Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Dasturiy injinering fakulteti hisobot mevazor Mahalla. Talaba: Igamberdiyev. Sh. Amaliyot rahbari: Begimov. O’. Toshkent-2021 yil


Download 131.5 Kb.
bet16/23
Sana10.11.2021
Hajmi131.5 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
for TAKRORLASH STRUKTURASI
for strukturasi sanovchi (counter) bilan bajariladigan takrorlashni bajaradi.
Boshqa takrorlash bloklarida (while, do/while) takrorlash sonini kontrol
qilish uchun ham sanovchini qo'llasa bo'lardi, bu holda takrorlanish sonini
o'ldindan bilsa bo'lardi, ham boshqa bir holatning vujudga kelish-kelmasligi
orqali boshqarish mumkin edi. Ikkinchi holda ehtimol miqdori katta bo'ladi.
Masalan qo'llanuvchi belgilangan sonni kiritmaguncha takrorlashni bajarish
kerak bo'lsa biz while li ifodalarni ishlatamiz. for da esa sanovchi
ifodaning qiymati oshirilib (kamaytirilib) borilvuradi, va chegaraviy qiymatni
olganda takrorlanish tugatiladi. for ifodasidan keyingi bitta ifoda
qaytariladi. Agar bir necha ifoda takrorlanishi kerak bo'lsa, ifodalar bloki
{} qavs ichiga olinadi.

for strukturasi uch qismdan iboratdir. Ular nuqta-vergul bilan bir-biridan


ajratiladi. for ning ko'rinishi:
for( 1. qism ; 2. qism ; 3. qism ){
takror etiladigan blok
}
1. qism - e'lon va initsalizatsiya.
2. qism - shartni tekshirish (oz'garuvchini chegaraviy
qiymat bilan solishtirish).
3.qism - o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish.
Qismlarning bajarilish ketma-ketligi quyidagichadir:
Boshida 1. qism bajariladi (faqat bir marta), keyin 2. qismdagi shart
tekshiriladi va agar u true bo'lsa takrorlanish bloki ijro ko'radi, va eng
ohirda 3. qismda o'zgaruvchilar o'zgartiriladi, keyin yana ikkinchi qismga
o'tiladi.

4. FUNKSIYALAR
C# da dasturlashning asosiy bloklaridan biri funksiyalardir. Funksiyalarning
foydasi shundaki, katta masala bir necha kichik bo'laklarga bo'linib, har
biriga alohida funksiya yozilganda, masala yechish algoritmi ancha
soddalashadi. Bunda dasturchi yozgan funksiyalar C# ning standart kutubhonasi
va boshqa firmalar yozgan kutubhonalar ichidagi funksiyalar bilan
birlashtiriladi. Bu esa ishni osonlashtiradi. Ko'p holda dasturda takroran
bejariladigan amalni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu
funksiyani chaqirish mumkin. Funksiyani programma tanasida ishlatish uchun u
chaqiriladi, yani uning ismi yoziladi va unga kerakli argumentlar beriladi.
() qavslar ushbu funksiya chaqirig'ini ifodalaydi. Masalan:
foo();
k = square(l);
Demak, agar funksiya argumentlar olsa, ular () qavs ichida yoziladi.
Argumentsiz funksiyadan keyin esa () qavslarning o'zi qo'yiladi.

Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling