Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Download 53.97 Kb.
Sana22.11.2021
Hajmi53.97 Kb.
#176765
Bog'liq
Dilso'z


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

QARSHI FILIALI



KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI

1– BOSQICH “ATS-11-20” GURUH TALABASINING

FIZIKA FANIDAN TAYYORLAGAN


1-MUSTAQIL ISHI


Bajardi: Nurboboyeva Dilso’z

Qabul qildi: N.Jumayev

Mavzu:Mikrozarrachalarning holatlar soni va zichligi

REJA:


  1. Atom atamasining kelib chiqishi

  2. Kvant mexanikasi

  3. Proton

  4. Xulosa

Kimyoviy reaksiyalarda atom yadrosi o‘zgarishga uchramaydi. 
Bunda atomlarning elektron qobiqlari o‘zgaradi, kimyoviy elementlarning ko‘pchilik xossalari shu elektron qobiqlarning tuzili
shi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun kimyoni o‘rganishda atomdagi elektronlarning holatiga va elektron qobiqlarning tuzilishiga 
doimo katta e’tibor beriladi.

Atomdagi elektronning holatini kvant mexanikasi bayon qilib 
beradi, bu fan mikrozarrachalarning, ya’ni elementar zarrachalar,
atomlar, molekulalar va atom yadrolarining harakatlanishi va o‘zaro
ta’sirini o‘rganadi. Kvant mexanikasidagi tasvvurlarga ko‘ra mikro 
zarrachalar to‘lqin tabiatiga, to'lqinlar esa zarrachalar xossalariga
 ega bo ‘ladi. Bu gap elektronga tadbiq etilganda u zarracha sifatida ham, 
tolqin sifatida ham boladi, ya’ni boshqa mikrozarrachalar kabi kor
puskular tolqin dualizmiga (ikki xillikka) ega, deyish mumkin. Bir
 tomondan, elektronlar zarrachalar sifatida bosim beradi, ikkinchi
 tomondan, harakatlanayotgan elektronlar oqimi tolqin hodisalarini, ya’ni elektronlar difraksiyasini keltirib chiqaradi.

Elektronning atomda harakatlanish trayektoriyasi bolmaydi. 
Kvant mexanikasi elektronning yadro atrofidagi fazoda bolish 
ehtimolligini ko'rib chiqadi. Tez harakatlanayotgan elektron yadroni
 qurshab olgan fazoning istalgan qismida bolishi mumkin va uning
 turli holatlari muayyan zichlikdagi manfiy zaryadli elektron bulutli 
sifatida qaraladi. Buni quyidagicha ancha yaqqol tasavvur qilish
 mumkin. Agar vaqtning juda kichik oraliqlarida elektronning atom
dagi holatini suratga olishga muvaffaq bolinsa (u suratda nuqta 
ko‘rinishida aks etadi), bunday suratlarning ko‘pchiligi ustma-
ust qo'yilganda elektron bulut manzarasi hosil bolur edi.

Kvant mexanikasi, toʻlqin mexanikasi — nazariy fizikaning juda kichik o'lchamli zarralar elementar zarra, atom, molekula va h.k. harakat qonunlarini oʻrganuvchi boʻlimi. XX asr boshida qator omillar — atomlarning turgʻunligi, fotoeffekt, radioaktivlik, qora jismning nurlanishi singari hodisalarni klassik mexanika va klassik elektrodinamika asosida tushuntirib berish imkoni boʻlmay qolganligi kvant mexanikasini paydo boʻlishiga olib keldi. M. Plank, A. Eynshteyn va N. Bor kabi olimlarning ishlari kvant mexanikasining yaratilishiga asos boʻldi.

Klassik fizika qonunlarini juda kichik massali zarralarga tatbiq qilishda olingan xulosalar klassik tasavvurlarni tubdan oʻzgartirishni talab qildi. Klassik fizikada qizdirilgan jism nurlanishi energiyasining qiymatlari uzluksiz boʻladi, deb faraz qilinadi. 1900 yilda M. Plank moddada elektromagnit nurlanishni muvozanatda boʻlish shartini tadqiq qildi. U nurlanish energiyasi chiqayotganda yoki yutilayotganda faqat uzlukli (kvantlangan) qiymatlargagina ega boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisidagi gipotezani ilgari surdi. 1905 yilda A. Eynshteyn yorugʻlik tushayotgan metallardan tashqariga elektron chiqish hodisasi fotoeffektni tekshirib, energiya faqat yutilib yoki chiqibgina qolmay, u nurlanish kvanti — foton koʻrinishida ham mavjud boʻladi, degan xulosaga keldi. Foton energiyasi {\displaystyle E=h\nu } ga teng , bunda {\displaystyle h} — Plank doimiysi, {\displaystyle \nu } — elektromagnit nurlanish chastotasi.

1913 yilda N. Bor yorugʻlikning kvantlar nazariyasini atomlarning tuzilishi masalasiga tatbiq qilib, atomdagi elektron shu atom yadrosining atrofida klassik mexanika qonunlariga boʻysunadigan aniq orbitalar boʻyicha harakat qilishini koʻrsatdi. Bunda orbitalarning har birida elektron aniq energiyali holatda, yaʼni barqaror holatda boʻlib, hech qanday nurlanish roʻy bermaydi Bor postulatlari. Atomning nur yutishi yoki nur chiqarishi faqat elektronning bir orbitadan boshqa orbitaga oʻtishi bilan bogʻliq.

Bor nazariyasi eng sodda atom — vodorod atomining nurlanish xususiyatlarini tushuntirib bera oldi. Ammo murakkab atomlarga, molekulalarga bu nazariyani qoʻllashning iloji boʻlmadi.

1924 yilda L. de Broyl modda yorugʻlik kabi ham zarra, ham toʻlqin xususiyatlariga ega boʻladi, degan gipotezani ilgari surdi. L. de Broyl aytgan moddiy zarraning toʻlqin xususiyatlari qar tomonlama tasdiqlandi. Shunday qilib, korpuskulyar-toʻlqin dualizmi gʻoyasi tasdiqlandi: bu gʻoyaga binoan, toʻlqin xususiyatga ega obʼyektda zarra xususiyati ham uygʻonadi, zarra esa maʼlum sharoitlarda oʻzini toʻlqinlardek tutadi.

Proton - musbat zaryadlangan barqaror elementar zarracha. Barcha modda atomlarining asosiy massasini protonlar tashkil qiladi.

Proton (yun. protos — birinchi), r — musbat elektr zaryadi u=1,602191710~" Kl ga ega barqaror elementar zarra. Tinch holatdagi massasi tr = 1,672610~27 kg ga, spini 1/2 ga va magnit momenti sr=2,792782 syad ga (syad — yadro magneto-ni) teng . P. kuchli, elektromagnit, kuch-siz va gravitatsion oʻzaro taʼsir ja-rayonlarida qatnashadi va u barionlar sinfiga kiradi; Fermi —Dirak statistikasiga boʻysunadi. U vodorodning eng yengil izotopi — protiyning yadrosi hisoblanadi

Xulosa

Fizikada kvant mexanikasi muhim rol o’ynayni chunki bu soxada biz jismlarni harakatini emas balki uning zarralarining harakatlari va tuzilishlari o’rganiladi bu soxa boshqalariga qaraganda ancha qiziq.



Chunki biz bu soxada zarralarni tuzilishini o’rganamiz . ularning harakati haqida ko’plab malumotlar olamiz va ularning harakati tezliklari haqida ko’plab malumotlarni bilib olamiz. Bizni qiziqtirgan barcha savollarimizga aniq javoblar topamiz.

Foydalanilgan malumotlar:

Arxiv.uz sayti.

S.Bozorova va N.Kamolov optika ,atom va yadro fizikasi.



M.H.Ulmasova optika, atom va yadro fizikasi.
Download 53.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling