Multimedia aloqa tarmoqlari


Download 97.64 Kb.
bet1/3
Sana07.11.2023
Hajmi97.64 Kb.
#1753554
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Multimediya aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyalari




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI


TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA’LIMI FAKULTETI
MULTIMEDIA ALOQA TARMOQLARI” fanidan
1-MUSTAQIL ISH



Bajaruvchi: Habibullayev S
Tekshiruvchi: Mirzoqulov H


Samarqand-2023


Reja:



  1. Kirish
    Multimediya aloqa tarmoqlarida qo’llaniladigan texnologiyalar


  2. MPLS asosidagi multimediali aloqa tarmog‘ining transport telekommunikatsiya texnologiyalari


  3. Multimediya axborotli oqimlar


  4. Oqimlarda trafikning asosiy parametrlarini aniqlash



Xulosa
Adabiyotlar

Kirish
Telekommunikatsiya tarmog‗i, tarmoqning moslashuvchanligi va ishonchliligini oshirish, global tarmoqlarni boshqarishni ancha osonlashtirish imkonini beruvchi intellektuallikka ega bo‗lishi kerak. Tarmoqlarning intellektualligi tufayli xizmatlardan foydalanuvchi passiv foydalanuvchidan faol mijozga aylanadi, ya‘ni mijoz zarur bo‗lgan xizmatga buyurtma bergan holda, o‗zi tarmoqni faol boshqarishi mumkin.
Bugungi kunda global axborot jamiyatida turli xil xizmatlar, ya‘ni videotelefoniya, videokonferens aloqa, teleeshittirish, radioeshittirish va ovozli eshittirish, yuqori tezlikda raqamli ma‘lumotlar almashish, katta hajmdagi fayllarni uzatish, yuqori tezlikli telesignalizatsiya va telenazorat, yuqori sifatli tasvirlarni uzatish, axborot-ma‘lumot tizimlari, masofadan o‗qitish kabi xizmatlarni o‗z ichiga olgan zamonaviy va istiqbolli telekommunikatsiya xizmatlari doirasi kengaymoqda. Foydalanuvchilar turli xizmatlarga ulanish imkoniyatiga ega bo‗ldilar. Telekommunikatsiya tizimlarini kelgusi rivoji va raqobatbardoshligi, aloqa operatorlarini abonent tarmoqlarini modernizatsiya qilishdagi tanlagan yechimlariga bog‗liqdir.
MULTIMEDIYALI ALOQA TARMOG‘IDA QO‘LLANILADIGAN TEXNOLOGIYALAR

Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli Aloqa bu tarmoq va aloqa xizmati yig‗indisini o‗zida namoyish etadi (2.1- rasm). Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni ta‘minlovchi vositalar majmuasidir. Ikkilamchi tarmoqlar telekommunikatsiya xizmatlarida signallarni kommutatsiyalash, transportlashni ta‘minlaydi. Birlamchi tarmoqlar ikkilamchi tarmoqlarni ta‘minlaydi. Mos keluvchi xizmatni tarkibiy qismi foydalanuvchilarda joylashgan oxirgi qurilma hisoblanadi.


Xizmat namunasi sifatida telefon aloqasini keltirish mumkin. U telefon aloqa, ma‘lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taqdim qiladi. Telefon tarmog‗i bo‗yicha ma‘lumotlar uzatish (telefon xizmatini qo’llab) telefon kanallari bo‗ylab ma‘lumotlar uzatish xizmati sifatida ko‗riladi. Telefondan foydalanuvchi o‗zining kompyuterini modem yordamida telefon tarmog‗iga ulashi mumkin. Ma‘lumotlar uzatish xizmati sifatida biz ma‘lumotlar uzatish uchun mahsus yaratilgan aloqa tizimini tushunamiz, ya‘ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash usullari, taqsimlash va ma‘lumotlar uzatish. Shu vaqtning o‗zida ma‘lumotlar uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi mumkin.
Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish avvaldan belgilangan aniq qoidalar bo‗yicha amalga oshishi kerak. Bu qoidalar (standartlar) elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. 1978 yilda standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi. Uning vazifasi - ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanishi uchun xalqaro tavsiyalar ishlab chiqarishdir. Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar bilan o‗zaro ta‘sirlashishi mumkin bo‗lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq tizimlarning o‗zaro bog‗lanish (OTO‗B) etalon modeliga mos kelsa, u ochiq tizim hisoblanadi.
OTO‗B etalon modeli – standartlar tuzilishining umumiy strukturasi. U alohida standartlar orasidagi o‗zaro bog‗lanish prinsipini aniqlaydi va OTO‗B uchun talab etiladigan ko‗pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini ta‘minlash uchun asos hisoblanadi. Biroq OTO‗B standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar to‗plamini, shuningdek xizmatlarni ta‘minlovchi protokollar to‗plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi sathlarni o‗zaro ta‘sirlashish qoidalarini va jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi.
Barcha yettita sathning vazifasi amaliy jarayonlarni ishonchli o‗zaro ta‘sirini ta‘minlashdir. Bunda amaliy jarayonlar sifatida foydalanuvchilarning ehtiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Har bir sath o‗zining vazifasini 35 bajaradi. Biroq sathlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini almashish tartibini ta‘minlash transport sathda amalga oshiriladi, shuning uchun seansli sath protokollarini qo‗llash chegaralanishga ega. Transport sathi (transport) – ma‘lumotlarni segmentlashtirishni boshqarish (segment – transport sathni ma‘lumotlar bloki) va manbadan foydalanuvchiga (abonentlar orasidagi logik kanalni o‗rnatish va axborotni boshqarishni almashtirish, ma‘lumotlar uzatish sifatini ta‘minlash) ma‘lumotlarni ikki tomonlama uzatish. Bu sathda tarmoq sathga taqdim etiladigan xizmatlar qo‗llanilishi optimallashtiriladi, ya‘ni kam xarajatlarda maksimal o‗tkazish qobiliyati ta‘minlanadi. Transport sath protokollari juda keng rivojlangan va amaliyotda jadal qo‗llaniladi. Bu sathda uzatilayotgan axborotning ishonchliligini nazoratiga katta ahamiyat berilgan.
.

Download 97.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling