Muhammadiyev Bekzod


Download 15.03 Kb.
Sana18.06.2022
Hajmi15.03 Kb.
#764478
Bog'liq
Taqriz va Rahbar Xulosasi Muhammadiyev Bekzod
1488625053 8-mart-xalqaro-xotin, 1614690986184, 1614690986184, 1-4 Lernwortschatz, 1614690986184, GNL Guidelines DE-original, 1, dars-tahlili-daftari, K, Lecture 22, Rus tili nazariyasi va uqitish metodikasi, 1234, Ona tili DTM BAZA, answers, Eshboyev Davronbek

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Kompyuter injiniringi fakulteti “Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Muhammadiyev Bekzodning “Yo‘l harakati belgilarini CNN yordamida tanib olish dasturiy vositasini yaratish” nomli mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Ushbu malakaviy bitiruv ishi yo’l harakati xavfsizligi sohasida hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Yo‘l belgilarini tanib olish va ularni qayta ishlash videokuzatuv tizimlaridagi tasvirlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash model va algoritmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun xizmat qiladi. Bunday masalalarni yechishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida hal qilishga mo‘ljallangan dasturiy vositalarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 ta bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Kirishda mavzuning dolzarbligi, masalani qo‘yilishi va ishning amaliy ahamiyati keltirilgan, ishning tarkibiy qismlari tavsiflangan.
Birinchi bobda bitiruv malakaviy ishiga doir nazariy ma’lumotlar keltirilgan, shuningdek, tasvirlarga dastlabki ishlov berishda Python dasturlash tilining ahamiyati va tavsiyalar keltirilgan.
Ikkinchi bobda tasvirlardan obyektlarni tanib olish va klassifikatsiyalash uchun CNNning qo‘llanilishi va dasturiy vositalari yaratish haqida ma’lumotlar berilgan.
Uchinchi bobda dasturiy vositani yaratish bosqichlari va undan foydalanish tavsifi hamda axborot–kommunikatsiya tizimlari xavfsizligi ko‘rsatilgan.
Xulosa qismida bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida amalga oshirilgan ishlar va natijalar sanab o‘tilgan, olingan natijalar asosida xulosalar chiqarilgan.
Ilova qismida yaratilgan dasturiy vositaning kodi berilgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ish talaba tomonidan mustaqil bajarilgani va yozilgani matndan ko‘rinib turibdi. Matnda talabalarga xos kamchiliklar ham bor. Ishlab chiqilgan dasturiy vosita amaliy ahamiyatga molik. Ular dasturlashning zamonaviy texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.
Talaba B.Muhammadiyevning “Yo‘l harakati belgilarini CNN yordamida tanib olish dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi barcha talablarni qanoatlantiradi va a’lo bahoga loyiq deb hisoblayman.


Samarqand davlat chet tillar instituti
“Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari”
kafedrasi dotsenti D.T.Eshonqulov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Kompyuter injiniringi fakulteti “Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Muhammadiyev Bekzodning “Yo‘l harakati belgilarini CNN yordamida tanib olish dasturiy vositasini yaratish” nomli mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha rahbar
MULOHAZASI
Yo‘l belgilarini tanib olish va ularni qayta ishlash videokuzatuv tizimlaridagi tasvirlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash model va algoritmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun xizmat qiladi. Bunday masalalarni yechishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida hal qilishga mo‘ljallangan dasturiy vositalarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Qo‘yilgan masalani yechish uchun talaba B.Muhammadiyev quyidagi ishlarni amalga oshirdi:
python va Pycharm texnologiyasini o‘rnatishni va foydalanishni o’rgandi;
yo‘l belgilarini CNN orqali tanib olish va tasvirlarni qayta ishlash usullarini o‘rgandi;
tasvirlardagi obyektlarni tanib olishda CNN foydalanib dasturiy vosita yaratdi;
dasturiy vositalarni ishlab chiqish bo’yicha xulosa va tavsiyalar berdi.
Yaratilgan dasturiy vosita amaliy ahamiyatga molik. Taklif etilgan algoritmlarning ishlash qobilyatini baholash maqsadida ular tajribaviy tekshirildi.
Talaba B.Muhammadiyev dasturiy vositani mustaqil ravishda ishlab chiqdi, o‘zini dasturlash sohasida yetarlicha bilim, saviya va ko‘nikmalarga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Talaba B.Muhammadiyevning “Yo‘l harakati belgilarini CNN yordamida tanib olish dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi barcha talablarni qanoatlantiradi va a’lo bahoga loyiq deb hisoblayman.


TATU Samarqand filiali
“Dasturiy injiniring” kafedrasi assistenti M.A.Umarov
Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling