Muhammad al-xorazmiy nomidagi tatu kompyuter injiniringi fakulteti


Download 23.32 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi23.32 Kb.
#161051
Bog'liq
MUHAMMAD AL18билет



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TATU KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI


Билет18




Ma'lumotlar bazasi fanidan ON 2020-2021 o`uv yili uchun



1

Big data ga ta’rifni bering?

SQLda jarayonlar va standart funksiyalarga tariflang

UPDATE operatoriga misol keltiring

2

3

Kafedra majlisining 2018 yil 30-avgustdagi 2 - sonli bayoni bilan tasdiqlangan

Tuzuvchi: АТ Ка kafedrasi

Kafedra mudiri Zaynidinov X.N.




1.Big dataga ta’rifni bering?

Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi.

Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan.

Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniy latlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi.



SQLda jarayonlar va standart funksiyalarga tariflang

SQL(Structured Query Language) – Bu so'rov tili ko'p operatorlardan tashkil topgan bo'lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma'lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so'rovlarni amalga oshirishda bu so'rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo'q.

SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:

Ma'lumotlarni so'rov orqali olish.

Jadvalning qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash.

Ob'ektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish.

Ma'lumotlar bazasi va ob'ektlarga ruxsatlarni o'rnatish.

Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash.

2 hil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o'rnatilgan(встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi.

Interaktiv SQL deganda — ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi.

O'rnatilgan SQL deganda – so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.

SQl operatorlari bir necha guruhlarga bo'lingan. Bu bo'linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo'lingan. Ular quyidagilar:

DDL(Data Definition Language) , ANSI bu guruh SDL(Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma'lumotlar bazasida ob'ektlar(jadvallar, indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.

DML(Data Manipulation Language) – ma'lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig'indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma'lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.

DCL(Data Control Language) – ma'lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.

ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir.

UPDATE operatoriga misol keltiring

SQL muhitida tashkillashtirilgan MB jadvallaridagi ma’lumotlarni o’zgartirish uchun UPDATE (o’zgartirish) buyrug’idan foydlaniladi. Bu buyruqda jadval nomini ko’rsatishdan tashqari, SET (aniq ustun qiymatilarini bildiradi) kalit so’zii ham ishlatiladi. Masalan, hamma buyutmachilarning reytingini 200 ga o’zgartirish uchun quyidagi buyruqni berish mumkin: UPDATE Customers SET rating = 200; Bu buyruqda jadvaldagi hamma qator qiymatalrini emas, ayrim qatorlarni tanlab o’zgartitish ham mumkin. Bunung uchun predikatlardan foydalanamiz. Masalan, sotuvchi Peel xizmat ko’rsatadigan barcha buyutmachilarning reytingini 200ga o’zgartirish uchun, quyidagi buyruqni beramiz: UPDATE Customers SET rating = 200 WHERE snum = 1001; Siz UPDATE buyrug’ida ifodalardan foydalanishingiz ham mumkin.Masalan, barcha sotuvchilarning ustamalarini ikki baropbar oshirmoqchisiz. Bunung uchun quyidagicha buyruq berishungiz mumkin: UPDATE Salespeople SET comm = comm * 2; Bu buyruq yordamida jadvalga NULL qiymatlarni ham kiritish mumkin. Masalan, London shahrida yashovchi buyurtmachilarning reytinglari o’rniga NULL qyimat kiritish lozim bo’lsin. Unda quyidagi buyruqni beramiz: UPDATE customers SET rating = NULL WHERE city = 'London';


022-18 грух 3 курс талабаси жалолова Муқаддам Ўктамовна
Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling