Muhammad ibn Vali “Yilnomalar xabaridagi sirlar dengiz”


Download 17.78 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi17.78 Kb.
#106360
Bog'liq
Tarixshunoslik 6-mavzu


Mamlakat tarixshunosligi O'rta Osiyoning o'rta asr tarixini o'rganish bo'yicha oz ish qilgani yo'q. Lekin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar O’rta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o'rganish bo'yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to'g'risida esa gapirmasa ham bo'ladi»,— deb yozadi tarixshunos B. Ahmedov o'zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI—XVIII asrlarda Urta Osiyoning tarixiy-jo'g'rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida.

 Rossiya Sharqshunoslari asosiy e'tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o'rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo'ldi. Biroq, XVI—XIX asrdagi O’rta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B.A.Ahmedov, B.G'. G'afurov, YE.A.Davidovich, X.S.Ziyoyev, R.B.Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin.

 XVII asrda O‘rta Osiyeda feodal tarqoqlik hukm surganligiga qaramay umumiylashtirilgan asarlar yaratish tendensiyasi paydo bo‘ldi. Tarixchilar feodal boylarga qaram edi. Tarixchi Muhammad ibn Vali “Yilnomalar xabaridagi sirlar dengiz” nomli to‘rt qismdan iborat kitob yezdi. Bu asarda XIII asardan XVIIasrniing ikkinchi yarmigacha bo‘lgan voqealar berilgan. XVII asrning ikkinchi yarmida Balx hokimi Muhammad Bahodirxon “Subxonqulixon” nomli sheriy tarix asarini yaratdi. Muhammad Amin yaroqchining “Tarix muhiti” kitobi Ashtarxoniylar davriga bag‘ishlangan.

Mamlakat tarixshunosligi O’rta Osiyoning O’rta asr tarixini o‘rganish bo‘yicha oz ish qilgani yo‘q. Lekin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar O’rta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o‘rganish bo‘yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to‘g‘risida esa gapirmasa ham bo‘ladi»,— deb yozadi tarixshunos B. Ahmedov o‘zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI—XVIII asrlarda O’rta Osiyoning tarixiy-jo‘g‘rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asa-rida.

     O’rta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to‘la o‘rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo‘qligi emas, bal-ki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo‘lganda ham O’rta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan hayoti tariximizning eng kam o‘rganilgan davrlaridir. Inqilobgacha bo‘lgan davrda bu masalaga juda kam e’tibor berilgan. Rossiya Sharqshunoslari asosiy e’tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o‘rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo‘ldi. Biroq, XVI—XIX asrdagi O’rta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko‘p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B. A. Ahmedov, B. G‘. G‘afurov, E. A. Davidovich, X. Ziyoev, R. B. Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin.

      O’rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganuvchilar uchun «O’zbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko‘makchi bo‘la oladi. Ulardan birinchisi — O’rta Osiyo qadimgi tarixiga doir ma’lumotlar to‘plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi.

      1988 yilda esa «O’zbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan O’rta Osiyo tari-xi bilimdoni Sharqshunos B. V. Lunin to‘plagan, XVI—XIX asrlarning sayohatchilari jo‘g‘rofiyun olimlari aytgan ma’lumotlar o‘rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarqand va Buxoro barcha asrlarda dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lganini ta’kidlaydi. Qadimda aynan shu O’rta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo‘llari o‘tgan edi. Biroq dengizda suzuvchilarning  XV asrda Amerikaga, Ovrupodan Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochganlari bois, O’rta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi. Xullas, nima bo‘lganda ham XVI—XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,— deb yozadi B. V. Lunin,— G‘arbiy Ovrupo va Rossiyadagi O’rta Osiyo to‘g‘risidagi bi-limlar, O’rta Osiyoda esa G‘arbiy Ovrupo va Rossiya to‘g‘risidagi bilimlar chala edi. Biroq bir-biri to‘g‘risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi.»3 Bu masala xususidagi o‘z fikrlarymiz-ni keyingi bobda keltiramiz. Hozir esa XVI—XIX asrdagi O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy manbalari xususida gaplashsak. Ular juda ko‘p va xilmaxil. Ishimizni o‘z asarida XVI—XX asrlar orasida yozilgan ellikdan oshiqroq qimmatli tarixiy-jo‘g‘rofiy, falakiyotga oid, memuar va biografik mazmunli, O’rta Osiyoning XVI— XVIII asrlar orasidagi hayoti xususida boy ma’lumotlar beruvchi Sharq qo‘lyozmalarini tahlil etib chiqqan Sharqshunos B. A. Ahmedov ancha engillashtirdi. B. A. Ahmedov asarining ikkinchi bo‘limida rus va chet el elchilari — Antoniy Shenikson, I. D. Xoxlov, aka-uka Pazuxinlar, Floriya Benevin va Novopat-ros mitropoliti Xrisanfning XVI— XIX asrlardagi O’rta Osiyo to‘g‘risidagi, uning o‘sha davrdagi Rossiya bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlari keltiriladi. Bu ma’lumotlar fors-turk, arab tillaridagi manbalarning ma’lumotlari bilan taqqosla-nib, ancha tarixiy faktlar aniqlashtirildi.

      Eng muhimi, B. A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar ishini engillatadigan ish qildi — voqea va fakt-larni aniqlashga intildi. Bu juda og‘ir, mas’uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, Urta Osiyo XVI—XIX asr tarixini o‘rganishni osonlashtiradigan asar-dir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti — qi-yoslash va bor ma’lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasiga amal qilgan. Buning uchun B. Ahmedov o‘z tahliliga muayyan bir davr bo‘yicha bir necha asarlarni kiritgan.

       Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «Shayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoe’ ul-vaqoe» dir. Shu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham kiritib to‘g‘ri qilgan. «Tavorixi guzida»,— «Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxo-ro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullano-ma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir. Bu erda muallif bir voqea to‘g‘risidagi turli manbalar ma’lumotlarini solishtirmoqchi emas.

      Bu alohida izlanish, shug‘ullanishni talab etadi. Buning ustiga muallif bu asarida O’rta Osiyoning ko‘rilayotgan davriga oid barcha yozma yodgorliklarni qamrab olgan emas. Shuning uchun muallif mumkin qadar to‘la, ishonchli va qim-matliroq, O’rta Osiyo  xalqlari tarixining yorqin davrlarini tasvirlovchi asarlarga murojaat etgan. «O’rta Osiyo hayotining boshqa davrlari to‘g‘risida ham shunga o‘xshash tadqiqotlar o‘tka-zish,—deb yozadi B. Ahmedov,— masalan, arablar hukmronligi (XIII—IX asrlar) davri yoki yangi va eng yangi. (XIX—XX asrning boshi) davrni o‘rganish fanga katta hissa bo‘lib, SSSR va chet ellarda saqlanayotgan qo‘lyozmalarning, yozma yodgorliklarning tezroq. ilmiy sohaga kiritilishiga yordam bergan bo‘lardi». Misol sifatida bu asarlarning keng o‘quvchilar ommasiga har holda tanish bo‘lgani — «Tavorixi guzida» («Nusratnoma») ni qisqacha tahlil qilamiz.

       Binoiy «Shayboniynomasi» tadqiqotchilar (E. G. Braun, K. G. Zaleman, A. N. Samoylovich, M. A. Sale, A. A. Semyonov, A. N. Boldirev, R. G. Muqminova, A. M. Mirzaev, S. K. Ibrohimov, B. A. Ahmedov va boshqalar) tomonidan keng foydalanilmoqda.

       Binoiyning yozishicha, hatto 1494—1500 yillarda ham Ko‘hak etagida, Obirahmat arig‘i bo‘yida Ulug‘bek rasadxonasi buzilmagan holda qad ko‘tarib turgan. Bu ma’lumot Boburning Ko‘hak tepaligi joyida Mirzo Ulug‘bekning yulduzlar jadvalini tuzish uchun zarur asboblar joylashgan rasadxonani ko‘rgani haqidagi gaplarga mos keladi. Demak, Ulug‘bek rasadxonasi asboblari XVI asrda ham saqlangan. SHu bois rasadxonaning Ulug‘bek o‘li-midan so‘ng (853 yil) ramazon oyining 8 kuni (1449 yilning 25 ok-tyabri) talon-toroj qilinib, buzib tashlangani haqidagi fikr tarixiy manbalarga to‘g‘ri kelmaydi.

      Shu erda boshqa «Shayboniynoma» muallifi Muhammad Solih haqida ham to‘xtalib o‘tish kerak. Tarixiy manbalarga qarag‘anda Muhammad Solih oldin Amir Temur, keyin Shohruh Mirzo-ning eng kuchli amirlaridan bo‘lgan Mirzo Ulug‘bekning ustozi Shoh Malikning nabirasi edi. Boshqa chig‘atoy beklari kabi uzoq yillar Mirzo Ulug‘bek xizmatida bo‘lgan Muhammad Solihning otasi Nur Saidbek ham padarkush Abdullatifga, keyin temuriy Sulton Abu Saidga 855/1451 (1468—69 y.) bo‘ysunishdan bosh tor-tib, Nur tog‘lariga chiqib ketdi. U Samarqand va Buxoro atrof-lariga muntazam hujum qilib turdi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha katta siyosiy mavqega ega Xoja Ahror, bir necha bor Nur Saidbekni, keyin uning ittifoqchisi, Ulug‘bekning nabirasi Muhammad Jo‘qini qurolni tashlab, kelishuvga undagan. Qurolni topshirgach 1462 yil 5 oktyabrda Muhammad Jo‘qi zindon-ga tashlangan, Nur Saidbek esa ilgari otasi hukmdor bo‘lgan Xorazmga hukmdor etib tayinlangan, lekin bu ko‘pga cho‘zilmadi. To‘rt yildan so‘ng, 871/1466—67 yillarda Sulton Husayn Xorazmga bostirib kirdi. Nur Saidbek esa Hirotga chaqirib olinib, «qo‘rqoqlik qilgani uchun» qatl etildi. «Qomus al olam» lug‘ati muallifi Shamsiddin Somiyning yozishicha, Muhammad Solih Abdurahmon Jomiyning eng iqtidorli shogirdlaridan biri edi. Biz Binoiyning 900/1494—1495 yillarda Samarqandga kelganini yozgan edik. Shuningdek, «Boburnoma» dan bilamizki, Binoiy va Muhammad Solih Xoja Ahrorning o‘g‘li Xoja Yodgor qo‘lida xizmat qilishgan.  

        Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   Binoiy  va Muhammad Solih Hirotni bir yilda, ya’ni 901/1496 yilgacha tark etishgan. Biroq, ularning Muhammad Yahyoga xizmati ham qisqa bo‘ldi. Chunki Xoja Ahror o‘limidan so‘ng Xoja YAhyo uning barcha huquq va hisobsiz boyligining yakka xo‘jayini bo‘lib oldi. Muhammad YAhyo o‘n to‘qqiz yoshli Bobur Sultonning hamfikri edi va uning Movarounnahr hukmdori bo‘lishini istardi. Biroq, 1501 yilning aprelida Samarqand yaqinida bo‘lgan jang Shayboniyxon g‘alabasi bilan tugadi va Bobur Samarqandni butunlay tark etishga majbur bo‘ldi. Shayboniyxon lashkari ikkinchi bor, bu gal hech qanday to‘siqsiz Samarqandni egalladi.     

      Shayboniyxon Samarqandni birinchi bor egallaganidayoq shahar himoyachisi tashkilotchilarini, jumladan Muhammad Yahyoni ham asir olgan edi. O’zbek amirlari uni qatl etishni talab qildilar. Biroq Shayboniyxon marhum Xoja Ahror (1494 yili o‘lgan) obro‘sini e’tiborga olib Muhammad Yahyoga Makkaga hajga borib kelishni taklif etadi. Shayboniy amirlaridan bir guruhi til biriktirib go‘yo xondan beruxsat Xojani yo‘lda o‘ldiradilar. Haqiqatda esa Shayboniyxon Xoja Ahror avlodining behisob boyliklariga ega bo‘lishga qiziqqan. Bunga Xojaning er-suvlari va boyliklarini amirlarning bo‘lib olishiga oid hujjatlar guvohlik beradi. Bu boyliklarning katta qismi Shayboniyxonning mulkiga aylangan.

Shayboniynoma” tarixiy dostonining muallifi Muhammad Solih (taxm. 1455-1535 yy.) bo‘lib, turkiyzabon bilkut qabilasidan chiqqan. Shohruh va Mirzo Ulug‘bek davrida zo‘r nufuzsha esha bo‘lgan amir Shohmalikning nabirasi. Otasi amir Nur Saidbek ham yirik amirlardan bo‘lib, avval Mirzo Ulug‘bek, so‘ngra Sulton Abu Sa‘id Mirzo xizmatida bo‘lgan, 1464-1467 yillari Xorazmda hokim bo‘lgan va 1467 yili Sulton Abu Saidning farmoni bilan qatl etilgan. Muhammad Solihning yoshligi Hirotda kechgan va o‘sha yerda o‘qib nash‘u namo topgan, so‘ngra Sulton Husayn, 1494 yildan Samarqandda katta nufuzgu ega bo‘lgan Temuriy amirlardan Darvish Muhammad tarxon va xoja Ubaydulla Ahrorning o‘g‘li Muhammad Yaxyo, 1500-1504 ymllari Buxoro va Chorjo‘ydagi noib bo‘lib, shundan keyin to vafotiga qadar, Shayboniylardan Muhammad Sulton (vaf. 1505 y.) va Ubaydullaxonning kotibi bo‘lib xizmat qilgan.



Muhammad Solihning yaratgan tarixiy dostoni “Shayboniynoma”da Muhammad Shayboniyxonning hayoti va olib borgan urushlari haqida she‘riy uslubda hikoya qilinadi. Asar qahramonning tug‘ilganidan boshlab, to 1505 yilgacha Dashti qipchoq, Movarounnahr hamda Xorazmning ijtimoiy-siyosiy tarixidan baxs yuritadi. Dostonda qo‘shinlarning yovuzliklari, mehnatkash xalqning og‘ir ahvoli, Qorako‘l, Qarshi va G’uzorda Shayboniylarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar haqida ham qimmatli ma‘lumotlar uchraydi. Asar geografik va etnografik ma‘lumotlarga ham boydir.
Download 17.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling