog'liq
Muammoli vaziyat


Muammoli vaziyat:

1-Misol. Kassa kirim orderini olib ko’radigan bo’lsak, bu xujjatda pul berish uchun farmoyish bor, ikkinchidan, kassadan pul berilganligi haqida tegishli shaxslarning imzolari bor bo’lib, ular ushbu operatsiyani bajarganligini isbotlaydi va uchinchidan, buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtirish uchun maxsus ko’rsatgichlarga ega. Xujjatlar xo’jalik

operatsiyalarini aks ettirish tartibiga qarab boshlang’ich va yig’ma xujjatlar guruhlariga bo’linadi. Boshlang’ich xujjatlar xo’jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda tuzilib,

ular ushbu operatsiyaning bajarilganligi to’g’risida dastlabki dalil hisoblanadi. Boshlang’ich xujjatlarga kassa kirim orderi , kassa chiqim orderi, schyot faktura, nakladnoy kabi xujatlar

misol bo’la oladi.

2- Misol. Kassa kirim orderini olib qaraydigan bo’lsak, bu xujjat korxona kassasiga kirim qilingan pul miqdorini aks etaradi, yaoni sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyasini birinchi dalili bo’lib ham hisob lanadi. Yig’ma xujjatlar esa boshlang’ich xujjatlar asosida tuzilib, xo’jalikda sodir bo’lgan

operatsiyalarni ikkinchi bor qayd qiladilar. Mazkur xujjatlar boshlang’ich xujjatlardagi maolumotlarni umumlash tiradi. Yig’ma xujjatlarga moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari, jamg’aruvchi vedomostlar va boshqalar misol bo’ladi.

3-Misol: korxona kassirining hisobotini ko’rib chiqadigan bo’lsak, u kassa kirim va chiqim orderlari asosida tuzilib, maolum bir hisobot davrida kassaga qancha miqdorda pul

tushganini va qancha miqdorda sarf qilinganligi to’g’risidagi umumlashgan maolumotni aks ettiradi.

Javoblari.

-Buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtirish xujjatlari turkumiga xar-xil hisob-kitoblar (asosiy vositalarning eskirishini hisoblash) vedmostlar, jurnal-order va boshqalar kiradi.

Ushbu xujjatlar xo’jalik opratsiyalarini bajarilishiga asos bo’lmaydi, chunki ular mustaqil ahamiyatga ega emaslar, binobarin ular ilgari rasmiylashtirilgan buyruq beruvchi va dalil bo’luvchi xujjatlar yoki buxgalteriya hisobi schyotlarida

aks ettirilgan yozuvlar asosida tuziladi.

-Aralash (kombinatsiyalashgan) xujjatlarga yuqorida keltirilgan turli xil (buyruq beruvchi, dalil bo’luvchi va buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi) xujjatlarning belgilarini o’zida mujassamlash tirgan xujjatlar kiradi. Ular bir paytning o’zida xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun buyruq beruvchi, ham uning bajarilishini isbotlovchi dalil va buxgalteriya yozuvini aks ettiruvchi

xujjatlar bo’lib hisoblanadi. Aralash xujjatlar turkumiga kassa chiqim orderi, kassa kirim orderi, hisob - kitob to’lov vedmostlari va boshqalar kiradi.

-Buxgalteriya xujjatlarida aks ettirilgan xo’jalik operatsiyalarini schyotlar yordamida guruhlash uchun maxsus shaklda tuzilgan jadvallardan foydalaniladi. Bu jadvallar hisob registrlari deb ataladi.
Download 24.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling