Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari


Download 6.86 Mb.
bet1/10
Sana23.09.2023
Hajmi6.86 Mb.
#1686786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan MT[1][1]




  1. Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi. Biomaromlar va tirik organizmlarning hayotiy shakllari. Vaqt ekologik omili. O’simlik va hayvonlardagi sutkalik, oylik va yillik maromlari

Ekologik omillar o’z tabiatiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga bo’linadi.


Abiotik omillar {olik}: ularga quruqlik biostenozlarida qo’yidagilar kiradi:
1) iqlim omillari - yorug’lik, namlik,harorat, havo va hokazo.
2) Edafik {yoki tuproq grunt} tuproqning ximiyaviy va fizik xossallari.
3) Topografik {relef sharoiti}.
Biotik omillar {tirik}ikki guruhga.
1.Fitogen – birgalikda yashayotgan o’simliklarning bir-biriga ta’siri.
2.Zoogen-hayvonlarning {oziqlanishi, payhon qilishi,changlanishi, tarqatish.
3.Mikrobiogen va mikogen: mikroorganizmlar va zamburug’larning ta’siri.
.

Antropogen omil: Insoning xo’jalik yuritish faoliyati, mehnat vositalari, zavod, fabrika, shahar, qishloq, turli-tuman inshootlar, texnika vositalari, madaniy landshaftlar va hokazo.


Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta’sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar {dafniya, stiklonlar } uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so’zib yuraveradi.
Har qaysi faktorning organizmga ta’sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog’liq. Faktorning yashash mumkin bo’lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o’ziga xos chidamlilik chegarasi bor.
Faktorning organizmga eng qo’lay ta’sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi.
Usimlik va xayvonlardagi sutkalik , oylik va yillik maromlar:
Sutkalik ritmlar — erning’ o’z o’qi atrofida harakatlanishi natijasida hosil bo’lgan mikroiqlim sharoitlari kompleksining qonuniy almashinib turishiga javoban organizmlarning o’ziga xos adaptatsiyasidir. Sutkalik davriylikning xususiyati tinch holat va faol faoliyat davrining navbatlanib turishidan iborat. Ayrim tirik organizmlarda faol faoliyat kunning yorug’ vaqtiga to’g’ri kelsa, boshqa jonli . individlarda kechkurunga to’g’ri keladi.
Organizmdagi sutkalik ritm bir kecha-kunduzda davriy ravishda o’zgarib turadigan muhit omillariga, ya’ni havo harorati va namlikka, shamol, yorug’lik va shunga o’xshash ko’pgina murakkab omillarga moslashishdan iboratdir. Shuningdek, sutkalik ritm oziq topish sharoitlariga ham bog’liq bo’lishi mumkin. Biroq xuddi mavsumiy ritmda bo’lgani kabi, sutkalik ritmda ham yorug’lik asosiy signal (ogohlantirish) omili vazifasini o’taydi. Shu bilan birga yorug’ va qorong’i paytlarning navbatlanib turishi ham alohida rol o’ynaydi. Bu yorug’lik tartibi sun’iy yo’l bilan o’zgartirish orqali isbotlanishi mumkin.
O’simliklar olami va hayvonot dunyosida sutkalik tsikllarni o’rganish organizmlar ham vaqtni aniqlash qobiliyatiga ega ekanligini isbotladi. Ko’pchilik o’simliklarning guli sutkaning ma’lum vaqtida ochiladi, masalan, loviya o’simligi barglarining bir sutka davomidagi harakati xronologik aniqlik bilan yuz. beradi. Barcha tirik organizmlarning vaqtni aniqlash xususiyatini biologik soat deb yuritiladi.

Nerv sistemalari to’la shakllangan hayvonlarga biologik soat mexanizmlari ayniqsa mansubdir. Hasharotlarning sutkalik ritmlarini o’rganish ularning biologik soati mahalliy vaqtta «to’g’rilangan» ekanligini ko’rsatadi, ya’ni har bir organizm o’zi yashab turgan joyning yorug’lik omillariga asoslanib vaqtlarini o’lchaydi.


Agar faol ritmdagi suvarakning halqum osti gangliyasini qirqib olib, boshi olingan «aritmik» suvarak qorniga ko’chirib o’tkazilsa, bir necha kundan keyin mazkur suvarakda ham gangliyasi ko’chirib o’tqazilmasdan oldli donor hasharotda bo’lgan faollikning paydo bo’lgani qayd qilinadi. Shu bilan birga faollik davrining boshlanishi, asosan, yorug’likdan qorong’ulikka o’tish natijasida kelnb chiqadigan qo’zg’alishga bog’liq bo’ladi. Bu qo’zg’alish oddiy ko’z orqali qabul qilinadi.




  1. Download 6.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling