Muhammadjon mirzayev (1913-1999)


Download 80.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi80.95 Kb.
#212445
Bog'liq
M. Mirzayevning hayoti va ijodi



MUHAMMADJON MIRZAYEV (1913-1999) 

O‘zbek  bastakorlik  san’atiga  munosib  hissa  qo‘shgan  yetuk 

bastakor,  sozanda  Muhammadjon  Mirzayev  1913  yilda 

Toshkentda tug‘ildi.  U yoshligidan musiqaga mehr qo‘ydi. U 

o‘smirlik yillari Toshkent to‘qimachilik kombinatida ishlaydi. 

Shu  kombinatning  havaskorlik  to‘garagiga  qatnashadi. 

Mandalina, rubob chalishni o‘rganadi. 1936 yilda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi 

qoshidagi  Xalq  cholg‘ulari  orkestriga  Komissiya  sinovidan  o‘tib,  sozanda  sifatida 

ishga  qabul  qilinadi.  Xalq  cholg‘ulari  orkestri  Muhammadjon  Mirzayev  uchun 

dastlabki bilim o‘chog‘i bo‘lib xizmat qildi. U shu orkestrda qashqar rubobini puxta 

o‘rganadi.    Xalq  musiqiy  merosi  bilan  tanishadi.  To‘xtasin  Jalilov,  Mamadbobo 

Sattorov, Jo‘raxon Sultonovlar san’atidan bahramand bo‘ladi. 

   

Urush  yillarida  jangchilarga  berilgan  konsertlarda  o‘z  san’ati  bilan  xizmat 



qiladi. Farhod GESi qurilishi qoshidagi Xalq teatrida musiqa rahbari bo‘lib ishlaydi. 

Bastakorning  birinchi  asarlari  “Mehnat  ahli”,  “Po‘lat”,  “Jahon”  kabilar  shu  yillari 

yaratilgan edi. U 1949 yilda Toshkent Davlat Konservatoriyasining Xalq cholg‘ulari 

fakultetiga  o‘qishga  kirib,  uni  1954  yilda  tugatadi.  Bastakor  keyinchalik 

M.Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat ansambli bilan ijodiy hamkorlik qiladi. 

Ansambl  uchun  ko‘pgina  kuylar  bastalaydi.  Ulardan    “Bahor  valsi”,  “Gulnoz”, 

“Dilbar”, “Intizor etma”, “Yangi tanovar” va boshqalarni sanab o‘tish mumkin. 

   


Ma’lumki,    bastakorning  yutug‘i  ko‘p  jihatdan  ijrochiga  bog‘liq.  Uning 

bastakorlik  ijodiga  xos  xususiyatlardan  biri,  u  o‘z  asarlarini  ijrochining 

imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  yaratdi.  Bu  jihatdan  marhum  xalq  hofizi 



Ma’murjon  Uzoqov,  xalq  artisti  Hanifa  Mavlonova  uchun  yaratgan  ashulalari 

diqqatga sazovor. Ular ijrosida “Yor istab”, “Fig‘onkim”, “Yakka bu Farg‘onada”, 

“Bir  kelib  ketsun”,  “Parvona  bo‘ldim”  kabi lirik  ashulalari  qo‘shiq  shaydolarining 

yurak-yuragiga  singib  ketgan.  Bastakor  “Tong  malikasi”,  “Dil  o‘ynasin”  kuylarini 

raqqosalardan  Qizlarxon  Do‘stmuhammedova  va  Dilafro‘z  Jabborovalarning 

imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  bastalagan.  Xonanda  Dilorom  Qayumova  ijro 

etgan  qo‘shiqlar  ko‘pchilik  musiqa  shinavandalariga  manzur  bo‘ldi.  “Shirmonoy”, 

“Oltin sandiq”, “Uch dugona” shular jumlasidandir. 

   

Muhammadjon Mirzayev ilhomi bilan yaralgan dilgir navolarning manbai va 



tub  negizlari  o‘zbek  xalq  musiqasida,  deb  ishonch  bilan  aytish  mumkin.  Ushbu 

qimmatli  xususiyatlari  bilan  M.Mirzayev  ijodiy  namunalari  boshqa  o‘tgan  va 

zamondosh  bastakorlarnikidek  musiqa  tilida  tushunarli  qilib  ifoda  etilganini 

ta’kidlashimiz o‘rinli. 

   

Atoqli  bastakordan  juda  katta  musiqiy  meros  qolgan.  Uning    asosiy  qismi 



kuy va ashulalardan iborat. Bularning aksariyati O‘zbekiston radiosining xazinasida 

magnit  tasmalariga  yozib  olingan.  Bastakor  yaratgan  kuy  va  ashulalarning  asosiy 

qismi milliy musiqamiz bo‘stonida gullab-yashnayotgan chamanzorga aylandi. 

   


Shu  boisdan  Muhammadjon  Mirzayev  ijodiy  faoliyati  kelgusida  mufassal 

o‘rganilib, yoritilishi shart bo‘lgan xayrli vazifalardan  biridir. 



 

Download 80.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling