Mujassamotlariga ega boʻlgan


Download 16.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.10.2022
Hajmi16.04 Kb.
#831142
Bog'liq
Naqqoshlik - Vikipediya
1-maruza 768679222e122f936c53dac5edbd8867 2, 1-mavzu boyicha savollar va amaliy topshiriqlar c873f00d2e536a582d826f2f2171e0fe, Untitled presentation, nNYcjh2ZXTtrHMqPkcfjRMLC7rXnfTT2, SI 4-amaliy Toshev, SI 4-amaliy Toshev, SI 4-amaliy Toshev, SI 4-amaliy Toshev, MAGISTR, For print machines d9309160979a5ee933e4867a73af2a2f, Ergashev Bobur 2- topshiriq, 1 Topshiriq javoblari, ingliz-tili-kitob, chiziqli absni tahlili va sintez qilish, 1. Funktsiyalarni Nyuton formulalari yordamida approksimatsiyala


Naqqoshlik
Naqqoshlik, naqshkorlik — amaliy sanʼatning qad. sohasi; naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta
qogʻozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi (ayniqsa, girih va
islimiy kabi murakkab naqshlarda), axta, andoza tayyorlaydi. Amaliy sanʼat ustalari 2 xil usulda
bezak yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan axta, andoza yordamida hamda naqsh (gul) toʻgʻridan-
toʻgʻri bezash jarayoni-daustalar tasavvurining mahsuli si-fatida yaratiladi. N.da naqsh, bezakni
malakali naqqosh ustalar chizib beradilar, bunday naqshlarni meʼmorlik, gilamchilik,
kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqa dagi naqsh mujassamotlarida birday uchratish mumkin.
Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari qunt, uzoq mashq-malaka talab qiladi.
Naqqoshlar oʻtmishda xalq ustalarining eng bilim-don, isteʼdodli qismini tashkil etgan, ular
ustodlarda taʼlim olgan, turli fanlar (adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematika)ni yaxshi bilgan.
Oʻrta Osiyo hududidagi meʼmoriy yod-gorliklar, arxeologik qazilmalar N.ning bu yerda qadimdan
rivojlanganligini koʻrsatadi. Amaliy bezak sanʼati turlari (kulollik, miskarlik, zargarlik, gilamchilik,
kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqalar) hamda meʼmorlikning taraqqiyoti N.ning ham rivojini
taqozo etdi. Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Koʻhna Urganch, qad. Ter-miz, Ayritom, Bolaliktepa,
Varaxsha, Afrosiyob va boshqa joylardan topilgan turli xil uslubdagi naqsh namunalarining
jozibadorligi ajdodlarning yuksak madaniyatidan darak beradi. N., ayniqsa, oʻrta asrlarda (9—12,
14—15, 18—19-asrlar)da keng tarqaldi. Kito-bat sanʼatiaa qoʻlyozmalarni moʻʼjaz asarlar bilan
bezashda N., musavvirlik asosiy oʻrin tutadi; meʼmorlikda na-qshlarni qoʻllash, ayniqsa, taraqqiy
etib, oʻz qonunqoidalari hamda uslublari, oʻziga xos ranglar uygʻunligiga va mustaqil
mujassamotlariga ega boʻlgan.
Oʻzbekistonning turli viloyatlaridagi meʼmoriy yodgorliklar, idish, buyum, mehnat qurollaridagi
naqshlarda umumiylik koʻzga tashlansada, Buxoro, Xiva, Fargʻona, Toshkent va boshqa joylarda
shu yerlarning oʻziga xos naqsh uslublari vujudga kelgan. N. avloddan-avlodga oʻtgan,
shogirdlar ustozlaridan oʻrgangan naqsh namunalarini isteʼdodlari darajasida boyitib borganlar,


N.ni rivojlantirganlar. Oʻzbekiston hududi (turli mintaqalari)da oʻziga xos boʻlgan N. maktablari
shakllangan. Shunga koʻra, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Fargʻona vodiysi, Toshkent N. i ayrim
oʻziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 20-asr oʻrtalaridan N. bezak
mujassamotlariga tasvirlar (meʼmoriy obi-dalar, kishilar portretlari va boshqalar) ham kiritila
boshlandi. Jumladan, kandakori buyumlar bezagida meʼmoriy obi-dalar, chinni buyumlar
bezagida esa atoqli kishilarning portretlari va boshqa oʻz ifodasini topdi.
20-asr 90-yillaridan N. ustalari ijodiy markaz va uyushmalarga birlashgan holda ijod qilmoqda.
"Us to" "Musavvir", "Hunarmand" ustalari ijodi diqqatga sazovor. N. keng taraqqiy etgan boʻlib,
ustalar yangi qurilayotgan inshootlarda hamda madaniy yodgorliklarning taʼmirida faol ishtirok
etmoqda. Bevosita ularning ishtirokida "Oqsaroy" qarorgohi, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi
davlat muzeyi, "Turkiston" konsert zali, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolari bezalgan. Us t a
naqqoshlardan M. Toʻrayev, A. Ilhomov, S Mahmudov, Q. Shoislomov, H. Nuraliyev, S. Shukurov
va boshqa N. rivojiga katta hissa qoʻshdilar. N. buyumlari bilan ustalar xorij koʻrgazmalarida qam
faol qatnashadi.
Malakali naqqosh ustalar qadimdan usta-shogird usulida tayyorlangan. Hozirgi kunda ham shu
usulda naqqosh ustalar tayyorlash saqlangan, shuningdek, maxsus bilim yurtlari, kollejlarda, ba-
diiy markazlarda N. boʻyicha ham muta-xassislar tayyorlanadi.
Poʻlat Zohidov.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Naqqo
shlik&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar


Soʻnggi tahrir 19 kun avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Naqqoshlik&oldid=2849862

dan olindi

Download 16.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling