Muhtaram ustozlar! Qadrli doʻstlar!
Download 13.8 Kb.
|
1-oktyabr nutq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Institut rektori Odiljon Mamatkarimov
Muhtaram ustozlar! Qadrli doʻstlar! Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda oʻz hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bagʻishlagan barcha yurtdoshlarimizni 1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamiz, Oliy ta’lim muassasalari salohiyati har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir. Shuning uchun mamlakatimizda oliy ta’lim sohasiga davlat miqyosida ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Oxirgi vaqtda mamlakatimizda mazkur yo’nalishni mutlaqo yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladigan bir necha muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Namangan muhandislik-texnologiya instituti ham ushbu o’zgarish va yangilanishlardan chetda emas. Xususan, qabul kvotalari oshirilmoqda, koʻpgina yoʻnalishlar boʻyicha sirtqi boʻlimlar faoliyat koʻrsatmoqda. Bularning barchasi taʼlim-tarbiya jarayonlarining sifati va darajasini zamon talablari asosida tubdan yaxshilash, zahmatkash ustozlarimiz, mazkur sohada faoliyat koʻrsatayotgan barcha fidoyi insonlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish, ularning qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ayniqsa ahamiyatlidir. Taʼkidlab oʻtish joiz, institutimizning ilmiy salohiyati yildan yilga oʻsib bormoqda. Bugungi kunda institutimizda jami 345 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatib, ularning 50 nafardan ortig’i fan doktori, professorlar hamda 183 nafari fan nomzodlari va falsafa doktorlarilardan iborat. Institutning ilmiy salohiyatni oshirish hamda yosh tadqiqotchilar uchun sharoitlar yaratish maqsadida 2023-yil uchun davlat byudjetlari mablagʻlari hisobidan 37 ta ixtisoslik boʻyicha 150 nafar doktorant, tayanch doktorantlar hamda stajyor va mustaqil tadqiqotchilar qabul qilindi. Bugungi kunda institutda 310 nafardan ortiq doktorant va izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib bormoqdalar. O’qituvchi va talabalarga sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida 3 ta yangi o’quv labaratoriyalari foydalanishga topshirldi. Bularning barchasi siz aziz ustozlar faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning kichik misolidir. Yurtnoshimiz tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarning barchasidan ko‘zlagan maqsad bitta. U ham bo‘lsa, Yangi O‘zbekistonning yangi beruniylari, yangi xorazmiylari, ibn sinolari va farg‘oniylarini kamolga yetkazish, shu orqali jonajon Vatanimizni dunyo miqyosida rivojlangan, tinch, erkin va farovon mamlakatga aylantirishdan iborat. Aziz ustoz va murabbiylar, hurmatli hamkasblar, bugun mana shunday o‘ta mas’uliyatli jabhada tom ma’noda tarixiy missiyani ado etmoqdamiz. Chunki, Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlarni tarbiyalash – haqiqatan ham g‘oyat ezgu va ulug‘ vazifadir. Muhtaram ustozlar! Barchangizni umumxalq bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda kuch-gʻayrat, yutuq va omadlar, xonadonlaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman. Institut rektori Odiljon Mamatkarimov Download 13.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling