Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali


Download 26.17 Kb.
Sana11.05.2020
Hajmi26.17 Kb.
#104935
Bog'liq
Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
«Kompyuter injiniring» fakulteti DI-11-16 guruh talabasi Alijonov Anvarning «sotsiologiya» fanidan bajargan

­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­


Mustaqil ishi

Qarshi-2020


Mavzu :O‘zbekistonda jamiyat hayotini erkinlashtirish


  1. Iqtisodiyot va demokratik jamiyatning о‘zaro bog‘liqligi.

  2. О‘zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.

  3. Demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yо‘nalishlari.

Iqtisodiy hayot kishilik jamiyati hayotining muhim sohalaridan biri bо‘lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi. Unda insonlar о‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tirikchilik ne’matlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar. Shuningdek, ular taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishga qaratilgan faoliyatlarida о‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.

Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini tashkil etadi va ularning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy ta’sir etadi.

Sobiq totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida iqtisodiy hayot soxta siyosat, mafkuraviy maqsadlarga bо‘ysundirilgan edi. Mafkura iqtisodiyotdan ustun bо‘lib, uning rivojlanish yо‘nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-kooperativ mulk shakllaridan iborat umumxalq mulki deb atalmish, egasiz mulk tashkil etardi. Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig‘iga ega bо‘lib, iqtisodiyotda yakka hokimlikni о‘rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan ma’muriy-buyruqbozlik asosida boshqarib, nimani, ya’ni qanday mahsulot va xizmatlarni qancha miqdorda, qanday texnologiyadan foydalanib, kimlar uchun ishlab chiqarishni rejalashtirib, belgilab berar edi.

Jamiyat a’zolari ijtimoiy mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish mulkdorlik huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shug‘ullanish qonun bilan man etilgan edi. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka tortilar edilar.

Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganliklari tufayli, mehnat motivatsiyasi va ijtimoiy adolat tamoyillari buzilgan edi. Pirovard natijada sobiq ittifoq chuqur tanazzulga uchrab, tarqab ketdi.

Ma’lumki, shaxsning mulkdor bо‘lish, erkin kasb tanlashi, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, о‘zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug‘ullanish hamda shunga muvofiq cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bо‘lish kabi demokratik ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini amalga oshirishni faqat ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir.

Mustaqillikka erishgan О‘zbekiston, xalq turmush farovonligini, iqtisodiy faoliyat tadbirkorlik erkinliklarini, eng muhimi, mulkdor bо‘lish imkoniyatlarini ta’minlaydigan ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.

Shuning uchun ham О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida «bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan О‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining ting huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi» deb belgilab qо‘yilgan.

Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi haqida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: «Biz tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishar ekanmiz, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish quruq maqsad emas, degan aniq-ravshan xulosaga kelganmiz. Barcha islohotlarning-iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat», - deb ta’kidlagan.

Erkin ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi iqtisodiy plyuralizm bо‘lib, demokratiyaning umumbashariy tamoyili hisoblanadi. Iqtisodiy plyuralizm tushunchasi mulk shakllari va xо‘jalik yuritish usullarining xilma-xil bо‘lishida о‘z ifodasini topadi. Shu boisdan ham ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti о‘z mohiyatiga kо‘ra kо‘p ukladli poliiqtisodiyot bо‘lib, unda turli mulk shakllari va xо‘jalik ukladlarining teng huquqligi, muvozanatda bо‘lishi hamda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi ta’minlanadi.

Demokratik jamiyatga monand demokratik iqtisodiy tamoyillar erkin bozor iqtisodiyotining quyidagi tub belgilarida о‘z ifodasini topadi.

1) xususiy mulk;

2) tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

3) shaxsiy manfaatning inson xatti-harakatining bosh motivi ekanligi;

4) raqobat;

5) erkin narx tizimi;

6) hukumat, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklanganligi


О‘zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari

О‘zbekistonda shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat bо‘ladi: birinchisi, yakka tartibda faoliyat yurituvchitadbirkorlarning, dehqon va fermerlarning xususiy mulki, ikkinchisi, ularning shirkat xо‘jaliklaridagi paylari, aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalari, uyushmalardagi ulushlaridan iborat korporativ xususiy mulk. Yakka va korporativ (ulushli) xususiy mulk egalari mulkdor hisoblanib, ularning mulkka bо‘lgan huquqlari, dahlsizligi davlat tomonidan himoyalandi. О‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolik kodeksida» «mulk huquqi shaxsning о‘ziga qarashli mol-mulkka о‘z xohishi bilan va о‘z manfaatlarini kо‘zlab egalik qilishi, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek о‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bо‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilishi huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir». О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida esa mulkdor huquqining daxlsizligi bilan birga, uning mas’uliyati ham belgilab berilgan. Xususan, unda «mulkdor mulkiga о‘z xohishiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart», deb ta’kidlangan. Xususiy mulk miqyoslarining kengayib borishiga olib keladi.

Tadbirkorlik erkinligi ayrim shaxslar va ularning uyushmalari, guruhlarining foyda, daromad olish maqsadida ma’lum sohada xо‘jalik, iqtisodiy faoliyat yuritish erkinligini bildiradi. Bu shuningdek, u yoki bu tarmoqqa tadbirkorlarning о‘z xohishlariga kо‘ra kirishini va undan chiqishini ham anglatadi.

Tanlash erkinligi iste’molchilar huquqlari va manfaatlarining ustunligini, ularning о‘z xohishi, istaklari, didi, daromadiga mos tovar va xizmatlarni tanlash erkinligiga ega ekanliklarini ifodalaydi. Buning uchun birinchidan, tovar xizmatlar hamda resurs bozorlari ham qimmat, ham arzon, bir-birlarining о‘rnini bosuvchi va tо‘ldiruvchi tovarlar bilan tо‘lgan bо‘lishi, ikkinchidan, davlat iste’molchilarni ularning hayoti va salomatligiga ziyon va zarar yetkazuvchi tovarlardan himoya qiladi. Shu maqsadlarda О‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida»gi qonuni amalga oshirilmoqda. Unga binoan iste’molchilar tovar (ish, xizmat) va ularni ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi)lar haqida tо‘g‘ri va tо‘liq ma’lumot olish, tovarlarni erkin tanlash huquqiga egadirlar. Tovar, ish, xizmat iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsonga ega bо‘lgani hamda ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining g‘ayriqonuniy harakati tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning tо‘liq hajmda qoplanishi ta’minlanadi.

Tovarning nuqsonlari bо‘yicha iste’molchining talablari u kassa yoki tovar chekini kafolat muddati belgilangan tovarlar bо‘yicha esa tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki uning о‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda kо‘riladi. Bunday tovarlar boshqa nuqsonsiz tovarlarga almashtirilib beriladi yoki zararning о‘rni pul bilan qoplanadi. Iste’molchi huquqlarining himoya qilinishi, uning tanlash erkinligini ta’minlanishi demokratik iqtisodiy tamoyilining rо‘yobga chiqarilishini anglatadi. Shuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2002 yilda qabul qilingan muhim qarorlariga muvofiq respublikaga iste’mol tovarlarini noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlarining kо‘rilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Kishilar naf, foyda va daromad olish uchun intilib, о‘zlarida bor bо‘lgan qobiliyatlari va imkoniyatlarini ishga soladilar. Raqobat iqtisodiyot subyektlari shaxsiy manfaatlarini ryobga chiqarishning chegarasini belgilaydi. Hech kimning iqtisodiy yakkahokimlik qilishiga yо‘l qо‘ymaydi. Shuningdek, raqobat ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning iste’molchi, xaridorlar manfaati, didi, xohishini inobatga olishga bir-biridan arzonroq va sifatliroq tovarlar ishlab chiqarish maqsadida yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga undaydi.

Erkin tadbirkorlik, raqobat va narx tizimiga asoslangan bozor iqtisodiyotida hukumat va davlatning roli cheklangan bо‘ladi. Davlat bozor mexanizmining amal qilishiga kо‘maklashadi. Buning uchun davlat iqtisodiyot subyektlari faoliyatining qonuniy bazasini yaratib, ularning faoliyat, “о‘yin” qoidalarini belgilaydi. Aholining turmush darajasining barqaror о‘sib borishini, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, boy-kambag‘allar о‘rtasidagi farqlarning keskinlashib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida aholi daromadlarini soliqlar, transfert tо‘lovlari vositasida qayta taqsimlaydi, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy о‘sishni ta’minlash maqsadida soliq, byudjet va pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotni tartiblaydi. Davlat bozor mexanizmi tо‘la-tо‘kis bajara olmagan vazifalarni о‘z zimmasiga olib, raqobat muhitini saqlaydi, iqtisodiyot subyektlarining erkin faoliyatini ta’minlaydi. Hamda jamiyat uchun kerak bо‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni о‘z zimmasiga oladi.

Demak, О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar insonga munosib turmush sharoitlarini yaratishga, kishining erkin tadbirkorlik va mehnat qilish, tanlash erkinligini hamda mulkdor bо‘lishdek muhim demokratik huquqlarini ta’minlashga, iqtisodiy hayotni demokratlashtirishga qaratilgandir.

Islom Karimovning «О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li», «О‘zbekiston kelajagi buyuk davlat», «О‘zbekiston bozor munosabatlariga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li», «О‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‘lida», «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «О‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» va boshqa asarlarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bozor iqtisodiyotiga о‘tishining nazariy asoslari, konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi uch tarkibiy qismdan iborat:

- ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining ta’rifi;

- bozor munosabatlarini shakllantirishning muhim tamoyillari;

- iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yо‘nalishlari.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan kо‘zlangan «pirovard maqsadimiz ijtimoiy yо‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bо‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir», - deb belgilab bergan.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bо‘lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va tanlash erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotni erkinlashtirishga yо‘naltirilgandir.

Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va uni demokratlashtirish, erkin ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 yy.) ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yangisi, tanglikka barham berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning о‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:

1) islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda mulkchilik, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik tо‘g‘risidagi va boshqa kо‘plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan qonunlar qabul qilingan;

2) kichik xususiylashtirishni amalga oshirish hisobiga kо‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish;

3) ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.

Bu davrda (1992-1994 yillarda) asosan savdo, aholiga maishiy xizmat kо‘rsatish, maxalliy sanoat korxonalarini, uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirildi. Buning natijasida 69 mingdan ortiq obyektlar davlat tasarrufidan chiqarildi, ulardan 18,4 mingtasi xususiy mulkka о‘tdi. 3569 ta aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Kichik va о‘rta tadbirkorlik subyektlarining soni 80 mingga yetdi (qarang: jadval).

О‘zbekistonda davlat korxonalarining xususiylashtirilishi va nodavlat xо‘jalik subyektining shakllanishi



Kо‘rsatkichlar


1992-1994 yy.

1995-1999 yy.

2000-2002 yy.

Davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan obyektlar soni

69032

14132

3117

Aksiyadorlik jamiyatlar soni*

3569

5285

6000 dan ortiq

Kichik va о‘rta tadbirkorlik subyektlari soni, ming tbirlik*

80

160

240

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida qishloq xо‘jaligida bozor munosabatlariga mos keladigan yangi xо‘jalik tizimini shakllantirish ishlari amalga oshirila boshlandi. Buning oqibatida bu sohada davlatga qarashli bо‘lmagan sektor keng rivojlandi. Shuningdek, xalq xо‘jaligini, uning tarmoqlari va hududlarini boshqarishning mavjud sharoitlarga mos bо‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar tо‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy bо‘g‘inlari, shu jumladan, ikki pog‘onali bank tizimi, moliyani va pul-kreditni tartibga soluvchi mutlaqo yangi tizim, tovar, mehnat birjalari tizimlari yaratildi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi oqibatida iqtisodiy pasayish boshqa MDH mamlakatlaridek og‘ir kechmadi. Yalpi ichki mahsulot 1995 yilda 1990 yilga nisbatan faqat 18,2% kamaydi. 1995 yilda esa bu kо‘rsatkich 1,2% ga pasaygan xolos. Vaholanki, YAIM hojmi MDH mamlakatlarida 40-60% ga, Rossiyada esa 48% ga kamayib ketgan.

Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichi (1995-1999 yillar)da davlat mulkini dastlabki, kichik xususiylashtirishni tugallash, mulkni haqiqiy egalari qо‘liga topshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar berish vazifalari belgilandi. Bu bosqichda sanoat, qurilish va transport sohasidagi, agrasanoat kompleksining gо‘sht-sut oziq-ovqat va paxta sanoati tarmoqlaridagi о‘rta va yirik korxonalar, shuningdek, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi sayyoxlik komplekslarining xususiylashtirilishi boshlandi. Bu bosqichda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari yaratildi, ularning aksiyalarini erkin sotishga chiqarildi hamda keng kо‘lamdagi kо‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozori vujudga keldi. Davlatning aksiyalardagi ulushi 26 foizdan oshmaydigan qilib qо‘yildi. Aksiyalarning 50 foizdan kо‘prog‘i aholiga, milliy va xorijiy investorlarga erkin sotiladigan bо‘ldi.

Ushbu bosqichda ishlab chiqarishning pasayishiga barham berildi. Makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanib, 1996 yildan boshlab iqtisodiy о‘sish yо‘liga о‘tildi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini о‘zgartirish ishlarini amalga oshirilishi natijasida respublika yonilg‘i-energetika va g‘alla mustaqilligiga erishildi. Shuningdek, respublika uchun tamomila yangi bо‘lgan avtomobilsozlik sanoati vujudga keltiriddi. Yengil va oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq xо‘jaligi uchun kichik mexanizatsiya vositalari ishlab chiqarishni ta’minlovchi boshqa istiqbolli tarmoqlar xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirila boshlandi.

Ammo shu davrlarda kichik va о‘rta tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat va turli nazorat organlarini noо‘rin, noqonuniy aralashuvi holatlari kо‘paydi.

Iqtisodiyotning nodavlat sektorida monopolistik birlashmalar, korxonalar vujudga keldiki, ular ichki iste’mol va ishlab chiqarish vositalari bozorlarida о‘z xokimliklarini о‘rnatib, narx- navoning kо‘tarilishiga sabab bо‘ldilar. Ushbu sektordagi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondida, aksiyalarida davlat ulushi katta miqdorda saqlanganligi oqibatida, davlat ishonchli vakillarining ularning faoliyatiga noо‘rin aralashishiga imkon yaratar edi.

Valyuta tizimi va bozorining davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishi esa korxonalar va tadbirkorlarning tashqi bozorlarga erkin chiqish imkoniyatini kamaytirardi. Bozor va ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanmaganligi tufayli tadbirkorlar moddiy texnika resurslari, moliyaviy mablag‘lar, kreditlar olishda qiyinchilikka uchrar edilar.

Ushbu noxush holatlar iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinliklarini kengaytirish, xususiy mulkdorlar mavqeini yanada kо‘tarishni taqozo etib qoldi.

“О‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish vozifasi qо‘shdi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada Prezident I.A.Karimov “О‘zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni ta’kidlashni istardimki, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yо‘li о‘z mohiyat e’tiboriga kо‘ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha о‘zgarishlarning asosiy bog‘lovchi bо‘g‘iniga aylandi”, - deb ta’kidlaganlar.

Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida uning iqtisodiy negizlarini mustahkamlashni ta’minlaydi. Uning natijasida jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni kafolotlovchi, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi amalda о‘rta mulkdorlar sinfi shakllanadi.

Prezident I.A.Karimov iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish yuzasidan quyidagi vazifalarni belgilab bergan:

Birinchidan, mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal etish. Buning uchun xususiy mulkchilik yetakchi о‘rinda turadigan kо‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish;

Ikkinchidan, haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish;

Uchinchidan, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;

Tо‘rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta kо‘rib chiqish;



Beshinchidan, valyuta tizimi va bozorni erkinlashtirish;

Oltinchidan, davlat va turli tekshiruvchi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan korxonalarning xо‘jalik faoliyatiga noо‘rin aralashishni cheklab qо‘yish.

Ushbu vazifalarni hal qilish uchun О‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish tadbirlari olib borildi. 2000-2002 yillarda 3117 ta tarmoq tarkibini belgilab beruvchi yirik korxonalar, ijtimoiy-madaniy obyektlar davlat tasarrufidan chiqarildi. Shu davr oxiriga kelib, aksiyadorlik jamiyatlari soni 6000 dan oshib ketdi (qarang: 1-jadval).

Mulk shaklini о‘zgartirgan davlat korxonalari orasida “Elektrokimyosanoat”, “Navoiyazot”, “Ammofos”, “О‘zbekrezino-texnika” ishlab chiqarishi birlashmalari, Toshkent va Farg‘ona issiqlik markazlari, Sirdaryo GRESi, yuk vagonlarini ta’mirlash zavodi, yо‘lovchi tashiydigan vagonlarni ta’mirlash korxonasi, О‘zbekiston qiyin eriydigan va о‘tga chidamli materiallar kombinati singari strategik ahamiyatga ega bо‘lgan yirik korxonlar bor.

Bu jarayon sifat jihatdan ham о‘zgardi, chunki xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investorlarni, keng aholi qatlamlarini jalb etish ishlari olib borildi. Aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat ulushlari butunlay yoki qisman, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar butunlay xorijiy investorlarga sotilishi boshlandi. Korporativ, guruhiy, ulushli mulk egalarining manfaatlarini, huquqlarini muhofaza qilish uchun aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimi joriy etilmoqda.

Iqtisodiyotni erkinlashtirishdagi bosh vazifa bо‘lgan davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik vazifalarini-funksiyalarini qisqartirish, uning korxonalar faoliyatiga noо‘rin aralashishini keskin kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish sharoitida kichik, xususiy biznes va tadbirkorlikni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari kengaytirilmoqda, daromad solig‘i stavkalari qisqartirilib, soliq yuki yengillashtirilmoqda. О‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari tо‘g‘risida”gi qonunning 2000 yilda qabul qilinib, joriy etilishi oqibatida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini muhofaza qilish va kafolatlash kuchaymoqda. Bunday ijobiy ishlar ta’sirida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining soni 2003 yil 1 yanvar holatiga kо‘ra 240 mingtaga yetdi (qarang: 1-jadval). Ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35 foizdan oshdi. Xususiy sektorda iqtisodiyotda band bо‘lgan aholining qariyb 52 foizdan ortig‘i faoliyat yuritmoqda.

Ushbu vazifalarni amalga oshira borishi oqibatida 2002 yilda 1990 yilga nisbatan iqtisodiyotda nodavlat sektorining ulushi YAIMda 38,1 foizdan - 73,3 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 10,4 foizdan - 71,4 foizga, yalpi qishloq xо‘jaligi mahsulotlari hajmida 65 foizdan - 99,1 foizga chakana savdo aylanmasida – 51 foizdan 97,6 foizga, aholining ish bilan bandligida 37,2 foizdan – 76,6 foiziga yetadi.

Demokratik jamiyatga xos bо‘lgan tadbirkorlikning rivojlantirilishi, iqtisodiyot tarkibiy о‘zgarishlarning birgalikda amalgaoshirilishi tufayli О‘zbekiston 1996 yildan boshlab iqtisodiy о‘sish yо‘liga о‘tdi. BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) buyurtmasiga kо‘ra markaziy va Sharqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlarida aholining ijtimoiy farovonligini tadqiq qilish ma’lumotlariga kо‘ra, О‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning amaldagi о‘sishi 2002 yilda 1989 yilga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi. Ayni paytda Moldovada bu kо‘rsatkich 38,4%, Rossiyada 64,3%, Qozog‘istonda 85,6% ni tashkil etgan.

Mamlakatda iqtisodiy о‘sishga erishganlik oqibatida aholini ijtimoiy himoya qilishga va ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan xarajatlarning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 1997 yildagi 44,7 % dan 2003 yilda 46,1 % ga о‘sgan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga mahallalar berilayotgan bir oylik moddiy yordam miqdori 1996-2002 yillarda 13,6 barobarga, bolali oilalarning bolalariga berilayotgan nafaqaning о‘rtacha oylik miqdori esa 20 barobardan ziyodga kо‘paydi. «Obod mahalla» yilida qabul qilingan dastur asosida 1 milliard 200 million sо‘mlik xayriya yordami kо‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bо‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa tayinlandi. Shuningdek, 180 mingta kam ta’minlangan oilaga qariyb 14 milliard sо‘m miqdorida yordam kо‘rsatilgan.

Islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimi qayta kо‘rib chiqildi. Valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi va milliy valyutamiz – sо‘m 2003 yil 15 oktabrdan joriy tо‘lovlar bо‘yicha erkin almashuvi amalga oshirila boshlandi.

Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish jarayonlari mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurishlishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan о‘zaro bog‘liqlikda amalga oshirilishi oqibatida uning demokratik jamiyat qurishdagi rolini va ahamiyatini yanada kuchaytiradi.

Demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yо‘nalishlari

Prezident I.A. Karimov Ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Tо‘qqizinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida respublikada demokratik о‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning “bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va о‘zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bо‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat”, muhim ustuvor yо‘nalishini belgilab berdi

Ushbu ustuvor yо‘nalishni amalga oshirish uchun avvalombor xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish lozim bо‘ladi. Endilikda xususiylashtirish jarayonlari tobora kо‘proq yirik korxonalarni, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini о‘z ichiga qamrab olishi, korporativ xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, aksiyalarni sotishning birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi.

Kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining noо‘rin aralashuviga barham berish, moddiy-texnika resurslari va moliyaviy, shu jumladan, kredit mablag‘lari bilan ta’minlanishini yaxshilash, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega. Shuningdek, shirkat xо‘jaliklarini fermer xо‘jaliklariga aylantirish hamda ularga servis xizmati kо‘rsatuvchi va qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini va qishloqlarda ularning filiallarini tashkil etish muhim ustuvorlikka ega bо‘ladi.

О‘zbekistonda demokratik о‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish iqtisodiy ustuvor yо‘nalishini amalga oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar kо‘riladi:

- tashqi iqtisodiy faoliyatni, valyuta bozorini erkinlashtirish, milliy valyutaning joriy operatsiyalar bо‘yicha erkin almashinuvini muntazam ta’minlash;

- iqtisodiyot tarkibiy о‘zgarishlarini amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish hamda import о‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;

- iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun tegishli investitsion muhit va investorlar uchun kafolat yaratish;

- ichki va tashqi investitsiyalarni butun iqtisodiyotga, shu jumladan, oltin-valyuta zaxiralarimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan yetakchi tarmoqlarga ustuvor ravishda yо‘naltirish;

- jahondagi nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, dunyo iqtisodiy tizimiga integrallashuvi hamda jahon savdo tashkilotiga a’zo bо‘lish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Ushbu vazifalarning amalga oishirilishi bozor munosabatlarini rivojlantirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, uni yanada demokratlashuviga olib keladi. Endilikda mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbirkorlik subyektlari uchun bosqichma-bosqich teng iqtisodiy faoliyat sharoitlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun ayrim, strategik ahamiyatga ega bо‘lmagan korxonalarga assosiz ravishda berilgan imtiyozlarni va ular uchun yaratilgan qulay sharoitlarni bekor qilish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, xо‘jalik subyektlari ham qat’iy moliyaviy cheklashlar doirasida, ya’ni yalpi xarajatlarining yalpi daromad hajmidan oshib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik asosida faoliyat kо‘rsatishlari lozim.

Iqtisodiyot subyektlari uchun soliq yukini kamaytirib borish bilan bir vaqtda soliq tizimining qat’iyligini oshirish, imtiyozlar berishni kamaytirish, kreditlarni qat’iy shartlar asosida berish amaliyotini joriy etish ularning mas’uliyatini yanada oshiradi.

Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish, demokratik jarayonlarni kuchaytirish maqsadida yakka va korporativ xususiy mulkdorlar huquqlarini himoya qilish, ularning mas’uliyatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyati erkinliklarini ta’minlovchi hamda xо‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.

Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy qilish uchun davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish davom ettiriladi. Ammo iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmini rivojlantirish va uning bozor mexanizmi bilan uyg‘unligini ta’minlash yо‘lida hali, shubhasiz, kо‘p ishlar qilish lozim.



Demokratik jamiyat qurish uchun davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini bosqichma-bosqich mahalliy hokimiyat va о‘zini о‘zi boshqarish organlariga uzatish, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish qulay sharoitlar yaratadi. Pirovardida, bozor iqtisodiyotining shakllanishiga, barqaror iqtisodiy о‘sishni ta’minlash, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga va aholining turmush farovonligini oshirishga erishiladi. Mamlakatimiz eksport salohiyatining rivojlanishi va mustahkamlanishi – uning jahon hamjamiyatida munosib о‘rin egallashiga zamin yaratadi.
Download 26.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling