Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan tayyorlangan senariy


Download 230.91 Kb.
Sana19.05.2022
Hajmi230.91 Kb.
#680254
Bog'liq
muhammad yusuf tavalludinig 64 yilli
QAYTA TOPSHIRIQ, Detallar, Kompyuter injineringi, Литературный язык как основа культуры речи в современной языковой ситуации, Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari, Madaniy nutq me’yorlari va qoidalari, Hujayra va uning tuzilishi, 1 топширик (20), 1 топширик (20), Topshiriq 1, Topshiriq 1, Mavzu Milliy xavfsizlikni ta\'minlash borasida amalga oshiriladi-fayllar.org, Mavzu Milliy xavfsizlikni ta\'minlash borasida amalga oshiriladi-fayllar.org, Mintaqaviy iqtisodiyot


Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan tayyorlangan senariy

Muhammad Yusuf-Vatan kuychisi
(sahna chiroyli bezatilgan,shoir Muhammad Yusuf portreti,rasmlardan tayyorlangan bukletlar,she’riy kitoblari,gullar, sharlar ilingan)
1-boshlovchi:
O,ota makonim , Onajon o’lkam, O’zbekiston,jonim to’shay soyangga. Senday mehribonyoq, Seningdek ko’rkam,Rimni alishmasman bedapoyanga.
2-boshlovchi:
Assalomu-alaykum aziz she’r ixlosmandlari-yu,shoir Muhammad Yusufning izdoshlari.Mana bugun biz sizlar bilan O’zbekiston xalq shoiri ,Vatan kuychisi Muhammad Yusufning 64 yilligi bag’ishlangan tadbiriga xush kelibsizlar.
1-o’quvchi:
O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki ,uning bo’stonida gul ko’p,chechak ko’p.Bu bo’stonda bir-biriga o’xshamaydigan ,bir-birini takrorlanmaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi.
2-o’quvchi:
Ana shunday betakror shoirlardan biri,shubhasiz,O’zbekiston xalq shoiri ,xalqimizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf edi.U 1954yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog’ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tug’ildi.Mana shu qishloqda beg’ubor bolaligi,sho’x –shodon o’smirligi o’tdi.
3-o’quvchi:
Nechun qulluq qilmay Andijonga men- Shu yurtda tug’ildim ,shu yurtda o’sdim. Agar do’stim bo’lsa,bitta u do’stim- Nechun qulluq qilmay Andijonga men!

( Muhriddin Holiqovning“Qizg’aldog’im” qo’shig’iga qizlar ijrosida raqs).


“Vatanim”she’ri
4-o’quvchi:
Men dunyoni nima qildim, O’zing yorug’ jahonim. O’zim hoqon, O’zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yo’lg’izim, Yogonam deymi, Topingan koshonam deymi, O’zing mening ulug’lardan Ulug’imsan ,Vatanim..

5-o’quvchi:


Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamhonam deymi, Oftobdan ham o’zing mehri Ilig’imsan,Vatanim.

1-boshlovchi:


Muhammad Yusufning bu she’ri asosida yaratilgan qo’shiqni eshitmagan ,uni honandaga jo’r bo’lib birga aytmagan yurdoshimiz kam topiladi.
(sahnada Sevara Nazarxon ijrosida qo’shiq yangraydi o’quvchilar jo’r bo’ladilar)

2-boshlovchi:


Shoir har bir yozgan she’rida Vatanni madh etgan.Uning she’rlarini o’qiganimizda Vatanni sevishni,ardoqlashni,asrashni o’rganishimiz mumkin.

1-boshlovchi:


Shoir Muhammad Yusuf 2001yilning 31 iyulida Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumaniga qilingan ijodiy safar chog’ida,yuzlab muhlislariga she’r o’qiyotgan paytda yurak hurujidan vafot etdi.
Ol,deya bir Egam ,osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim,
Ko’k mening ko’ksim bo’lur,yulduzlari-anduhlarim,
Gul o’pib ,gul yonib har dilda mozorim qolur,
Men ketarman bir kuni,navolarim ,zorim qolur…
(Shoir Muhammad Yusufga atab yozilgan she’rlar aytiladi.)

Muhammad Yusuf
1-o’quvchi:
Qirdagi jayronni yig’latib ketgan,
Vatanga mehrini tarannum etgan.
Nazmiy bo’stonini gullatib ketgan,
Zabardast shoirdir Muhammad Yusuf.

2-o’quvchi:


Qirlarda yig’laydi qizg’aldoqlari,
Ortida qoldi bir ajib bog’lari.
Go’yo bosh egadi mag’rur tog’lari,
Har chog’ ardoqdasiz Muhammad Yusuf.

3-o’quvchi:


Har bir she’rlaringiz go’zal beqiyos,
She’riyat bog’laringiz go’zal beqiyos,
Abadiy so’zingiz bizlarga meros,
So’zi o’lmas shoir Muhammad Yusuf.

1-boshlovchi:


Bugun biz Vatan kuychisi Muhammad Yusufni yodga oldik .Shoir haqida uning she’rlarini tilga oldik.

2-boshlovchi:


Shoir Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlangan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
Bir arsloni o’tdi O’zbekning,
Ohi ko’kka yetdi O’zbekning,
Quyosh ,yig’la,osmon,aza tut,
Muhammadi ketdi O’zbekning.
Tadbirimiz yakunida Yulduz Usmonova ijrosida “O’zingdan qo’ymasin ,xalqim”qo’shigi bilan yakunlaymiz.

E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 230.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling