Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti


Download 1.22 Mb.
bet1/11
Sana21.01.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1106165
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishiAliyeva Dilrabo


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
Dasturiy injiniring” yoʻnalishi 941-20 guruh talabasi
Aliyeva Dilraboning
INDIVIDUAL LOYIHA 1
Mavzu: Nutq signallarini qayta ishlash uslublari


ILMIY RAHBAR: Yusupov Firnafas

Urganch 2023

Mundarija:
Kirish…………………………………………………….. 3
1.Tizimli tahlil…………………………………………………. 4
1.1. Nutq va nutq a’zolari……. ………………………………………. 4
1.2 Nutq tovushlari……………...……………………………………… 6
1.3. Masalaning qo’yilishi…………………………………………........ 10
2. Asosiy qism…………………………………………………. 10
2.1 Nutq va raqamli signallarni qayta ishlash………………………….­­ 10
2.2.Nutq texnologiyalari……………………………………………...... 20
2.3. Nutqni aniqlashning avtomatlashtirilgan tizimlari…………………. 26
3.Xulosa………………………………………………………… 29
4.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………… 31
Kirish
Zamonaviy axborot texnologiyalari bugungi kunda jamiyatda alohida ahamiyatga ega. Boshqa ilmiy-texnik yutuqlardan informatika va hisoblash texnikasining farqi shundaki, ular inson aqliy faoliyatining barcha sohasida foydalanilib, ilmiy-texnik jarayonlar taraqqiyotiga targ’ib etiladi. Keyingi vaqtlarda asosiy e’tibor inson va mashinaning nuqt orqali interfeysini avtomatlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayon ham izlanuvchilarni, ham foydalanuvchilarni birdek qiziqtiradi. Odamlar uchun muloqotning tabiiy va eng oddiy usuli bu og’zaki nutq orqali muloqot qilish usuli hisoblanadi. Shuning uchun muloqot texnologiyalari robototexnikada, kompyuter qurilmalarini boshqarishda, telekommunikatsiya tizimlarida keng foydalaniladi.
Nutq orqali muloqot vositalari quyidagi yo’nalishlarda qo’llaniladi:
1) Mobil qurilmalar uchun mo’ljallangan dasturlarni ovoz orqali boshqarishda;
2) Imkoniyati cheklangan odamlar uchun shaxsiy kompyuter va inson o’rtasida muloqot qilishda;
3) Aqlli uylarni tashkil qilishda.
Mobil qurilmalarda qo’llanilishiga ehtiyojning sababi unda kiritish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, ekran) orqali ishlashning qiyinchiligidadir. Shu bilan birga ovoz orqali kiritish uchun eng qulay vosita ham mobil qurilmalari hisoblanadi. Chunki mobil qurilmalari eng asosiy qurilmalar(asosan mikrofon) bilan ta’minlangan va internetga ulanish oson.
Nutqni tanish tizimini nutqni avtomatik tanishdan iborat. Foydalanuvchi biror so’zni aytganda tizim uni matnga aylantirish lozim. Agar tizim buyruq bajaradigan bo’lsa, u holda shu matnga mos buyruqni bajarishi kerak. Undan tashqari nutqni tanish tizimi nutqni biror aniqlangan tilda amalga oshiradi. Shuning uchun oldindan qaysi tilda aytmoqchiligini foydalanuvchi o’zi ko’rsatishi, yoki tizim qaysidir bir tilda ishlashi lozim.
Internet orqali ishlovchi Google Voice API va Yandex SpeechKit tizimlari bo’lib, ular hozirda ko’plab dasturlarda qo’llanilib kelinmoqda. Ularning afzallik tamonlari istalgan sohaga oid nutq tovushlarini yuqori aniqlikda matnga aylantiradi. Undan tashqari yaratilgan tayyor API lar orqali internet orqali foydalanish mumkin.
Qandaydir sohani oladigan bo’lsak, bu sohadagi so’zlar soni ko’pincha chekli bo’ladi yoki juda oz bo’lishi mumkin. Google Voice API, Yandex SpeechKit va boshqa shunga o’xshash tizimlarning barcha so’zlar bazasidan aytilgan so’zga eng yaqinini izlab topadi. Bazadagi so’zlar ko’p bo’lganligi sababli aytilgan so’zni o’rniga unga yaqin boshqa so’zni topish holatlari bo’lishi mumkin. Ko’pchilik dasturlarda ishlatiladigan buyruqlar chekli bo’ladi va internet tarmog’isiz ishlashni talab qiladi. Masalan, kalkulyator dasturni oladigan bo’lsak unda faqat sonlar va amallar ishlatiladi. Unda aytilgan so’zlarni faqat oz so’zlar to’plamidan izlash yetarli. Bunday tizimlar uchun Sphinx tizimi eng yaxshi hisoblanadi.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling