Muhammad al-xorazmiy nomidagi tosh


Download 40.16 Kb.
Sana14.10.2020
Hajmi40.16 Kb.
#133711
Bog'liq
AMALIY ISH-1. HAYOT FAOLIYATI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


Hayot faoliyati xavfsizligi”



fanidan
AMALIYOT
TOPSAIRIQ №1

Bajardi: Telekommunikatsiya fakulteti ta’lim yo‘nalishi

___OEL-017__guruh

Nurullayev Inomjon


Qabul qildi:  Agzamova Mutabar Raximdjanovna

Toshkent 2020

Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligining ergonomik asoslari.


Nurullayev Inomjon

№ 41.

41, 103


I.Nazariy savolllar:

41. Ish vaqti va dam olish rejimi. Ish vaqtidan tashqari ish.

103. O‘zbekiston Respublikasida radioaktiv ifloslanish manbalari.

Javoblar:

1. Mehnat kodeksining 114-moddasiga binoan, xodim ish tartibi yoki grafigiga (jadvaliga) yohud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq, o’z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo’lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

Haqiqatda ishlangan vaqt deganda u yoki bu kalendar davrda xodim tomonidan o’zi uchun belgilangan norma doirasida yoki tayin etilgan tartibda bu normadan tashqari ishlangan vaqti tushuniladi.

Ish vaqtini huquqiy jihatdan tartibga solish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

-ish vaqti muddatini normalashtirish;

-ish vaqtidan faydalanishni muayyan tartibga solish;

-ish vaqtini hisobga olish tartibini belgilash.

Ish vaqtini normalashtirish-bu turli toifadagi xodimlar uchun muayyan kalendar davrlardagi ish vaqtining muddatini belgilashdir. Ish vaqtidan foydalanishni muayan tartibga solish ish vaqti rejimini belgilashni, shuningdek, normal mehnat shartlari doirasidan chetga chiqilgan taqdirda ish vaqtidan foydalanish xususiyatlarini belgilab qo’yishni taqozo etadi. Va, nihoyat, ish vaqtini hisobga olish ish vaqtini qayd etib borishning muayyan tizimi va tartibini o’rnatishni anglatadi.

Mehnat kodeksida ish vaqtining quyidagi turlari nazarda tutiladi:

-ish vaqtining normal muddati;

-ish vaqtining qisqartirilgan muddati;

-to’liqsiz ish vaqti.

Ish vaqtining qisqartirilgan muddati. Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog’lig’i holati, mehnat sharoitlari, mehnat vazifalarining o’ziga xos xususiyatlari va o’zga holatlarni inobatga olib, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq, mehnatga to’lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:

-o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar;

- I va II guruh nogironi bo’lgan xodimlar;

-uch yoshga to’lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar;

-noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo’lgan xodimlar;

-alohida tusga ega bo’lgan ishlardagi xodimlar (bular jumlasiga ishi yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo’riqish, asab tangligi bilan bog’liq xodimlar kiradi, xususan, tibbiyot xodimlari bilan pedagoglar).

Amaldagi qonun hujjatlari bundan tashqari, barcha xodimlar, shu jumladan, nomlari yuqorida zikr etilgan xodimlar uchun bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasidagi ish vaqtini, hamda tungi vaqtdagi ish vaqtini kamida bir soatga qisqartirishni ham nazarda tutadi.

Mehnat kodeksining 242-moddasiga binoan, ish vaqtining muddati haftasiga:

-o’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan xodimlarga- o’ttiz olti soatdan;

-o’n beshdan o’n olti yoshgacha bo’lgan xodimlarga (ta’til davrida ishlayotgan o’n to’rtdan o’n olti yoshgacha bo’lgan o’quvchilarga)- yigirma to’rt soatdan;

-o’quv yili mobaynida o’qishdan bo’sh vaqtlarida ishlayotgan o’n oltidan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan o’quvchilarga- o’n sakkiz soatdan;

-o’quv yili mobaynida o’qishdan bo’sh vaqtlarida ishlayotgan o’n to’rtdan o’n olti yoshgacha bo’lgan o’quvchilarga-o’n ikki soatdan oshishi mumkin emas.

I va II guruh nogironi hisoblangan xodimlarga mehnat kodeksi 220-moddasining uchinchi qismiga binoan, mehnatga haq to’lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga o’ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Uch yoshga to’lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ana shu qo’shimchalarga muvofiq ish vaqtining haftasiga o’ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadigan bo’ldi. Mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda band bo’lgan shaxslarning ish vaqti muddati chegarasi kuniga to’rt yoki besh soatdan oshmasligi kerak.

Ish vaqti rejimi-bu xodimlar uchun belgilangan ish vaqti muddatining muayyan kalendar davr (sutka, hafta, oy va shu kabilar) doirasidagi taqsimotdir. Ishvaqti rejimi tushunchasi quyidagi tarkibiy unsurlarni o’z ichiga oladi:

-kundalik ish (smena) muddati;

-ish boshlanadigan va tugallanadigan payt;

-ishdagi tanaffuslar vaqti;

-sutkadagi smena miqdori;

-ish kunlari bilan ishlanmaydigan kunlar navbatma-navbat kelishi;

-xodimlarni bir smenadan boshqasiga o’tkazish tartibi va boshqalar.

Ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish. Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish, deb hisoblanadi. Shuni unutmaslik kerakki, mehnat shartnomasida ilgari, ya’ni nogironlik belgilangunga qadar ish vaqtining normal muddati shartlashilganiga qaramay I va II guruh nogironlari uchun qonun hujjatlarida belgilangandan (haftasiga 36 soatdan) ortiqcha ishlangan vaqt ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish hisoblanadi, hamda, Mehnat Kodeksining 157-moddasiga binoan, kamida ikki hissa miqdorda haq to’lanishi kerak.

Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlardagi ish. Korxonada xodimlarni dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish tartibini belgilashda (tayin etishda) qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan cheklashlarga qat’iy rioya etish kerak. Jumladan, Mehnat Kodeksi 220-moddasining beshinchi qismiga binoan, nogironlarni dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo’lsa, yo’l qo’yiladi. Mazkur Kodeksning 228-moddasiga binoan, homilador ayollarni va o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor) bor ayollarni ham ish beruvchi dam olish kunlaridagi ishlarga faqatgina ularning roziligi bilangina jalb etishga haqlidir. Qolaversa, o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar, shu Kodeksning 245-moddasiga binoan, har qanday holatda ham dam olish kunlaridagi ishlarga qo’yilmaydi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Mehnat Kodeksi 132-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sanab o’tilgan cheklashlarning hammasi tegishli toifadagi xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ishlarga jalb etishga ham tatbiq qilinadi.
2. 2019-yilning 3 iyul kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining OAV vakillari ishtirokida yirik sanoat korxonalari tomonidan atrof-muhitga tashlanayotgan zararli tashlamalar masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda yirik sanoat korxonalari bosh muhandis va ekologlari ham ishtirok etdi.

2019-yilda BMTga a’zo davlatlar  Butunjahon atrof-muhit kunini “Havoning ifloslanishiga qarshi kurash” shiori ostida o‘tkazdilar.

Mazkur mavzuga hamohang ravishda Kengashning yig‘ilishi bevosita yirik sanoat korxonalari tomonidan atrof-muhitga, xususan atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli tashlamalarga atrofli to‘xtalib o‘tildi.

Bugungi kunda Davlat ekologiya qo‘mitasiga yirik sanoat korxonalarining atrof-muhitga tashlayotgan zararli tashlamalari yuzasidan 175 ta, Facebook ijtimoiy tarmog‘iga 10 ga yaqin murojaat kelib tushgan, undan tashqari ijtimoiy tarmoqlardagi fikr mulohazalar monitoring qilganda yirik sanoat korxonalari faoliyatiga nisbatan  juda ko‘plab salbiy fikrlar bildirilgan. Xususan,  Axtachi tsement zavodi (Andijon), Ohangaron va Bekobod tsement zavodlari, Maksam-Chirchiq, Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati (Toshkent viloyati), Sirg‘ali tumanidagi truba zavodi va boshqalar.

Ta’kidlanganidek, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimi organlari tomonidan atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha davlat monitoringi olib boriladi. Ushbu monitoring bilan  452 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qamrab olingan. Ulardan  264 tasida atmosfera havosiga, 171 tasida suv ob’ektlariga tashlamalar, 123 tasida tuproqni ifloslantiruvchi tashlamalar bo‘yicha nazorat olib boriladi.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Atrof muhit monitoringi dasturi quyidagi asosiy sanoat  ifloslantiruvchi moddalarni qamrab oladi: azot oksidlari, oltin gugurt oksidi, is gazi, chang, shuningdek spetsifik ifloslantiruvchi moddalar (ammiak, fenol, og‘ir metallar, vodorod sulfidi, organik erituvchilar, uglevodorodlar va x.k.).

Qo‘mitaning analitik laboratoriyalari tomonidan 2019-yilda o‘tkazilgan taxlillariga ko‘ra, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni me’yorlardan ortiq tashlayotgan korxonalardan  “Oxangaron-tsement” AJ  (chang bo‘yicha  40,7 ga, azot oksidlari bo‘yicha 1,2 ga), Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (chang – 8,4 ga),  “O‘zmetkombinat” AJ (oltingugurt dioksida – 3,1 ga), “Bekobodtsement" AJ (azot oksidi – 2,1ga), “Maksam Chirchiq” AJ (azot oksidi – 4,7ga) va yana bir qator korxonalarni keltirish mumkin.

Atrof muhitni ifloslantiruvchi  korxonalarga nisbatan iqtisodiy choralar ko‘rinadi. Masalan, 2017 yilda jarimalar va kompensatsion to‘lovlar 723,2 mln. so‘mni tashkil qildi, 2018 yil – 975,476 mln. so‘m va 2019 yilning 1- choragida – 1 mlrd 72,83 mln. so‘mni tashkil qildi.

Radioaktiv chiqindilar — tarkibida davlat miqyosida tasdiqlangan normadan ortiq miqdorda radioaktiv izotoplar (RI) boʻlgan suyuq, qattiq va gazeimon chiqindilar.

Radioaktiv chiqindilar, odatda, kichik hajmga qadar konsentrlanib, yer ostiga germetik idishlarda koʻmiladi. Xonalarni va korjomalarni yuvganda hosil boʻladigan quyi darajali faol suyuq Radioaktiv chiqindilar radioaktiv izotoplardan maxsus usullar yordamida tozalangach, qayta ishlatish uchun ishlab chiqarish sistemasiga qaytariladi yoki kanalizatsiyaga tashlanadi. Bu chiqindilardan ajratib olingan RI oʻrtacha darajali faol chiqindilar hisoblanadi.

Qattiq radioaktiv chiqindilarga yuvib ketkazib boʻlmaydigan ifloslangan materiallar, ishlatilgan korjomalar va boshqa kiradi. Bu narsalarning hammasi beton zovurlarga tashlab ustidan sement quyib, butunlay koʻmib yuboriladi.

II. HAVO ALMASHINUVI KARRALILIGINI HISOBLASH.


Issiqlik ajralmasi

2 – jadvaldagi variant raqamlari


41


V, m

550

Q, kj/soat

5·104

QAJR, kj/soat

1,5·10

T0, K

5




Zararli ajralmalar miqdori,

w, g/soat



2 – jadvaldagi variant raqamlari

41.

CO

1,5

Pb·10-3 changi

-

Notoksik P changi

2,5

Berilgani:

V=550 m

Q=5·104 kj/soat



QAJR= 1,5·10kj/soat

T0=5 K



C1 kj/kg·K

np =1.29 kg/m

CO uchun Cd= 2·10-2 g/ m3;

Pb changi uchun Cd= 1·10-5 g/ m3;

Notoksik P changi uchun Cd= 10-2 g/ m3;

Cn0.

Yechilishi:

1. Haydash zarur bo‘ladigan QIs.Aj, issiqlik ajralmasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
QIs.Aj =QP - QAjr=5·104 -1,5·10 =48.5·10kj/soat.

2. Issiqlik ajralganda 1 soat mobaynida ishlab chiqarish binosidan haydash zarur bo‘ladigan L havo miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.


L = QIs.Ajr (C  np)= 48.5·10/(1·5·1.29)=7.51·10m/soat
3. Bu variantda 3-ish bajarilmaydi.
4. Har bir zararli ajralma turi uchun almashtiriladigan havo miqdori L alohida hisoblanadi. Keyin olingan qiymatlarning eng kattasi olinadi va havo almashinuvi karraliligi ifodasiga qo‘yiladi:
=7.51·10/550=13.6=14 1/soat

III. XULOSA.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mehnat xavfsizligining ergonomikasida mehnat jarayonlarida qulay sharoitlarni yaratish maqsadida insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o’rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va ishonchli bo’ladi hamda intellectual va fizik rivojlanishiga yangi imkoniyatkar ochadi. Hayot faoliyatining ergonomic asoslari o’z ichiga insonni har tomonlama yuz berishi mumkin bo’lgan xavfli vaziyatlarga tushmasliklari uchun ularga qulay sharoit tashkil qilishdan iborat. Mehnat qiluvchi shaxs o’zining mehnat jarayonlarida ishning samarali amalga oshishi uchun hamda ishchining sog’ligiga ziyon yetkazmasligi uchun insonning samarali fizik harakatlarini o’rganar ekan. Mehnat xavfsizligi sohasida psixologiyaning o’zining alohida o’rniga ekanligini bilib oldim.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Gasanov M., Sokolov Ye. «O’zbekistonning mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari: savollar va javoblar». Toshkent: «O’qituvchi»-2001 yil, 5-187 betlar.

2. Dodoboev Yu.T., Xudoyberdiev A. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Farg’ona-2001 yil, 108- va 130-145 betlar

3. Hayot faoliyati xavfsizligi. Yo’ldoshev. O’, Raximov. O.


4. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya. Sapaev M.S., Qodirov F.M. O‘quv qo‘llanma, Toshkent-“Aloqachi”-2019, 276 bet.
5. www.ziyonet.uz.
Download 40.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling