Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning arifmetikaga bag’ishlangan «Al jabr va al muqobala»


Download 0.61 Mb.
bet19/25
Sana11.11.2021
Hajmi0.61 Mb.
#443141
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
algoritm nazariyasi va algoritmlash a
4-практика№4, Algebra va matematik analiz fanidan lug at (R.Yarqulov, M.Barakayeva), Маъмуралиев Авазбек 1, Мустакил иш, Мустакил иш, Амалиёт-15, fulltext, sss, civil proj advt, civil proj advt, problem, integral tenglamalarni yechish metodlari — копия, VLSI Implementation of Cellular Neural N, Sayt nomi, Sayt nomi
6-bosqich. Dasturlash.
Masalaning ishchi holatga keltirilgan yechish algoritmini tan­langan algoritmik til vositasida ifodalash (tavsiflash, tasvirlash) dasturlash deyiladi.

Algoritmning har bir mayda bo’lagi algoritmik tilning ope­ratorlari yordamida, tilning sintaksis va semantika qoidalari asosida yozib chiqiladi. Algoritm mukammal tuzilgan bo’lsa, dasturlashda qiyinchilik tug’ilmaydi. Dasturlash jarayonida quyidagi takliflar inobatga olinsa, xatolarni tuzatish jarayoni yengillashadi:

1. Dastur umumiy bo’lishi kerak, ya’ni ma’lumotlarning aniq biror turiga bog’liq bo’lmasligi kerak, massivning chegara parametrlarini tekshirish lozim (massiv elementlarining soni 0 yoki 1 bo’lib qolishi yoki yuqori chegarasidan oshib ketish holatlari);

2. Dasturni o’zgarmas va o’zgaruvchi qismlarga ajratish (biror o’zgarmas kattalikni boshqasi bilan almashtirish zarurati bo’lib qolsa, dastur matnini chaqirib o’zgartirish kerak - bu noqulay holat EXE, SOM fayllarida aslo mumkin emas);

Dasturda kiritiladigan ma’lumotlarni nazorat qilish qismi bo’lishi kerak.

3. Dasturdagi arifmetik amallarni kamaytirish va dasturni ishlashini tezlatish uchun:

- darajaga oshirish amallari ko’paytirish amali bilan al­mashtirish ma’qul;

- bir xil ma’lumot bilan hisoblanayotgan arifmetik (al­gebraik) ifodalarni bir marta hisoblab, qiymatini biror o’zgaruvchida saqlab ishlatish;

- takrorlashlarni tashkil qilishda takrorlanish chegarasini berish uchun ifodalardan emas, balki oddiy o’zgaruvchilar­dan foydalanish;

- takroriy hisoblashlar tarkibida uchraydigan va takrorla­nish davomida qiymatini o’zgartirmaydigan ifodalarni tak­rorlanishdan tashqarida hisoblash;

4. Dasturning har bir bo’lagi, moduli qismlariga tushuntirish­lar yozilgan bo’lishi kerak. Dasturdagi tushuntirishlar, masalani yechish ketma-ketligini ifodalovchi mantiqiy ket­ma-ketlikdan iborat bo’lmog’i kerak.

Dasturdagi modullar, qismlar aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Takrorlanish boshi va takrorlanish oxiri alohida qatorda turgani ma’qul.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling