NIZOMIY NOMIDAGI
TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
|
|
|
“TASDIQLAYMAN”
___________A.K.Kirgizbaev
2022 yil “___”______
|
|
|
|
|
|
“MULTIMEDIA TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI”
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 - Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 - Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60112400-Professional ta’lim (60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari)
Fan/mavzu kodi
MTVT112
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
1/2
|
Kreditlar
6/6
|
Fan/mavzu turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4/6
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
MULTIMEDIA TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI
|
150
|
210
|
360
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
«Multimedia tizimlari va texnologiyalari» fanining asosiy maqsadi –ta’lim yo‘nalishlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlariga ajratilgan soatlar doirasida fan mashg‘ulotlarida talabalarga media bilan ishlash to‘g‘risida tushuncha berish, talabalarda ijodiy – shakliy fikrlashni xamda dizayn - loyihalarda kompazitsion- kashvifiy professional bilimlarni hamda amaliy ko‘nikmalarni shaklantirishdan iborat.
Har bir fanni o‘rganish uni maqsadlariga bog‘liq. Bu fan tasviriy san’at, kompyuter texnologiyalari va zamonaviy ommaviy-axborot vositalarida rakamli media, birinchi navbatda video va media bilan ishlash to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar olib o‘quvchi talaba o‘zining ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi.
II. Asosiy nazariy qism (Ma’ruza mashg‘ulotlari)
II. I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
I – MODUL.
1-mavzu. Multimedia texnologiyalari va tizimlarining asosiy tushunchalari.
Multimedia tushunchasi, multimedia vosita va texnologiya sifatida. Multimedia texnologiyalari haqida tushuncha. Multimedianing texnik ta’minoti, multimediali axborotlarni almashishni tashkil etish.
2-mavzu. Multimediali ilovalarni yaratish texnologiyasi.
Grafik ma’lumotlar: videotizimlar va ularni sozlash, grafik ma’lumotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosiy fayl formatlari, fayl formatlarini o‘zgartirish, grafik ma’lumotlarni hosil qilish, namoyish etish va tahrirlash dasturlari, Windows da grafika bilan ishlash, animatsiya vositalari. PowerPoint dasturining grafiklarga animatsiyalar o‘rnatish. Flash dasturining multimediali imkoniyatlari.
II – MODUL.
3-mavzu. Video ma’lumotlarni taqdim etuvchi dasturiy ta’minotlar.
Video ma’lumotlarni taqdim etish uchun qo‘llaniladigan fayl formatlar va asosiy tamoyillar, video ma’lumotlarni hosil qiluvchi texnik vositalarni o‘rnatish va sozlash; dasturiy vositalar yordamida videokliplarni hosil qilish, tahrirlash va ijro etish. Videokliplarni hosil qilish dasturlari bilan ishlash.
4-mavzu. Raqamli videoma’lumotlarni tahrirlash jihatlari.
Raqamli videoma’lumotlarni tahrirlaydigan Movie Maker, Pinnacle Studio, Adobe Premiere Bandicam, Camtasia Studio kabi dasturlarning interfeyslarining umumiy jihatlari, chiziqli bo‘lmagan montajning texnologiyasi, sahnalar ketma-ketligini loyixalashtirish, videolavxalarni yuklash.
5-mavzu. Rolikga videoma’lumotlarni va ovozni qo‘yish.
Ovoz va videoni qo‘yish usullari, ma’lumotlarni siqish usullari, videoeffektlarni qo‘llash imkoniyatlari, natijalarni darxol ko‘rish rejimi, videomu’lumotlarda titrlarni xosil qilish, titrlarga animatsiya berish, rolikni nashr qilish, tayyor rolikni saqlash, rolikni diskga yozish.
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |