Mundarija: I – bob. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish


Download 151.34 Kb.
bet1/14
Sana28.06.2022
Hajmi151.34 Kb.
#780109
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5231107945613237154
sardorlar saylovi bayonnomasi, 11, 1, 2-laboratoriya topshiriqlari2 (3), Mirzayev Rustamjon 2, 2-ma'ruza ehtimol, Кошининг интеграл формуласи, Tasodifiy miqdor va uning taqsimot qonuni. Taqsimot funksiya va uning xossalari., Физ, ????ПЕПЕМОРИЯ????, 4-mavzu, sojida, 3.SQL tilida jadvallar yaratish, 1234

MUNDARIJA:
I – BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH

    1. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish tarixidan

    2. Ona tili - boshlang'ich sinflarda o'quv predmeti sifatida

    3. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari

II – BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILINI O’QITISH METODIKASI
2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o’rganishning o’rni
2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari
2.3. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning mazmuni va vazifalari
2.4. Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo’yiladigan talablar
2.5. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dоlzarbligi. Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsad qilingan va bu amalga oshirilayotgan ekan, bu jarayonda yoshlarning o’rni va roli alohida ahamiyatga ega . Zero, yoshlar bizning kelajagimiz, avlodlardan meros qolgan muqaddas zaminni yuksaltirish, ilg’or davlatlar darajasiga ko’tarish ularning bilimi, iste’dodi, jasorati, ma’naviy barkamolligiga bog’liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining ijtimoiy yo‘nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta’lim muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma’naviy-ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham belgilab o‘tilgan.
Darhaqiqat, mustaqillik davrida yoshlar tarbiyasi uchun ularning qobiliyat va ist’dodlarini ro’yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 1997- yil 29- avgustda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da yoshlarni jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan yuksak, aqliy jihatdan barkamol, ruhiy jihatdan qobiliyatli, zamonaviy ilm va kasb – hunarni mukammal egallagan, o’zining shaxsiy fikriga ega, vatanparvar, insonparvar va mehnatsevar shaxs qilib tarbiyalash ko’zda tutilgan.
Hozirda ta’lim tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayaninsh tobora qaror topib bormoqda va ko’ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakllantirishga birlamchi vazifa sifatida yondashish ustuvor bo’lib bormoqda.
Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim insonning bilim va tarbiya olishida poydevor vaifasini o‘taydi. Boshlang’ich sinflardagi ona tili ta’limi sohasining asosiy maqsadi bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, og’zaki va yozma nutqini hamda tafakkurini o’stirish, ularni shaxs sifatida shaakllantira borishni amalga oshirish, ularda bilim olishga bo’lgan qiziqishni o’stirish, faollik, mustaqillik, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyatlari o’stirish hisoblanadi. Ayniqsa, “ona tili” fan dasturi asosida tashkil qilinadigan boshlang’ich sinf ona tili darslari o’quvchilarni har tomonlama rivojlangan ma’naviyatli inson qilib tarbiyalashda alohida o’rin tutadi.
Ona tilini o'qitishdan asosiy maqsad o'quvchilarda o'z ona tilida fikrni to'g'ri, aniq, ravshan va go'zal ifodalay olish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. So'zlarni to'g'ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda tuza olish insoniy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Shuning uchun har bir so'z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to'g'ri, o'rinli ishlata olishni o'rgatish, o'z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik tuyg'usini shakllantirish ona tili mashg'ulotlarining asosiy vazifasi sanaladi.

Download 151.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling