«Мухандислик геологияси ва грунтлар механикаси,замин ва пойдеворлар» фанидан 2020/2021ўқув йили учун 1- об саволлари


Download 20.67 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi20.67 Kb.
#199509
Bog'liq
T.Abdurahmon 105-19





«Мухандислик геологияси ва грунтлар механикаси,замин ва пойдеворлар» фанидан 2020/2021ўқув йили учун 1- ОБ саволлари

ВАРИАНТ №20

1.

Эол ётқизиқлар ва уларнинг хусусиятлари

2.

Нураш жараёни нима ва уларнинг қандай турларини биласиз?

3.

Ер ости сувлари нима ва уларнинг ҳосил бўлиши

“ШЙваК ” кафедра мудири Ш.Б.Ахмедов

1) Eol yotqiziqlari – shamolning geologik ishi natijasida (uchirib kelishi va yotqizishi ) hosil bo’lib, ularga misol qilib Barxan, Dyuma qumlari, lyoss, hamda Qizilqum, Qoraqumlarni olish mumkin. Ularning qalinligi bir necha m dan bir necha yuzlab m ga boradi. Eol qumlari ko’chuvchan hisoblanadi, shu sababli inshoot zamini bo’la olmaydi. Ularning donalari, zarralari bog’lanmagan yoki juda bo’sh bog’langan bo’ladi.

2) Nurash jarayoni:  Nurash deb – tog’ jinslarini turli tabiy omillar tasirida yemirilishiga aytiladi. Nurash jarayoni 3 turga bo’linadi:


    1.Fizikaviy (mexanik nurash )
    2.Kimyoviy nurash
    3.Organik nurash
    Fizik nurash - haroratni o’zgarishi, turli mehanik ta’sir jarayonida ro’y beradi. Havo, atmosfera yog’inlari  fizik nurashni tezlashtiradi. Tog’ jinslari issiqlikka kengayadi, sovuqqdan torayadi.Bu jarayonning ketma – ket ro’y berishi natijasida darzliklar yoki yoriqlar hosil bo’ladi. Yoriqlarga suv tushadi, suv muzlashi natijasida yemirilish hosil bo’ladi. Fizik nurash ko’pincha tog’li nohiyalarda tez rivojlanadi.
 
Kimyoviy nurash – tog’ jinslariga ta’sir etuvchi suvning kimyo tarkibi bilan reaksiyaga kirishadi, natijada tog’ jinslari yemiriladi, tarkibi o’zgaradi. Kimyoviy nurash natijasida misol: angidrid minerali o’ziga suv shimib olgandan keyin gipsga aylanadi.
Organik (biologik ) nurash – turli mikroorganizmlar, o’simliklar tog’ jinslariga ta’sir etib, ularning tarkibini o’zgartiradi.O’simliklar tog’ jinslarini yemirib, ularning fizik mehanik xossalarini o’zgariradi.
Nurash mahsuloti ellyuvial yotqiziq deyiladi.

3) Yer osti suvlari deb, yer yuzidan pastda joylashgan tog’ jinslarining g’ovaklarida, yoriqlarida, bo’shliqlarida paydo bo’lgan har qanday suvga aytiladi. Yer osti suvlari hosil bo’lishiga qarab quydagi turlarga bo’linadi:


 1.Infiltratsiya (shimilish) suvlari – atmosfera yog’inlarini, yer usti suvlarini yerga shimilishi natijasida hosil bo’ladi.
 2.Kondensatsiya suvlari – suv bug’larining to’yinib suyuqlikka aylanishi jarayonida hosil bo’ladi.
 3.Sedamitatsion suvlari – kimyo cho’kindi tog’ jinslarini hosil bo’lish jarayonida ulardan ajiralib chiqqan yer osti suvlariga aytiladi.
 4.Yuvinil suvlari – vulqon otilishi jarayonida lavadagi suv bug’larini yerga shimilishi natijasida hosil bo’lgan suvlarga aytiladi.


Download 20.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling