Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligiga bag’ishlanadi Tiriklik bu nazm, zalvorli azim


Download 17.59 Kb.
Sana28.12.2021
Hajmi17.59 Kb.
#539432
Bog'liq
Public Speaking, 74-20 Abduqodirova Shahzoda, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, 9 кл ИМТИХАН МАТЕРИАЛЛАРЫ кк тилде БИОЛОГИЯ, REJA12, Kitob, Schotlar, Modern architecture, Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word (2), 2 ga javob

Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligiga bag’ishlanadi

Tiriklik bu nazm, zalvorli azim,

Ikki jahon ichra jon bermoq jazm.

Inshaalloh o’sha sohibi fazl,

Kim ahli jannatdir so’zlari abad,

Shoir Muhammaddir, shoir Muhammad.

(Muhammad Yusuf shoirlar haqida)

Ko`ngil ko`shklarining to`ridan joy olgan,Vatanni har joydan azizroq bilgan, rayhon-u yalpizni behad xush ko`rgan, sodda va ta`sirchan so`zlarni marjondek tergan, xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusufdir.

Sohirnafas shoir milliy adabiyotimizni rivojlantirishga, yosh avlod qalbiga o’zlikni anglash, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini singdirishga, ezgu fazilatlarni kamol toptirishga o’zining betakror badiiy asarlari bilan katta hissa qo’shgan.

Muhammad Yusuf chin ma’noda Vatanni qalbdan anglagan, uni jon dildan sevgan ijodkor edi. Shoirning ona Vatanimizni madh etuvchi go’zal satrlarini qayta-qayta o’qigingiz kelaveradi. Muhammad Yusuf istiqlolimizni, ozod va obod yurtimizni tarannum etuvchi she’rlari bilan xalqimizning yuragini zabt etgan desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.

(O, ota makonim...)

Muhammad Yusuf haqiqiy shoir edi. Uning she`rlaridagi musiqiylik ko`plab san`atkorlarga ilhom bag`ishladi. Sevimli shoirimizning qariyb barcha she`rlari kuyga solingan. Bu qo`shiqlar ko’plab insonlar qalbidan o`rin olgan va hali hanuz ko`pchilik ana shu qo`shiqlarni tinglaydi, zavq oladi.

(Yulduz Usmonova, Sevara Nazarxon...)

Yurtimizga fasllar kelinchagi bahorning kelishi, ko’klamning sep yoyishi, qirlardagi qizg’aldoqlar, ariq bo’yidagi yalpizlar beixtiyor barchamizga shoir Muhammad Yusufni yodga soladi:

Sochimda oq men bahordan o’tindim,

Ko’klamoyim, ko’kingdan ber bir chimdim.

(Ko’klamoyim)

Shoir muxbirlar bilan bo’lgan davrada she’rni shirin dard, azobligini aytib, yurakdagi o’sha she’r qog’ozga tushmaguncha uyqu kelmasligini aytib o’tgan edi. Darhaqiqat, shoir she’riyati inson qalbining yashirin va oshkora dardlarini uyg’otib yuboradi. Ayniqsa, uning sevgi va muhabbat mavzusidagi she’rlarini o’qimagan, eshitmagan inson bo’lmasa kerak oramizda.

(Muhammad Yusuf “Biz baxtli bo’lamiz Xudo xohlasa”)

Muhammad Yusuf adabiy muhiti ko’pchilikning mehrini qozondi. Bu uning insoniy fazilatlari buyukligidan darak beradi, shundan so’ng u she’riyat maydonida qahramonga, istiqlol jarchisiga aylandi,

Muhammad Yusuf nima uchun elimizga suyukli, nima uchun xalq uni birdek yaxshi ko’radi, nega she’rlarining har bir so’zlari xalq diliga yaqin, har bir yurtdoshimizning qalbiga singib ketgan?

Bunga eng asosiy sabab shoirning qalbi xalqning dili bilan mushtarak ekanligida, hamisha xalqning dardi, tashvishi bilan yashaganligida, va eng asosiysi, vatanparvar, kamtarin, hokisor inson bo’lganligida deb bilamiz.



Shoir jisman oramizda bo`lmasa-da, ruhan doimo biz bilan. Toki yer yuzida o’zbek xalqi, o’zbek millati yashar ekan, toki yer yuzida biror she’riyat ixlosmandi bor ekan Muhammad Yusuf o’zi sevgan tog’lari singari, u sevgan azim daryolari kabi shoining she`rlari barcha o`zbek qalbida mangu va barhayotdir.


Download 17.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling