Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 55.32 Kb.
Sana26.11.2021
Hajmi55.32 Kb.
#177600
Bog'liq
2-labSamadov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

BTTL Fani bo`yicha

2-Laboratoriya ishi

Mavzu: Tizimning ichki va tashqi talablari

214-17 guruh talabasi

Bajardi: Samadov M .

Tekshirdi: Malikova N.

TOSHKENT – 2017



Mavzu: Tizimning ichki va tashqi talablari.

Ishdan maqsad: Korxona, tashkilot dastur va tizimdagi turli ichki va tashqi talablarni aniqlash va tahlil qilish ko’nikmasini xosil qilish.

Nazariy ma’lumotlar

«Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o‘rnatadi, undan tashqaridagi elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o‘z-o‘zidan emas, balki boshqa ko‘plab elementlar qurshovida mavjud bo‘ladi. Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko‘rib chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo‘lgan elementlargina qiziqtiradi.

Tashqi muhit — bu ko‘rilayotgan tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki ko‘rilayotgan masala sharoitida uning ta’siri ostida bo‘lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki boshqalari yonida, bir-biriga bog‘liq holda ishlaydi. Tizimlarni tahlil va sintez qilish chog‘ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq deb, unga ega emaslari esa yopiq aloqa deb ataladi.

Talab - bu eng avvalo biror-bir tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan extiyojning bozorda namoyon bo‘lishidir. Talab asosida extiyoj yotadi. Ammo talab bo‘lishi uchun Tovar yoki xizmatlarning xaridorga zarurligi mavjud bo’lishi lozim. Bulardan tashqari berilgan tizimning ichki va tashqi talablari ham mavjud



Direktor tekshiruvi

Texnika xavfsizligi

Mahsulot sifati




Poyabzal fabrikasi (Ichki talablar)




Sotuvchi

Malakasi



tartib



Hisobchi

Rasm 1. Poyabzal tarqatish tizimining ichki talablari
Ichki talablar:

  1. Direktor tekshiruvi – Direktor xodimlar va mahsulotlarni nazorat qilish;

  2. Texnika xavfsizligi – Xodimlarning texnika bilan ishlashidagi xavfsizlik talablari;

  3. Mahsulot sifati – Mahsulotlarning sifat darajasiga javob berishi;

  4. Sotuvchi malakasi – Malakali xodim korxona istiqboli;

  5. Hisobchi – Moliyaviy nazorat;

  6. Tartib-do`kondagi mahsulotlar joylashuvi keskinlashuvi


Poyabzal fabrikasi (Tashqi talablar)


Mahsulot turi



To`lovlar



Raqobatbardoshlilik

Joylashuv

Tashqi monitoring



Rasm 2. Tovarlarni tarqatish tizimining tashqi talablari.

Tashqi talablar:

  1. To`lovlar – barcha turdagi to`lovlarning to`lanishi;

  2. Mahsulot turi – Mahsulotlar turining ko`p bo`lishi;

  3. Tashqi monitoring – Tashqi nazorat;

  4. Raqobatbardoshlilik – Boshqa korxonalar bilan raqobatlasha olishi;

  5. Joylashuv – Korxonaning joylashuvi qulay bo`lishi.

Download 55.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling