Mundarija: kirish 4


Download 84.09 Kb.
bet1/4
Sana17.05.2022
Hajmi84.09 Kb.
#677531
  1   2   3   4
Bog'liq
rus o\'zb
Евросиё ТГР Арктика, Bemor ornini tayyorlash va oqliklarni almashtirish, Yangi diniy harakatlarning zamonaviy faoliyat uslublari Reja, устама-хужжатлари-2019-yangi, 3-var, IBRAGIMOV -2014 RECCA (1), Kombinatsiyalashgan agregatlar, PYTHON O\'ZBEK TILDA MARUZA, Родовая неопределенность имен существительных, 7-mavzu Mol-mulk sol, Til va tafakkur , So\'rovnoma, buying-a-home, Gapning ikkinchi darajali bo’laklari

O’ZBEK VA RUS TILLARIDA TEGISHLILIK KATEGORIYASI




MUNDARIJA:


KIRISH 4
I EGALIK KATEGORIYASI 6
1.1 Egalik kategoriyasi 6
1.2. Egalik affikslarining omonimiyasi va sinonimiyasi. 9
1.3. Grammatik katеgоriya. 9
II O’ZBEK VA RUS TILLARIDA SO‘Z TARKIBI 16
2.1. O’zbek va rus tillarida so‘z tarkibi 16
2.2. O‘zbekcha va ruscha otlarga xos grammatik kategoriyalar Har ikki tilda ham otlar predmetning yoki predmetlik tushunchalarining nomlarini bildiradigan mustaqil so‘zlar hisoblanadi. O‘zbek tilida ham, rus tilida ham otlar kelishik va son kategoriyalariga ega. Biroq ushbu kategoriyalarning ifodalanish usullari o‘rtasida ma’lum tafovutlar bor. Masalan, o‘zbek tilida otlarning ko‘plik shaklini hosil qilish uchun birgina –lar qo’shimchasini qo‘llash kifoya, rus tilida esa ot turkumiga mansub biror so‘zning ko‘plik shaklini hosil qilish uchun so‘z o‘zaklarining oxiri qattiq yoki yumshoqligiga qarab bir necha affikslardan birini tanlash kerak, bu fikrni avvalgi bo‘limlarda ham maxsus misollar bilan bayon qilgan edik. Otlarda son kategoriyasi xususida so‘z yuritilar ekan, shuni ham ta’kidlash lozimki, ayrim ruscha otlarning (мас., молоко, хлопок, мясо, любовь, храбрость) ko‘plik shaklini mutlaqo hosil qilib bo‘lmaydi, ba’zi otlar esa (часы, брюки, ворота, ножницы, Сочи, Альпы) faqat ko‘plikda qo‘llanadi va birlik shakliga ega emas. To‘g‘ri, o‘zbek tilida ham faqat birlikda qo‘llanadigan mavhum otlar yoki suv, g‘alla, xalq, to‘da kabi so‘zlar bor, ammo o‘rni kelganda bunday so‘zlarga ham turli ma’no bo‘yoqlarini hosil qilish maqsadida, –lar qo‘shimchasini qo‘sha olamiz. Bundan tashqari, o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan egalik kategoriyasiga rus tilidagi otlar ega emas, shuningdek ruscha otlarga mansub bo‘lgan rod kategoriyasi o‘zbek tilida yo‘q. Rus tilida egalik, ya’ni tegishlilik, qarashlilik ma’nolarini hosil qilish uchun otlar egalik olmoshlari bilan birga qo‘llanadi: мой стул, моя книга, моё пальто. Rod kategoriyasi esa rus tilida birlikdagi otlarning eng muhim morfologik belgisi hisoblanadi. Bu belgi hatto bosh kelishikdagi so‘zlarda ham aks etib turadi, uni hosil qiluvchi yagona grammatik ko‘rsatkich bu tugalmadir: Bosh kelishikda, birlikda –а, -я tugalmalariga ega bo‘lgan otlar jenskiy rodga kiradi (мама, сумка, земля, цапля); Bosh kelishikda, birlikda undosh bilan tugagan, ya’ni nol tugalmali so‘zlar mujskoy rodga kiradi (стол, диван, герой, отец, дед, брат, друг); Bosh kelishikda, birlikda oxiri –o yoki –e (ё) bilan tugagan otlar (слово, окно, море, платье, ружьё) sredniy rodga kiradi. Ammo bu belgilarni qat’iy deb hisoblab bo‘lmaydi. Chunki ruscha so‘zlarni rodlar bo‘yicha guruhlashda ma’lum istisnolar ham yo‘q emas. Masalan, oxiri yumshoq undosh bilan tugagan so‘zlarning ba’zilari mujskoy rodga (портфель, конь, дождь, пень, день), ayrimlari esa jenskiy rodga (голубь, ночь, сталь, лошадь) kiritiladi. Oxiri –мя bilan tugaydigan o‘nta so‘z (бремя, время, вымя, знамя, имя, пламя, племя, семя, стремя, темя) sredniy rodga kiradi. Папа, дедушка, дядя kabi so‘zlar –a, -я tugalmalariga ega bo‘lsa­da, ular erkak jinsidagi shaxsni ifodalagani uchun mujskoy rodga kiritiladi. Chet tilidan o‘zlashgan пальто, кино so‘zlari tugalmasiga qarab sredniy rodga kiritilgan bo‘lsa­da, кофе so‘zi mujskoy rod hisoblanadi. Rus tiliga xos bo‘lmagan oxiri -у bilan tugallanadigan so‘zlardan kenguru mujskoy rodga, ragu esa sredniy rodga kiritiladi. Shuningdek, жюри, такси so‘zlari sredniy rodga mansub. Ammo bunday o‘zlashmalarning birortasi ham kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi, ya’ni o‘zgarmaydi. O‘zbek tilida esa har qanday o‘zlashma so‘z ham o‘zbek tili qonuniyatlariga asosan istalgan kelishik qo‘shimchasini olib o‘zgarish xususiyatiga ega. Rus tilida otlar jonli yoki jonsiz predmetlarni ifodalashiga qarab ham ikki guruhga ajratiladi. Bunda shaxs hamda hayvon nomlarini ifodalovchi so‘zlar jonli predmetlar guruhiga kiritiladi va bunday otlar кто? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: учитель, водитель, адвокат, врач, собака, лев, жук, черепаха va h.k. Narsa­buyum, joy, mahsulot va hodisalarning nomlarini ifodalovchi qolgan barcha otlar jonsiz predmetlar guruhiga kiritilib, что? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: ручка, карандаш, город, государство, независимость, освобождение. Ot turkumidagi so‘zlarning bunday guruhlarga ajratilishi-ning boisi, kelishiklar bo‘yicha turlanganda, jonli otlar bilan jonsiz otlar o‘rtasida ma’lum grammatik tafovutlar yuzaga keladi. Masalan, jonli predmetlarning tushum kelishigidagi so‘rog‘i ularning qaratqich kelishigidagi so‘rog‘iga, jonsiz predmetlarning tushum kelishigidagi so‘rog‘i esa bosh kelishikdagi so‘rog‘iga muvofiq keladi. O‘zbek tilidagi otlarni esa jonli va jonsiz predmetlar guruhiga ajratish uchun hech qanday grammatik asos yo‘q. Har ikki tilda ham oltita kelishik mavjud bo‘lib, otlar ana shu kelishiklar bo‘yicha turlanadi. O‘zbek va rus tillaridagi kelishiklar o‘rtasida qisman o‘xshashlik mavjud. Buni quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin. Именительный падеж: кто? что? Родительный падеж: кого? чего? Дательный падеж: кому? чему Винительный падеж: кого? что? Bosh kelishik: kim? nima? qaer? Qaratqich kelishigi: kimning? nimaning? qaerning? Jo‘nalish kelishigi: kimga? nimaga? qaerga? Tushum kelishigi: kimni? nimani? qaerni? Demak, o‘zbek tilidagi bosh, qaratqich, tushum va jo‘nalish kelishiklari rus tilidagi imenitelniy, roditelniy, vinitelniy va datelniy kelishiklariga mos keladi. Biroq rus tilida otlar qaer? srog‘iga javob bo‘lmaydi va o‘zbek tilidagi kabi kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi. Rus tilidagi tvoritelniy hamda predlojniy kelishiklari o‘zbek tilida, o‘zbek tilidagi o‘rin­payt va chiqish kelishiklari rus tilida mavjud emas. Morfologik hodisa sifatida otlarning turlanishi, ya’ni kelishiklar bo‘yicha o‘zgarishi ham o‘zbek va rus tillarida turlichadir. O‘zbek tilida ot yoki otlashgan so‘zlar birlikda ham, ko‘plikda ham ma’lum kelishiklar bo‘yicha aniq va barqaror qo‘shimchalar yordamida turlanadi. Masalan, qarashlilik ma’nosi har doim –ning qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi. Rus tilida esa bunday ma’noni hosil qilish uchun -и (книги, сумки), -a (стола, озера), -я (коня, хрусталя) affikslaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, o‘zbek tilida ma’lum kelishik qo‘shimchalari birlikdagi otlarga ham, ko‘plikdagi otlarga ham qo‘shilaveradi, faqat –lar qo‘shimchasi kelishik qo‘shimchalaridan oldin keladi. Rus tilida esa ko‘plikdagi otlarning roditelny padej shakli turlicha qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi: столов (стол-столы), сараев (сарай-сараи), печей (печь-печи), чашек (чашка-чашки), собраний (собрание-собрания), столовых (столовая-столо-вые), книг - nol qo‘shimcha (книга-книги)*. *Qavslar ichida so‘zlarning birlik va ko‘plik shakllari berilgan. Rus tilidagi otlarning kelishiklar bo‘yicha turlanishida ulardagi son va rod kategoriyalari muhim o‘rin tutadi. 22
2.3. Kelishiklarning ma’nolari 26
XULOSA 30
ADABIYOTLAR 31

KIRISH


“Til – jamiyatning mavjudligi shartlaridan biri. Til – milliy madaniyat unsurlaridan hisoblanadi. Uni moddiy vositalardan ayri holda tasavvur qilib bo’lmaydi.” Bundan xulosa shuki, til madaniyatning ajralmas qismidir. Har bir millat va xalqning noyobligi uning tilida va bu uning ming yillar davomida shakllangan o’z tarixi, o’z madaniyatida namoyon bo‘ladi. Tildan boshqa hech bir hodisa millatning o’ziga xosliklarini to‘la ochib bera olmaydi. Til – inson tafakkuri ko’zgusi. Har bir davlat o’z milliy tiliga ega.
Til va madaniyatning o’zaro munosabati – ko‘p qirrali murakkab masala. Turli tillarning namoyondalari bir vaqtning o’zida turli madaniyatlarning namoyondasi hamdir. Madaniyatlararo muloqot esa, birinchi o’rinda til ko’prigi orqali amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqadiki, o’zga madaniyat egasi bilan bo’lib o’tadigan har qanday muloqat, o’zga tilni o’rganish jarayoni madaniyatlararo muloqatni ta’minlab berishga xizmat qiladi. Shuning uchun, koreys tilini chet tili sifatida o’rgatish jarayonida uning madaniyatini o’rgatmaslikning iloji yo’q. Chunki, til va madaniyatning o’zaro aloqasini, “milliy xarakter”ni hisobga olgan holda o’rganish kerak .
Milliy istiqlol o`zbek xalqiga nafaqat siyosiy va iqtisodiy mustaqillk bag`ishladi, balki milliy o`zligini anglash va, eng muhimi, uni jahonga yoyib, 1X-X1Y asrlardagi shuhrati-yu an’anasini sharaf bilan davom ettirish imkoniyatini ham berdi. "Bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeli", "Kadrlar tayyorlashning o`zbek modeli" kabi jahonda shuhrat qozonayotgan ijtimoiy-ma’naviy yutuqlar bilan bir qatorda o`zbek olimlarining mustaqil ilmiy yutuqlari ham ilg`or davlatlar ziyolilarining diqqatini jalb etmoqda. SSSR tarkibida bo`lgan turli millat vakillarini ma’naviy-mafkuraviy ruslashtirsh va manqurtlashtirishning muhim omillaridan biri bo`lib kelgan "Ta`lim baynalmilaldir","Grammatika baynalmilaldir" shiorlarining ta’lim tizimida hukmronligiga O`zbekiston Respublikasi mustaqillikning ilk qadamlaridayoq - 1992-yilda qabul qilingan ta’lim to`g`risadagi Qonuni bilan chek qo`yilgan bo`lsa-da, milliy ta`lim mazmunining amaliy tatbiqi ularni ijtimoiy bekor qilinishdan ko`ra ancha qiyin va murakkab kechmoqda, chunki mazkur mash’um shiorlar asosidagi ta’lim yarim asrdan ko`proq davr ichida xalqimiz ongini zaharlab, tilining grammatik qurilishi xususiyatlarining haqqoniy-milliy talqini bilan xalq ongiga sepiladigan milliylik urug`larini cheklab keldi, milliy mafkurasini so`ndirmoqchi bo`ldi. Bu aksmilliy harakatning tafakkur va ongimizdagi salbiy ta`sirini yo`qotish uzoq yillik maqsadli va mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Tilshunoslik fanlari bu jarayonda alohida ahamiyat va mavqega egadir. Buning sababi shundaki, uzoq yillar davomida milliy til grammatik qurilishuning mutlaq milliyligi SSSR xalqlaridan (sobiq ittifoqning siyosiy tuzumiga tamoman zid ta’limot sifatida) sir tutib kelindi. Aksincha, mantiq, aniq fanlar singari grammatika ham nomilliy fan sifatida baynalmilal shaklda tahlil etildi va o`qitildi. Vaholanki, turli tillarning grammatik qurilishidagi o`xshashlik aldamchi, zohiriy, yuzaki hodisa, sarobdir va grammatika mohiyatini chuqur anglamagan kishi tasavvuri uchun xos. Buni (o`z ustozlari so`zlarini uqa olmagan yoki uqishni istamagan ) sovet mafkurachilarining metodologik pirlari Fridrix Georg Hegel qariyb ikki yuz yil oldin - 1831-yilda "Mantiq fani" kitobi muqaddimasida shunday so`zlar bilan ifodalagan edi: "Mantiq ham, grammatika ham mohiyatan ikki turli va ikki xil ahamiyatga egadir. Boshlovchilar, fan bilan yuzaki tanishayotganlar uchun u bir narsa bo`lsa, fanlarni o`zlashtirib, fan mohiyatini uqub unga qaytadiganlar uchun mantiq va grammatika tamoman boshqa olam....O`z ona tili bilan bir qatorda boshqa tillarni ham biladigan, ularning grammatik xususiyatlarini o`zaro qiyoslay oladigan kimsagina milliy tilning grammatik qurilishida xalqning ruhiyati va madaniyati aks etayotganligini ocha oladi. Endi unga oldin ham tanish bo`lgan quruq shakl va qoidalar tamoman boshqa qiymat va qadriyat, mukammal mazmun va tugal mohiyat kasb etadi. Bunday kimsagina grammatika orqali ruhiyat – qat`iy mantiqiylik voqelanayotganligini tuya oladi".
I EGALIK KATEGORIYASI
1.1 Egalik kategoriyasi

Muayyan narsaning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi umumiy ma’nolar va ularni ifodolovchi shakllar tizimi egalik kategoriyasi deyiladi. Tegishlilik, egalik ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan affikslarni esa egalik affikslari deymiz. Egalik affikslari grammatik shaxs ma’nosi bilan birga son ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan: kitob+im, kitob+ing, kitob+i, kitob+imiz, kitob+ingiz, kitob+i so‘zlaridagi –im,- ing,-i,-imiz,-ingiz,-i affikslari o‘zakdan anglashilgan narsaning 1,2,3-shaxsga, ya’ni so‘zlovchi, tinglovchi va o‘zgaga tegishli ekanini ifodalash bilan bir qatorda, mazkur narsaning bitta yoki bir necha shaxsga qarashliligini ham bildiradi. Demak, egalik affiksidan anglashilgan birlik va ko‘plik tushunchasi narsaga emas, balki so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga kabi grammatik shaxslarga dahldor bo‘ladi.


Egalik affikslari unli va undosh bilan tugagan so‘z va so‘z shakllariga qo‘shilib kelishiga ko‘ra ikki xil variantga ega bo‘ladi:



Shaxslar




Bir shaxsga tegishli

Ko‘p shaxsga egishli

Unlidan
so‘ng

Undoshdan
so‘ng

Unlidan
so‘ng

Undoshdan
so‘ng

1- shaxs (so‘zlovchi)

olma+m

kitob+im

olma+miz

kitob+im

2- shaxs (tinglovchi)

olma+ng

kitob+ing

olma+ngiz

kitob+ing

3- shaxs (o‘zga)

olma+si

kitob+i

olma+si

kitob+i

Egalik affikslar ot va otdan boshqa so‘zlar bilan qo‘llanganda quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi, orttirilishi yoki o‘zgarishi mumkin: og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘-obro‘+y+im, parvo+y+im, o‘rtoq+im-o‘rtog‘im, eshik+im-eshigim. Ba’zi so‘zlarga egalik affiksi qo‘shaloq qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si
2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va belgini faqat kishilarga nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan anglashilgan narsa va belgi kishilardan boshqa narsalarga ham nisbatlanadi: Mening ko‘ylagim, sening ko‘ylaging, uning ko‘ylagi, dalaning havosi, qushlar ovozi kabi.
3. Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi: o‘qishing, hammang, qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi kabi. Barchasi, beshovi kabi so‘zlar tarkibida ular betaraf xususiyatga ega bo‘ladi. Kishilik olmoshlari esa egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi.
4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan so‘z qaratqich kelishigi bilan aloqaga kirishadi. Biroq, egalik affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi: mening kitobim, sening kitobing kabi. Agar qaratqich kelishigidagi so‘z ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, qaralmishda egalik affiksi qo‘llanmasligi ham mumkin: bizning xonadon, bizning oila kabi.
5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik shaklidagi so‘z ko‘pincha otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: tanishlardan bittasi, Mehmonlardan kattasi.
6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-izohlanmishli birikma hosil qilishi mumkin: Zarafshon daryo+si, chet tillar institut+i, sut kombinat+ii.
7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin egalik affiksi qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi qo‘shilishi mumkin: kitob+lar+im+dan, yaxshi+lar+i+ga. Egalik affikslarini olgan qarindoshlik, yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat ma’nosini ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik keyin ko‘plik affiksi qo‘shiladi: dada+m+lar, uka+m+lar kabi.
8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi mumkin: ertasi, kechasi (ravish) chamasi, yaxshisi (modal so‘z).
1.2. Egalik affikslarining omonimiyasi va sinonimiyasi.

Egalik kategoriyasiga xos 1, 2-shaxs affikslari so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi ba’zi qo‘shimchalar bilan shakldoshlik hosil qiladi: a) egalik va ot yasovchi qo‘shimchalar: bola+m, olma+m || chida+m, to‘pla+m; b) egalik va tuslovchilarning 1-shaxsi va ot yasochi qo‘shimchalar: ota+m, aka+m || keldi+m, yozdi+m || to‘pla+m, bog‘la+m; v) egalik va tuslovchilarning 2-shaxsi hamda ot yasovchi qo‘shimchalar: ona+ng, kitob+ing || o‘qi+ng, yoz+ing || yiri+ng; g) egalik affiksining 2-shaxs birligi va qaratqich kelishigining men, sen olmoshlariga qo‘shiladigan –ing shakli o‘zaro omonim bo‘ladi: kitob+ing || men+ing, sen+ing.


Egalik yoki –niki affiksi qo‘shilib kelgan so‘z ot kesim vazifasida ishlatilganda sinonimik munosabatda bo‘lishi mumkin: Bu- mening kitobim || bu kitob- meniki. Biroq bunday holda egalik affikslari o‘zi qo‘shilib kelgan otning shaxs va sonini ko‘rsata olish xususiyati bilan qarashlilik shaklidan farqlanadi.

Download 84.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling