Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Multimedia aloqa tarmoqlari fanidan MUSTAQIL ISH-2 Mavzu: Multimediya aloqa tarmog‘ining transport telekommunikatsiya texnologiyalari, ochiq tizimlarni bir-biri bilan ishlash etalon modeli Multimediya tarmoqlari uchun xizmatlarni ta’minlash va xizmat ko‘rsatish Guruh: MCW003 Reja: - Kirish
- Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlarni sinflash
- Mijozning ulanishi bo‘yicha xizmatlarni sinflash
- Axborotlar almashish turi bo‘yicha xizmatlarni sinflash.
- Xosting xizmati
- Telefon xizmati
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Ushbu mustaqil ishda multimediali aloqa tarmoqlarda uzatilayotgan ma’lumot turi, axborotlar almashish turi, mijozning ulanishi va mijoz turiga nisbatan xizmatlarining sinflash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Intellektual xizmatlarni taqdim etish, xosting xizmati, telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar, ma’lumot uzatish xizmatlarini ta’minlash usullari keltirilgan. Multimediali aloqa tarmoqlarida xizmatlarni sinflanishi - - uzatilayotgan axborot turi tartibi bo‘yicha xizmatlar sinflanishi (kontenti);
- - mijozning xizmatga ulanishini ta’minlash usuli bo‘yicha xizmatlarning sinflanishi;
- - mijoz turi bo‘yicha xizmat sinflanishi;
- - axborot almashish turi bo‘yicha xizmatlar sinflanishi.
Xizmatlarning har bir turi uchun ularni quyidagi belgilar bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin: - - tadbiq etish va muhimlik darajasi bo‘yicha – asosiy va qo‘shimcha xizmatlar, bunda ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar faqatgina asosiy xizmatlar mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘ladi;
- - marketing funksiyasi bo‘yicha – foyda olish uchun qaratilgan xizmatlar va mijozlarning e’tiborini o‘ziga tortishga qaratilgan xizmatlar (bunda mijozlarni e’tiborini qaratish usuli bilan mijozlarni xizmatlardan foydalanishi hisobiga foyda olinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |