Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Dasturiy injinering fakulteti hisobot mevazor Mahalla. Talaba: Igamberdiyev. Sh. Amaliyot rahbari: Begimov. O’. Toshkent-2021 yil


Ish mobaynida quyidagilar taqiqlanadi


Download 131.5 Kb.
bet3/23
Sana10.11.2021
Hajmi131.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

Ish mobaynida quyidagilar taqiqlanadi:


  • kiyimning yuqori cho’ntaklarida begona metall buyumlar, ayniqsa o’zining tarkibida magnitlangan temirga ega bo’lgan buyumlarni saqlash;

  • malakasi ikkinchi toifadan past bo’lgan shaxslarni xonada bir o’zi ishlashi;

  • mashinaning tok oqib o’tadigan qisimlariga teginish;

  • manbaga ulangan kompyuterdan platalarni olish va qo’yish; shuningdek, ajralishi yoki bog’lanishli ulanishlarni ajratish yoki ulash;

  • tarmoqqa ulangan kompyuterning ustki qopqog’ini yechish;

  • axborotni tasvirlovchi modul ( monitor ) qopqog’ini ochish, chunki electron nur trubkaga yuqori kuchlanish beriladi;

  • ventilatsion tirqishlarni berkitish;

  • malakaviy mas’uliyatga ega bo’lmagan foydalanuvchilarga kompyuterda paydo bo’lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish;

  • boshqa nominalga ega bo’lgan saqlagichlarni ishlatish;

  • nosoz mashinalar bilan ishlash;

  • ish vaqtida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq holda tashlab ketish…

Ish joyida monitor shunday joylashishi kerakki, yorug’lik iloji boricha yuqoridan burchak ostida tushishi kerak. Monitor derazaga nisbatan yoni bilan turishi, ish stoli esa yorituvchi qurilmalar ostida turishi kerak. Ko’zni zo’riqtiradigan, to’g’ri ( ko’rish maydoniga tushayotgan yorug’lik manbayi ) va qaytgan ( ekrandan qaytgan yorug’lik ) yorug’likdan iloji boricha himoyalanish kerak. Buning uchun ish joyini o’zgartirish kerak. Monitordagi tasvirning yoritilganligi, ravshanligi va kontrasti bajarilayotgan ishga va xonaning yoritilganligiga bog’liq holda sozlanishi kerak. Monitor, hujjatlar va klaviatura shunday joylashishi kerakki, ularni yorug’lik manbasiga nisbatan joylashganligiga bog’liq bo’lgan yuzalardagi ravshanlik 1:10 nisbatan oshib ketmasligi kerak ( 1:3 nisbat tavfsiya etiladi ).

O’tirganda oyoqlarning bukilgan burchgi 90 daraja va undan yuqorini tashkil qilishi zarur. Axborot kiritish vaqtida qo’lning tirsakdan to kaftgacha bo’lgan qismi pol bilan parallel bo’lishi, yelkalar esa erkin holda bo’lishi kerak.

Bu maslahatlarning hammasi kompyuter bilan ishlashda tana a’zolarini toliqtirmasdan, zo’riqtirmasdan ishlashini ta’minlaydi.


Xulosa: bundan ko’rinib turibdiki, kompyuter bilan ishlaganda har bir ishga ma’suliyat bilan yondoshib, texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish mashinaning ham, insonning ham havfsizligini ta’minlaydi. Bu esa ikki tarafga ham omadli ish yuritishga imkon yaratadi.


Download 131.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling